Nazorat uchun savollar:
1.O’zbekistonning sug’oriladigan yerlarida takroriy ekinlarni qachon ekish mumkin.
2.Takroriy ekinlarni ekish usullarini ko‘rsating.
3.Takroriy ekinlarga qaysi ekinlar kiradi.
12-MAVZU: YEM-XAShAK EKINLARINI ORALIQ EKIN SIFATIDA YeTIShTIRISh TEXNOLOGIYaSI.
Reja:
1. Oraliq ekin tushunchasi.
2. Oraliq ekin turlari va ekish muddatlari.
3. Oraliq ekin hosildorligi.
Tayanch so’z va iboralar: Oraliq, ko‘k massa, hosildorlik, mehnat sarfi miqdori;
Oraliq ekinlar deb ikkita asosiy ekin hosil oralig’ida o’stiriladigan ekinlarga aytiladi. O’zbekistonda g’o’za, makkajuxori, sabzavot asosiy ekinlar hisoblanadi. Ular dalani aprel oyidan avgust-sentyabr oyigacha (makkajo’xori, sabzavot ekinlari), noyabr oyining boshlarigacha (g’o’za) band qiladi. Avgust, noyabr oylaridan boshlab, bu ekinlardan keyin dala kelgusi yili aprel oyiga qadar bo’sh qoladi.
Paxtachilik xo’jaliklarida oraliq ekin sifatida kuzgi javdar, tritikale, raps, surepisa, xantal kabi ekinlar ekiladi. Ular sof holda yoki ikki komponentli aralashma holida ekiladi. Parvarishga (o’g’itlash va sug’orish) qarab gektaridan 30-45 t ko’k massa olish mumkin.
O’zbekistan sharoitida kech kuzdan aprel oyigacha 5°S temperaturadan yuqori harorat yig’indisi 500 °S dan ko’proq bo’ladi. Bu samarali temperatura yig’indisidir. Qish davrida sovuq-18°S dan pasaymaydi. Faqat ayrim yillardagina 10-12 yilda bir marta havo temperaturasi -26°S dan pasaydi.
Qish davrida ekinlarni o’stirish uchun shunday o’simliklar tanlanishi kerakki, ular shu davrdagi quyosh energiyasidan to’liq foydalanadigan va qishki sovuqlarga chidamli bo’lsin. Bunday ekinlarga kuzgi bug’doy, javdar, arpa, suli, raps, perko, xantal, surepka, xashaki va xuraki karam, kuzgi vika, sabzi, lavlagi va boshqa ko’plab ekinlar kiradi. Bu ekinlar kuzda ekilganda bahorgacha gektariga 300—400 s ko’k massa to’playdi.
Oraliq ekinlar ko’k massasini chorva mollarga oziq sifatida berish yoki ko’kat o’g’it sifatida tuproq unumdorligini oshirish uchun tuproqqa haydab yuborish mumkin. Oraliq ekinlardan sog’in sigirlar va burdoqiga boqilayotgan yosh qoramollarni ko’kat oziq bilan ta’minlashda qishki yashil konveyerni tashkil etishda foydalanish muhim ahamiyatga egA*.
Zamonaviy agronomiya fani qish davrida o’sadigan ekinlarga alohida ahamiyat bermoqdA*. Hozirgi vaqtda O’zbekistonda oraliq ekinlar 250 ming gektar maydonga ekilmoqdA*. Kelajakda bu maydonlarni yanada kengaytirish muljallanmoqdA*.
Bu ekinlarni oktyabr oyi boshlarida o’sib turgan g’o’za orasiga ham ekiladi, sug’oriladi, erta bahorda o’g’itlanadi va kerak bo’lsa (ob-havoga qarab), 1-2 marta sug’oriladi. Bulardan javdar va tritikale boshoqlash oldidan, qolganlari gullash davrida aprel oyi boshlarida o’rib olinib, ko’k o’t holatida va silos tayyorlanib foydalaniladi. Oraliq ekinlarining ko’k massasi sersuv bo’ladi, shuning uchun ulardan silos tayyorlaganda, albatta, somon qo’shiladi.
Ozuqa yetishtirishni ko’paytirishda oraliq ekinlar muhim ahamiyatga egA*. Bunday ekinlarni 5-10% ekin maydonlarida qo’llash ozuqa yetishtirishni 20-30% ko’paytiradi.
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda oraliq ekinlar uch xil muddatda erta kuzda ekilganda raps, perko va ularning arpa, javdar va suli aralashmasi ekilmoqdA*.
G’alla ekinlari yoki silos uchun ekilgan makkajuxori o’rilgach, dalaga fosforli, kaliyli o’g’itlar solinadi, chuqur haydaladi, boronalanadi. Azotli o’g’itlar ekish oldidan kultivasiya bilan beriladi. Bir qatorga raps, ikkinchisiga javdar navbatlashtirib ekiladi.
Rapsni ekish normasi gektariga 5-6 kg, javdarni 40 kg bo’ladi.
Oraliq ekinlarni zarur bo’lganda, tuproq namligi hisobiga olingan holda sug’oriladi. Noyabr oyiga kelib, beda, makkajo’xorini o’rish tugagach, oraliq ekinlar ko’k massasi o’rishga tayyor bo’ladi. Oraliq ekinlar noyabr oyida o’rib olingach, yana qaytadan o’sadi, Qishlaydi va ko’k massasining ikkinchi o’rimidan aprel oyida foydalansa bo’ladi.
Oraliq ekinlar erta kuzdan tashqari kuz qish davrida oktyabr oyida ekiladi. Oktyabr oyida ekilgan oraliq ekinlar qishlaydi va aprel oyiga kelib ulardan foydalaniladi.
Qish davrida sovuq -18°S dan past bo’ladigan tumanlarda oraliq ekinlarni mart oyida ekish mumkin. Mart oyida ekilgan oraliq ekinlarning hosili aprel oyining oxirida yig’ishtirib olindi. Bu erta bahorgi oraliq ekinlar bo’lib, ularni makkajo’xori, sholi, tamaki va kechki muddatda ekiladigan boshqa turdagi ekinlarni ekish mo’ljallangan dalalarga ekiladi.
Oraliq ekinlarni ko’k massa hosili gektaridan 300-350 s bo’lganda har gektar yerdan 40-60 s atrofida oziq birligi, 15-17 s protein olinadi.
Oraliq ekinlarning muhim ahamiyati shundan iboratki, bu ekinlar dalani boshqa ekinlarning vegetasiyasi uchun foydalanilmayotgan davrida band qiladi, katta xarajat talab qilmaydi va ularni o’stirish qiyinchiliklar bilan bog’liq emas. Ular servitamin, to’yimli oziq hisoblanadi.
Ammo oraliq ekinlar hosilini qayta ishlash, saqlash texnologiyasi hozirga qadar ishlab chiqilmagan-ular asosan yangiligicha foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |