Turli hayvonlar uchun ko‘k konveyer yaratish. Markaziy Osiyoning cho‘l, adir va tog‘lik mintaqalarida qo‘ylar butun Yaylov davri davomida tabiiy Yaylov o‘tlari bilan boqiladi. Bu mintaqalarda ko‘k konveyer qo‘ylarni qo‘shimcha oziqlantirish uchun barpo etiladi. Bunda ozuqabop o‘tlar ko‘pincha sof holda yoki suli (arpa) bilan qoplovchi holda ekiladi. Ko‘k konveyerga qurg‘oqchilikka chidamli ko‘pyillik va biryillik o‘tlarni kiritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunday o‘tlar; beda, bargak, erkako‘t, izen, sudan o‘ti, tariq, jo‘xori va boshqalardir. Bulardan tashqari kuzgi boshoqli ekinlarni ham ko‘k konveyer tarkibiga kiritish mumkin. Yozning ikkinchi yarmida qo‘ylarni kuzgi don ekinlari ang‘izida boqish ham Yaxshi samara beradi, chunki bunday joylarda qo‘ylar Yaxshi eydigan ozuqabop o‘simliklar ko‘p bo‘ladi. Shu davrda qo‘shimcha oziqlantirish uchun xashaki qovoq va qovoqchalardan ham foydalanish mumkin.
Cho‘lning qurg‘oqchil sharoitida tabiiy Yaylovlardan, asosan, bahor oylari va Yoz boshlarida foydalaniladi, kuz oylarida (sentyabrdan boshlab kech kuzgacha) hayvonlar sho‘ra, shuvoq kabi o‘simliklar o‘sgan Yaylovlarda boqiladi.
Tog‘lik mintaqalarda tabiiy sharoitlar turlicha bo‘lganligi sababli ko‘k konveyerning bir necha sxemalarini tuzish va joriy etish tavsiya etiladi. Bularda ham, albatta, hayvonlar (ayniqsa, qoramollar)ni qo‘shimcha oziqlantirish nazarda tutiladi va bunda silos, ekilgan Yaylovlar hamda sershira ozuqalardan (ildizmevalar, silosbop va poliz ekinlari) foydalanish tavsiya etiladi.
Hayvonlarni ko‘k o‘t bilan uzliksiz ta’minlash va ularni qo‘shimcha silos, senaj va sershira ozuqalar bilan oziqlantirish har bir sigirdan sog‘ib olinadigan sutni 2-3 marta ko‘paytiradi. Parrandalar mahsuldorligini oshirishda ular uchun ko‘k konveyer tashkil etish juda ahamiyatlidir. Buning uchun parrandachilik fermasi yonidagi ozuqa almashlab ekish dalasida o‘t va ozuqabop ekinlar ekib, ko‘k konveyer tashkil etiladi. Bunda o‘tlarni ekish muddatlari turlicha bo‘ladi.
Har bir xo‘jalik o‘zining ekin va tabiiy sharoitlarini hisobga olib ko‘k konveyer yaratadi. U sodda bo‘lishi va ozuqabop ekinlar, o‘tlar, o‘t aralashmalarini o‘z tarkibiga olishi va miqdor jihatidan parrandalarni ko‘k o‘t va sershira ozuqaga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashi lozim.
G‘ozlar uchun ko‘k konveyer, ayniqsa, zarurdir, chunki bir bosh g‘oz bir sutkada 2 kg ko‘k o‘t iste’mol qiladi.
Tovuq, o‘rdak, g‘ozlar uchun parrandaxonaga yaqin erda keng-roq, iloji bo‘lsa atroflarini to‘sib o‘tlaydigan maydonlar barpo qilinadi. Keyingi holatda har bir bosh uchun: tovuqlarga-8-10 m2, o‘rdaklarga 5-7, g‘ozlarga-10-12 va g‘ulg‘ulalarga 20-30 m2 maydon ajratilishi kerak. O‘tlatish maydonlari Yoz davomida 2-3 marta haydaladi va o‘tlar ekiladi, shunda parrandalar doimiy ko‘k o‘t bilan ta’minlanadi. Parrandalar uchun g‘allasimon va dukkakli o‘tlar aralashmasini ekish tavsiya etiladi.
Ko‘k konveyer sxemalari tabiiy mintaqalar va hayvon turlari bo‘yicha o‘zaro katta farq qiladi. Bu farq ozuqabop ekinlarni tanlash va ulardan foydalanish muddatlari turlicha bo‘lishida ko‘rinadi. Ekin maydonlarining katta yoki kichik bo‘lishi hayvonlar bosh soniga va tabiiy o‘tloqlar bilan ta’minlanishiga bog‘liq. Ammo turli xil ozuqalarga ega ko‘k konveyerning joriy etilishi, albatta, hayvonlar mahsul-dorligi ortishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |