O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 6,68 Mb.
bet91/278
Sana20.04.2022
Hajmi6,68 Mb.
#567218
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   278
Bog'liq
Энергетик ем хашак мажмуа

O‘rish balandligi. O‘tlarni o‘rish balandligi pichan hosili va sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. N.G. Andreev (1989) ma’lumoti bo‘yicha o‘tlar 12 sm balandlikda o‘rilganda, 4-6 sm o‘rilganga nisbatan hosil 20-45%, protein miqdori esa 19,5-46 % kamaygan.
O‘tlarni o‘rishning eng maqbul balandligi 5-6 sm hisob-lanadi. Ammo juda past o‘rish (2-4 sm) keyingi o‘rimlar va keyingi yil hosiliga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tabiiy pichanzorlarda ulardan muttasil Yuqori pichan hosili olish uchun pichan o‘rish almashinuvini tashkil etish juda ahamiyatli hisoblanadi. Bunda o‘tzordagi o‘simliklarning tabiiy qayta tiklanishiga, dag‘al poyali begona o‘tlar kamayishi va ozuqalik qiymati Yuqori o‘tlar ko‘payishiga imkon yaratiladi.
O‘rish texnikasi. Pichan tayyorlashda nobudgarchilikni yo‘qotish uchun barcha ishlarni qisqa muddatlarda o‘tkazish muhimdir. Bunda o‘rish, to‘plash, g‘aramlash va boshqa ishlarni mexanizmlar bilan bajarish alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘tlar, odatda, traktorlarga osilgan (tirkalgan) o‘rish mashinalari yordamida o‘riladi, ammo kichik maydonlar va traktor yurishi uchun noqulay maydonlar qo‘lda o‘roq bilan ham o‘riladi.
Pichan tayyorlashda ko‘proq quyidagi mashinalar ishlatiladi. Traktorlarga tirkab ishlatiladigan KTP-6 qamrov kengligi 6 m, uchta kesish apparati bor, traktordan quvvat oladi. Bir soat sof ish vaqtida 5,4 ga maydonni o‘radi.
Traktorga osib ishlatiladigan KS-2.1 M mashinasiga bitta odam (traktorchi) xizmat qiladi, qamrov kengligi 2,1 m. O‘tlarni kesish balandligi 6 sm, bir soatda 2,5 ga maydonni o‘radi.
KPV-3 mashinasi o‘rilgan massani uzunasiga to‘plab (valok) ketadi, qamrov kengligi 3 m, bir soatda 2,7 ga maydonni o‘radi.
O‘ruvchi-erdan oluvchi-maydalovchi-yuklovchi KUF-1.8 agregati o‘tlarni silos, senaj, ko‘k o‘t uchun va o‘t uni tayyorlash uchun yig‘ib olishda foydalanishga mo‘ljallangan. U massani 9-90 mm uzunlikda maydalaydi. MTZ-80/82 traktoriga osiladi.
Pichan o‘rish uchun o‘ziyurar mashinalar E-301, E-302, KPS-5G, KRN-2.1, KPRN-3 ham ko‘p ishlatiladi.

Download 6,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish