9-mavzu. O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar.
Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiyaning o’rni va roli. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi. Dasturning maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish mexanizmi va bosqichlari. Ta’limning milliy modelining shakllanishi, rivojlanishi va sohadagi muammolar. O’zbekistonda yangi avlod kadrlar tayyorlash sohasidagi o’zgarishlar. Oliy ta’lim sohasida qabul qilingan Qonunlar va ularda belgilangan vazifalar. Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikning yo’lga qo’yilishi: yutuqlar va kamchiliklar.
10-mavzu. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy xayotida amalga oshirilgan isloxotlar. Qoraqalpog’istonda qishloq xo’jaligi sohasidagi o’zgarishlar. Maʼnaviy-madaniy sohadagi yangilanishlar. Qoraqalpog’iston Respublikasi oliy taʼlim tizimi va undagi isloxotlar.Qoraqalpog’iston Respublikasida ekologik axvol. Orol fojiasi. Ekologik xolatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati.
11.O’zbekiston va jahon hamjamiyati
O’zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi. O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining yo’lga qo’yilishi. O’zbekiston Respublikasining BMTga aʼzo bo’lishi va jahon xamjamiyatidagi o’ziga xos o’rni. O’zbekistonning MDXdagi o’rni va mavqeyining oshib borishi. O’zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o’zaro xamkorlik aloqalari. O’zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istikbolli xamkorliklari. Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi. O’zbekiston tashqi siyosatida Rossiya, АKSh, Xitoy mamlakatlarining o’rni.O’zbekistonning geosiyosiy va geoiktisodiy o’rni.
O’zbekistonning mintakada tinchlik va barkarorlikni taʼminlash borasida olib borgan siyosati. Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari, terrorizm, giyoxvandlik va odam savdosiga qarshi kurashda Uzbekiston Respublikasining faolligi. O’zbekistonning ShXT bilan aloqalari. O’zbekistonning Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Xamdo’stligi davlatlari bilan yangi strategik sherikchilik shartnomalarining imzolanishi. O’zbekiston Respublikasining faol tashqi siyosatining yangi bosqichi. O’zbekistonning mintakada tinchlik va barkarorlikni taʼminlash borasida olib borgan siyosati. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni taʼminlash xamda chukur uylangan, uzaro manfaatli va amaliy tashki siyosat soxasidagi ustuvor yo’nalishlar.
12 - mavzu. Yangilanayotgan O’zbekiston: milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlarining «Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari» deb nomlangan tortinchi jildi ozbek va rus tillarida «O’zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyida nashrdan chiqdi. Ushbu kitob tort bolimdan iborat bolib, uning birinchi bolimi «Xalqimizning hayot darajasi va sifatini yangi bosqichga kotarish – eng muhim vazifamiz» deb nomlangan. Unga davlatimiz rahbarining mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim voqyealar munosabati bilan sozlagan nutq va maruzalari kiritilgan.
O’zbekiston taraqqiyotning yangi bosqichida fuqarolar qalbi va ongidagi yangi sifat ozgarishlari hayot darajasining yuqsalishi bilan uygun holda kechmoqda. O’zbekiston fuqarolarining xuquq va manfaatlarini ular dunyoning qaysi burchagida bolmasin, davlat tomonidan ishonchli himoya qilish reallikka aylanib borayotgani, bu borada barcha zarur mexanizmlar ishga solinayotgani jamiyat azolarining oz xalqi va Vatanidan faxrlanish tuygusini, davlatning adolat va qonuniy huquqlar kafolati sifatidagi salohiyatiga bolgan ishonchini oshirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |