Investitsiya loyihalarining moliyaviy iqtisodiy faoliyatini baxolash
Reja:
1. Investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholashning mazmuni va mohiyati.
2. Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashning oddiy (an’anaviy) usullari.
3. Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashning diskontlashga asoslangan usullari.
1.Investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholashning mazmuni va mohiyati.
Har qanday investor yoki xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun investitsion qarorlar qabul qilish juda qiyin vazifa hisoblanib, bunda asosiy mezon investorning boyligini ko’paytirish, korxonaning qiymatlarini oshirish mezonlariga qaratiladi. Uning omillari bo’lib korxona daromadlari o’sishi, moliyaviy risk yoki ishlab chiqarish harajatlarining kamayishi, korxona ishlari samaradorligi darajasini oshirish hisoblanadi.
Chet el mamlakatlarining tajribasini, shu bilan birga YuNIDO (United Nations Industrial Development Organization) tavsiyalarini hisobga olgan holda investitsiya loyihalarining samaradorligini baholash ikki mezon asosida, ya’ni moliyaviy va iqtisodiy baholash orqali amalga oshiriladi. Investitsiya loyihasi samaradorligini baholashning bu ikkala mezoni ham bir-birini to’ldirib turadi. Moliyaviy baholash investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonidagi likvidligini tahlil qilishda ishlatiladi. Boshqacha aytganda, moliyaviy baholash vazifasi, loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun, uning jami moliyaviy majburiyatlarini bajarishga korxonaning etarli moliyaviy resurslari bo’lishini belgilashdir. Iqtisodiy baholash esa, investitsiya loyihasining potentsial qobiliyati, shu loyihaga qo’yilgan mablag’larning qiymatini saqlab qolishda va ularning o’sishi sur’atini etarli darajasini yaratib berishda foydalaniladi.
Taqdim etilayotgan ob’ektni investitsiyalashda moliyaviy baholash (yoki moliyaviy asoslanganlik bahosi) investitsiya jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Investor moliyaviy holati noma’lum bo’lgan yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan hech qanday munosabatlar olib bormaydi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, korxonalar moliyaviy hisobotlarini ommaviy-axborot vositalari orqali yoki har xil to’plamlar holatida chop etilib, e’lon qilish normal holat hisoblanadi. Bu to’plamlar orqali kompaniyalarning moliyaviy holati to’g’risida ma’lumotlar olish mumkin. Yuqoridagi 8.1.- rasmda har bir mezon bo’yicha asosiy aniqlash usullari keltirilgan.
Jahon amaliyotida investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholashning bir qancha usullari ishlab chiqilgan bo’lib, ularni shartli ravishda ikki katta guruhga bo’lish mumkin:
Oddiy (yoki statistik) baholash usullari;
diskontlashga asoslangan baholash usullari.
Birinchi guruhga quyidagilar kiradi:
investitsiya qoplash muddati (Payback Period , PP);
investitsiya samaradorligi koeffitsienti (Accounting Rate of Return, ARR).
Ikkinchi guruhga quyidagilar kiradi:
sof joriy qiymatni aniqlash usuli (Net Present Value, NPV);
foydaning ichki me’yorini hisoblash usuli (Internal Rate of Return, IRR);
investitsiyalarning rentabelligini hisoblash usuli (Profitability Index, PI);
diskontlashning qoplash muddatini hisoblash usuli (Discount Payback Period, DPP).
Do'stlaringiz bilan baham: |