13 – mavzu. O’zbekiston respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rni va nufuzini ortib borishi.
Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, 2017–2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida.
Bugun O‘zbekiston mintaqada barcha sohalarda jadal sur'atlarda rivojlanayotgan mamlakat – bu xalqaro ekspertlar tomonidan bildirilayotgan e'tirof. Rivojlanish, taraqqiyot esa o‘z-o‘zdan bo‘lmaydi. Iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda kuzatilayotgan hozirgi o‘zgarish va yutuqlar mamlakat rahbari tomonidan ko‘tarilgan keng qamrovli chora-tadbirlar hamda ijrochilarning mashaqqatli mehnat mahsuli ekanligi shubhasiz. Bu e'tiroflar, dastlabki yutuqlar o‘zimizniki albatta. Lekin ularni yanada yaxshilash mamlakat siyosatining asosiy maqsadlaridan biridir.
14 – mavzu. O’zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy hamkorligi.
Zamonaviy Oʻzbekiston tashqi siyosatida jahonning barcha davlatlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini, uzoq muddatli va koʻp qirrali sheriklikni yanada kuchaytirish boʻyicha soʻngi yillarda aniq chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Xususan, davlatimiz tomonidan azaliy va yagona tarixiy ildizlarga ega boʻlgan Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan boʻlgan munosabatlar rivojiga alohida eʼtibor qaratilmoqda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining soʻnggi hisob-kitoblariga koʻra, hozirgi kunda Markaziy Osiyo aholisi 72,5 million kishini tashkil etadi. Bunda Oʻzbekistonning ulushi 45% atrofida, Qozogʻiston - 25%, Tojikiston - 13%, Qirgʻiziston va Turkmaniston - har biri 8,5% ni tashkil etadi.
Qayd etish joizki, soʻnggi uch yil ichida Oʻzbekistonning mintaqaviy saʼy-harakatlari tufayli Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida oʻzaro ishonch va hamkorlik yangi bosqichga koʻtarildi. Bu vaqt ichida mintaqamizda doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va oʻzaro hamkorlik muhitini yaratishga erishildi.
Oʻzbekistonda kechayotgan tub islohotlar, jamiyatimiz hayotidagi demokratik oʻzgarishlar, erishilgan natijalar nafaqat mamlakatimiz hududida balki qoʻshni davlatlardagi xalqlarda ham katta qiziqish uygʻotib, mintaqaviy jarayonlarga katta ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Oʻzaro munosabatlarda yaqin-yaqingacha baʼzi mavzularda gapirish nooʻrin hisoblangan boʻlsa, hozirda biror bir yopiq va muhokama qilinmagan muammoli masala qolmadi.
Xususan, chegara postlarining ochilishi va ular sonining koʻpaytirilishi, vizasiz rejimning joriy etilishi kabilar xalqlarimizning oʻzaro bordi-keldisini yengillashtirmoqda. Oʻzbekiston olib borayotgan tashqi siyosatdagi konstruktiv yondashuv tufayli yillar davomida muammo boʻlib kelgan koʻpgina masalalar, xususan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transchegaraviy, suv resurslaridan oqilona foydalanish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, fuqarolarning chegara punktlarini kesib oʻtishi, oʻzaro turizmni rivojlantirish kabi dolzarb masalalar mintaqa davlatlari tomonidan ochiq va doʻstona ruhda hal qilinmoqda.
Mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan mintaqaviy hamkorlikning yangi mexanizmlari tashkil etildi. Bunga misol qilib, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahatlashuv uchrashuvlarini keltirish mumkin.
Ushbu institut mintaqaviy muammolarni birgalikda muhokama qilishning muhim mexanizmiga aylandi, deb aytish mumkin.
Oʻzbekistonning mazkur yoʻnalishdagi siyosati rivojlangan xorijiy mamlakatlarning (AQSH, Xitoy, Yaponiya, Fransiya, Germaniya) yetakchi ekspert va olimlari (F.Starr, S.Chjanchji, T.Tonaka, E.Dyupyui, M.Dornfeldt) tomonidan alohida eʼtirof etildi.
Markaziy Osiyoning Oʻzbekiston tashqi siyosatida ustuvor yoʻnalish sifatida qaralishiga turtki berayotgan, mintaqa davlatlariga xos boʻlgan mushtarak omillardan quyidagilarini ajratib koʻrsatish mumkin:
mintaqa davlatlarining joʻgʻrofiy joylashuvi va xususan, Oʻzbekistonning mintaqa markazidan oʻrin olgani va ularning barchasi bilan chegaradoshligi;
milliy, madaniy, diniy va ijtimoiy-iqtisodiy qadriyatlarning oʻxshash va yaqinligi;
umumiy transport va energetika kommunikatsiyalarining mavjudligi;
mintaqadagi suv resurslarining oʻzaro oqilona taqsimoti;
mintaqada ekologik, xavfsizlik va barqarorlik masalalarining umumiyligi.
Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida koʻpgina sohalar qatori tashqi siyosat sohasida 2021-yilda amalga oshirish ustuvor boʻlgan vazifalar belgilab berildi.
Jumladan, milliy manfaatlarimizga javob beradigan, ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosatni inobatga olib hamda uzoq muddatli strategik maqsadlardan kelib chiqqan holda 2012-yilda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyat Konsepsiyasi takomillashtirilishi qayd etildi. Shuningdek, Oʻzbekiston tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlari boʻlgan Markaziy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlari bilan koʻp asrlik doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari, strategik sheriklik va oʻzaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada mustahkamlash masalasiga 2021-yilda ham jiddiy eʼtibor qaratilishi taʼkidlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |