O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI
“TASDIQLANDI”
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
__________dots.F.SH. Ro’ziqulov
2020 yil “__” ______
O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI
FANINING ISHCHI O’QUV DASTURI
Bilim sohasi: 120000-Gumanitar fanlar
Ta’lim sohasi 110000- Pedagogika Ta'lim yo'nalishi: 5111400-Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) 5112200-Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy til (Ingliz tili) 5120100 – Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz,nemis, fransuz, italyan, ispan tillari) 5120200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili)
Umumiy o’quv soati.120 soat.
Shu jumladan:
Ma’ruza- 30 sоаt (2- semestr- 30 soat)
Seminar mashg’ulotlar - 30 sоаt ( 2-semestr- 30 soat)
Mustaqil ta’lim soati - 60 soat ( 2- semestr- 60 soat)
Samarqand 2020 yil
Fan/modul kodi
O'ZBT1101
|
O‘quv yili
2021-2022
|
Semestr
2
|
ECTS- Kreditlar
3
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
O’zbek
|
Haftadagi dars soatlari
2
|
1
|
Fanning nomi
O’zbekistonning eng yangi tarixi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama (soat)
|
Ma’ruza
|
Seminar
|
30
|
30
|
60
|
120
|
2
|
I. Fanning mazmuni
Fanning maqsadi – Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o’zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini ko’rsatish va jamiyat hayotida talabaning o’rnini, o’zligini anglatishdan iborat
Fanning vazifasi - Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g’ururni shakllantirishdan iborat.
Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
Kirish. “O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Nazariy metodologik tamoyillari.
O’zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. “O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Fanni o’rganishning nazariy-uslubiy asoslari. Yuksak intellektual saloxiyatli, maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o’rni. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning maʼnaviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o’rni va saboqlari to’g’risidagi fikrlari. XXI globallashuv asarida taʼlim sohasida mazkur fanni uqitishdagi nazariy-kontseptual yondashuv va ilg’or innovatsiyalar.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |