15 - mavzu. Yangi O’zbekiston-yangicha dunyoqarash: Uchinchi Renessans konsepsiyasi
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda uchinchi Renessans atamasi kun tartibiga chiqqan. Xo‘sh, bu qanday amalga oshiriladi? Mamlakatda birinchi va ikkinchi Renessans qachon bo‘lgandi? Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida bunga aniqlik kiritdi.
“Biz keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik. Bu haqda gapirar ekanmiz, avvalo, uchinchi Renessansning mazmun-mohiyatini har birimiz, butun jamiyatimiz chuqur anglab olishi kerak.
Tarixga nazar solsak, Buyuk ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan ona zaminimiz azaldan yuksak sivilizatsiya va madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lganini ko‘ramiz. Xalqimizning boy ilmiy-madaniy merosi, toshga muhrlangan qadimiy yozuvlar, bebaho me’moriy obidalar, nodir qo‘lyozmalar, turli osori atiqalar davlatchilik tariximizning uch ming yillik teran ildizlaridan dalolat beradi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari so‘zi davom etarkan, buyuk yunon olimi Aristotelning “Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi”, degan so‘zlarini keltiradi.
III. Seminar mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatmalar va tavsiyalar Seminar mashg‘ulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1. Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.
2. Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati.
3. O’zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li.
4. O’zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar.
5. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O’zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi.
6. O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar.
7. Mustaqillik yillarida O’zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot
8. O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar.
9. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi
10. O’zbekiston va jahon hamjamiyati
11-12.Yangilanayotgan O’zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari.
13-14. O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rni va nufuzini ortib borishi
15.O’zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo’lgan xalqaro reyting va indekslar bo’yicha samaradorlikning eng muhim ko’rsatgichlarini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar.
Izox: Ishchi fan dasturini shakllantirish jarayonida ishchi uquv rejada mazkur mashg’ulot turiga ajratilgan soat xajmiga mos ishlar tanlab bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |