O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 6,68 Mb.
bet60/278
Sana20.04.2022
Hajmi6,68 Mb.
#567218
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   278
Bog'liq
Энергетик ем хашак мажмуа

O’g’itlash. Xashaki lavlagi 1 t ildizmeva va shunga mos barg massasi bilan 2,5-3 kg azot; 0,9-1 kg fosfor; 4,5-5 kg kaliy; sabzi shunday hosil uchun 2,5-3 kg azot; 1,1-1,4 kg fosfor sarf-laydi.
Xashaki lavlagi uchun organik o’g’itlar solish juda muhimdir, bunda gektariga 40 t, yuqori hosil olish uchun esa 100 t go’ng solish lozim bo’ladi. Go’ngni tuproqqa asosiy ishlov berish oldidan solib, ko’mib yuborish ma’qul hisoblanadi. Go’ng yetishmagan sharoitda mineral o’g’itlar qo’llaniladi, bunda 1 gektar maydonga 150-200 kg ammiakli selitra,300-400 kg superfosfat va 100-200 kg kaliy tuzi solinadi. Ammiakli selitra oziqlantirishda, superfosfat va kaliy tuzi yillik me’yorining uchdan ikki qismi haydov ostiga, qolgani oziqlantirishda berish tavsiya etiladi. Ekish bilan birga qatorlar yoniga gektariga 10-12 kg R2O5 solish juda yaxshi natija beradi.
Xashaki lavlagi uchun organik o’g’itlardan go’ng shaltog’i, parranda ahlati va boshqa mahalliy o’g’itlar juda samaralidir, ularni vegetasiya davomida suv bilan oqizish yaxshi hisoblanadi.
Parvarishlash. Ildizmevalar urug’lari unib chiqishida tup-roqda qatqaloq paydo bo’lishi katta zarar yetkazadi. Ekilgan urug’lar unib chiqqunga qadar qatqaloq paydo bo’lsa, yengil boronalar yordamida yumshatiladi, bunda traktor qatorlar yo’nalishiga nisbatan ko’ndalang yurgiziladi. Biroq boronalash ekinga ancha zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun undan juda zarur bo’lgan hollarda va urug’ qalin ekilgan maydonlarda foydalanish tavsiya etiladi. Ekinlarga jildiratib suv quyish ham qatqaloqqa qarshi kurashda yaxshi tadbir hisoblanadi.
Bu ekinlarni parvarishlashda begona o’tlarni yo’qotish eng sermehnat ishdir. Qator oralaridagi begona o’tlar kultivasiya qilish, lentalar oralaridagilar esa o’toq qilish yo’li bilan yo’qotiladi. Maysalar ko’rinishi bilan qator oralariga ishlov berish va o’toq qilishga kirishiladi. Begona o’tlarni yo’qotishda kimyoviy vositalardan foydalanish yuqori samara beradi. Begona o’tlarning chiqishiga qarab qator oralari 4-5 marta ishlanadi va 2-3 marta o’toq qilinadi.
Xashaki lavlagi to’pmevasi ekiladi, shuning uchun u qalin o’sib chiqadi, lavlagi maysalari unib chiqqandan 8-10 kun o’tgach, birinchi chinbarg chiqarganda yagana qilinadi.
Sug’orish. Lavlagi ildizlari baquvvat va yaxshi rivojlangan, tuproqqa chuqur kiradi. Shuning uchun ular tuproqning pastki qatlamidagi namlikdan yaxshi foydalanadi, suvni tejab sarflaydi. Ammo Markaziy Osiyo sharoitida bu ekinlar suv bilan yetarli ta’minlanib turishi lozim, aks holda hosildorlik va hosilning sifati keskin pasayib ketadi.
Ildizmevalar yetishtirishda tuproqning maqbul namligi dala nam sig’imiga nisbatan 60-75 % bo’lishi ma’qul hisoblanadi. Bu ekinlar urug’ unayotgan, o’simlik tez barg chiqarayotgan va ildizmeva hosil qilayotgan davrda ko’p suv istemol qiladi va tuproq sernam turishini talab etadi.
Bu ekinlarni mavsumda necha marta sug’orish, mavsumiy va har galgi sug’orish me’yorlari doimiy emas, ular ekish muddati, yer osti suvlarining joylanish chuqurligi, ekin turi, navi, tuproq va iqlim sharoitlariga qarab o’zgaradi. Lavlagini katta me’yorda (800-900 m3) sug’orish mumkin. O’zbekistonda yuqoridagi omillardan kelib chiqib, bu ekinlarni ikki martadan o’n bir martagacha sug’orish mumkin.
Ekinzorni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishda tadbirlar majmuasi qo’llaniladi. Bular quyidagilar: ekinni o’ziga mos o’tmishdan keyin joylashtirish, o’g’itlar qo’llash, tuproqqa oqilona ishlov berish, parvarishni o’z vaqtida, sifatli o’tkazish, begona o’tlarni yo’qotish, kasallik va zararkunandalarga chidamli navlarni tanlab ekish va kimyoviy moddalardan foydalanish.

Download 6,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish