O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Tuproq, havo rejimini yaxshilash va o’tlarni yashartirish



Download 6,68 Mb.
bet85/278
Sana20.04.2022
Hajmi6,68 Mb.
#567218
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   278
Bog'liq
Энергетик ем хашак мажмуа

Tuproq, havo rejimini yaxshilash va o’tlarni yashartirish uchun boronalash, diskalash, frezalash kabi agrotexnik tadbirlar o’tkaziladi. Bu tadbirlarni o’tkazish hamma joyda va barcha turdagi o’tloqlarda birdek samara bermaydi. Shuning uchun o’tloqning holati, tuproq va iqlim sharoitlarini e’tiborga olib bu tadbirlardan qaysi birini o’tkazish yoki, umuman, o’tkazmaslik mumkin.
Tabiiy va eski yaylov va pichanzorlarni yashartirish tadbirlarini o’tkazish uchun o’tzorda ma’lum miqdorda ozuqalik qimmati yuqori ildizpoyali yoki siyrak tupli g’allasimon o’tlar bo’lishi ma’qul hisoblanadi. Bunday o’tzorlarda tuproqning yuza (chimli) qatlamiga freza, diskali borona yoki plug yordamida ishlov beriladi. Sug’oriladigan, namlik yetarli, qalin, baquvvat chimzor o’tloqlarda tuproq havo-suv rejimini yaxshilash maqsadida kuzda yoki bahorda uchli (ninasimon) qurollar bilan chimzor teshib qo’yiladi.
Olasiga ekish. Bu tadbirlar o’tzorlardan samaraliroq foydalanish, ya’ni ularning hosilini oshirishda muhim hisoblanadi. Odatda, olasiga ekish turli sabablarga ko’ra siyraklashib ketgan yoki madaniylashtirish texnika ishlarini o’tkazish tufayli o’simliklari yo’qolgan yerlarda olib borish ma’qul hisoblanadi, shuningdek, o’tzor o’simliklari tarkibida dukkaklilar kam bo’lgan joylarda ham o’tkazish mumkin.
Olasiga ekish uchun urug’lar sarfi me’yorlari, muddatlari va o’t aralashmalari ekilgan pichanzor va yaylovlar barpo etishdagidek bo’ladi. Ammo bular har bir aniq o’tloq uchun tabiiy iqlim, tuproq sharoitlari, ulardan foydalanish usullari, o’tloq tipi va boshqalarga qarab turlicha bo’lishi mumkin.
Bu tadbirlarni tuproqqa organik va mineral o’g’itlar solish bilan birgalikda o’tkazish maqsadga muvofiq hisoblanadi, chunki shunday qilinganda ikkala tadbirning ham samarasi ortadi. Olasiga ekish tadbirlari o’tkazilgan yaylovlarda shu yili hayvon boqish maqsadga muvofiq bo’lmaydi, o’tzordan pichan o’rish uchun foydalanish mumkin, bunda o’tzorni o’rish balandligi 6-7 sm bo’lishi kerak. Shunday qilganda yosh o’simliklar yaxshi rivojlanadi va saqlanib qoladi.
Markaziy Osiyoning cho’l mintaqasidagi qumlik yaylovlar, ko’pincha, me’yordan ortiq hayvonlarni boqish natijasida yaroqsiz holatga kelib qoladi. Bunday joylarda saksovul, juzgun va boshqa o’simliklar urug’larini kuzda ekish yoki urug’larni tuproq yuzasiga sepish, so’ng qo’ylar podasini haydash tavsiya etilgan. Ko’chmas qumliklarda esa haydalgan yoki diskalangan tuproqlarga o’tlar urug’lari sepilib, boronalar yordamida tuproqqa ko’miladi. Shuningdek, qumlik va haydalgan maydonlarda yovvoyi holda o’suvchi ozuqabop o’tlar urug’larini tuproqqa ko’mish uchun g’altak yurgizish ham mumkin.
Cho’l yaylovlarida efimerlar, shuvoqlar va qora saksovul kabi o’simliklarni ekish ular hosilini 75-80 foizga oshiradi, izen, tereskan va sho’ralarning ayrim turlarini ekish ham yaxshi natijalar beradi. Bahor faslida foydalaniladigan yaylovlarda o’simliklar siyraklashgan yerlarga ekish uchun biryillik efimerlar, biryillik miyalar, yo’ng’ichqa va boshqalardan foydalanish ma’qul hisoblanadi. Bu o’tlarni kuz va qish fasllarida har qanday usullar bilan ekish mumkin.
O’tloqlarni yuza yaxshilashda dukkakli, g’allasimon o’tlar aralashmalarini ekish yuqori samaralar berishi juda ko’p ilmiy tadqiqotlarda isbotlangan.

Download 6,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish