Ko‘k konveyerni yaratish tartibi. Ko‘k konveyerni loyihalashda Yaylov davri uchun ko‘k ozuqaga bo‘lgan ehtiyoj aniqlab olinadi. Bu ish tubandagicha bajariladi.
Har bir oy uchun bir necha ekinlardan ko‘k ozuqa olishni belgilash mumkin.
Ma’lum davr uchun ekin turini tanlash yoki qaysi ekin qancha maydonga ekilishini aniqlashda quyidagi ko‘rsatkichlar e’tiborga olinadi:
- hosildorlik;
- mehnat sarfi miqdori;
- ekinni dalaga joylashtirish va uning tuproq unumdor-ligiga ta’siri;
- hayvonlarning ko‘k massani eyishi;
Ko‘k konveyer rejasiga kiritilayotgan ekinning hosildorligi xo‘jalikning tuproq, iqlim sharoitlaridan kelib chiqib belgilanadi. Bundan oldingi bir necha yillik o‘rtacha hosil, tajriba uchastkalari yoki ilmiy tadqiqot muassasalari ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Ko‘k konveyer tarkibiga ko‘pyillik dukkakli va g‘allasimon o‘tlar, ularning aralashmalari kiritiladi. Shuningdek, biryillik o‘tlarni ham kiritish juda zarurdir. Suv etishmaydigan sharoitlarda biryillik o‘tlardan qo‘noq, sudan o‘ti, jo‘xori ekish Yaxshi natijalarga olib keladi, chunki bu ekinlar Yuqori hosilli, nisbatan qurg‘oqchilikka chidamli, eng muhimi, Yozning o‘rtasida ko‘k ozuqa beradi.
Mamlakatimiz sharoitida, ayniqsa, sug‘oriladigan yerlarda asosiy ekinlar g‘o‘za va kuzgi bug‘doy hisoblanadi. Bunday sharoitlarda ko‘k konveyer loyihasini tuzishda uning tarkibiga takroriy va oraliq ekinlar sifatida ekilgan ozuqabop o‘simliklarni kiritish juda muhimdir. Takroriy ekinlar - makkajo‘xori, sudan o‘ti, qo‘noq, jo‘xori, xashaki karam, raps, surepitsa va boshqalar Yoz oxiri va kuz oylarida ko‘k ozuqa olishni ta’minlaydi.
Oraliq ekinlar - kuzgi javdar, raps, surepitsa, xantal va boshqalar kuzda g‘o‘za qator oralariga ekilganda, bahor (aprel oyi)dan boshlab hayvonlarni ko‘k ozuqa bilan oziqlantirish uchun imkon yaratiladi.
Beda sug‘oriladigan yyyerlarda asosiy ozuqabop ko‘pyillik dukkakli o‘t bo‘lib, u ko‘k konveyer tashkil etishda alohida o‘ringa egA*. Beda to‘g‘ri parvarish qilinganda may oyining boshlaridan oktyabr oyi oxirigacha ko‘k massa hosili bera oladi. Ikkinchi, uchinchi yilgi bedapoyalar to‘yimli, oqsilga boy, eyiluvchan va hosili Yuqori bo‘lishi bilan birga ko‘k konveyerda butun bahor, Yoz, kuz davrlarida ko‘k o‘t bera oladi.
Birinchi yilgi bedadan Yozning ikkinchi qismidan boshlab ko‘k o‘t olish mumkin, Shuning uchun bunday bedapoyalar yashil konveyer tarkibiga iyul oyidan boshlab kiritilishi kerak. Ko‘k konveyer tarkibiga xashaki poliz ekinlari (xashaki tarvuz, qovoq) kiritilishi mumkin, chunki ular hosilni Yoz oylari oxirida beradi. Bularni hayvonlarga qo‘shimcha ozuqa tariqasida berish ular mahsuldorligini oshiradi.
Ko‘k konveyerni loyihalashda u yoki bu hayvon turining Yaylov davri davomida ko‘k ozuqaga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqmoq va ozuqabop ekinlardan etilish muddatlarida foydalanish zarurligini e’tiborga olmoq kerak. Shuning uchun ko‘k konveyerga pishib etilishi turli muddatlarga to‘g‘ri keladigan ozuqabop o‘simlik turlarini tanlash, bir o‘simlikni yig‘ishtirib (hayvonlarga edirilib) bo‘lish ikkinchisidan foydalanishning boshlanishiga to‘g‘ri kelishi e’tiborga olinadi.
Xo‘jalikning tuproq-iqlim sharoitlari, o‘tlarning ko‘k massa hosildorligiga qarab ekiladigan ekinlar turlari va ko‘k konveyerning tuzilishi har xil bo‘lishi mumkin. Ammo ko‘k o‘t butun ko‘k konveyer davomida uzliksiz olinishi kerak.
Ko‘k konveyerga ko‘p ozuqabop o‘simliklarni kiritish maqsadga muvofiq emas, chunki ularning biologik va agrotexnik xususiyatlarini o‘zlashtirib Yuqori hosil yetishtirish ancha qiyin. Amaliyotda ko‘k konveyerga 5-7 ekin turini kiritish ma’quldir, bulardan: 1-2 tasi ko‘pyillik, 2-3 tasi biryillik va 2 tasi poliz yoki ildizmevalar bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |