13-mavzu. Yashil konveyer: chorva mollarni erta bahordan to kech kuzgacha bir me’yorda ko‘k ozuqalar bilan ta’minlash, yashil konveyer tizimi, yashil konveyer turlari: tabiiy yashil konveyer, sun’iy yashil konveyer va aralash yashil konveyer, yashil konveyer tizimiga kiritilgan ekinlarni ekish, yerni ekishga tayyorlash, o‘g‘itlash va ularni parvarish qilish va yig‘ib olish, lalmikor yerlarda yashil konveyer.
Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: aqliy xujum, guruhli fikirlash dialogik yondashuv, muammoli ta’lim. Bingo, blits, munozara, o’z-o’zini nazorat.
Adabiyotlar: A1;A2; A3;X1;X2; Q1; Q2; Q3; Q4. Internet saytlari
14-mavzu. Pichanzor va yaylovlardan foydalanish va ularni yaxshilash usullari.Yaylovlardan oqilona foydalanish. O‘tlatish muddatlari va soni, yaylovlar hajmi, hayvonlarni o‘tlatish tizimi va texnikasi. Bo‘laklardan foydalanish muddatlari, o‘tlatish tartibi va tizimi. Yaylovlardan foydalanish tizimlari, yaylov jihozlari va hayvon boqishga tayyorlash.
Yuza yaxshilashda madaniylashtirish-texnika ishlari, do‘nglik va chuqurliklarni tekislash, turli axlat, shox-shabba va toshlardan tozalash, suv rejimini yaxshilash, o‘g‘itlarni qo‘llash. O’tzorni parvarish qilish, begona o‘tlarga qarshi kurash, tuproq va havo rejimini yaxshilash va o‘tlarni yashartirish, olasiga ekish.
O‘t aralashmalari ahamiyati, o‘tlarni tanlash va o‘t aralashmalari tarkibi. O‘tlarni ekish, me’yori, muddati, usuli. Cho‘l mintaqasida ozuqabop ekinlarni ekish xususiyatlari.Sug‘oriladigan madaniy yaylovlar barpo etishning xususiyatlari. Sug‘orish va o‘g‘itlash. Ekilgan pichanzor va yaylovlarni parvarishlash.
Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: aqliy xujum, guruhli fikirlash dialogik yondashuv, muammoli ta’lim. Bingo, blits, munozara, o’z-o’zini nazorat.
Adabiyotlar: A1;A2; A3;X1;X2; Q1; Q2; Q3; Q4. Internet saytlari
15-mavzu. Pichan tayyorlash texnologiyasi. Silos va senaj tayyorlash texnologiyasi
Pichanni sifatini aniqlash va hisobga olish, g‘aramlarning hajmini aniqlash, vaznini aniqlash, pichanni sifatiga qo‘yiladigan talablar, ularni o‘rish muddatlari, ularning to‘yimliligi va o‘rishda qo‘llaniladigan mashinalar. Pichan va boshqa ozuqalar tayyorlash. Markaziy Osiyo va o‘tloq ozuqachiligi va O‘zbekiston tabiiy mintaqalarining yaylov va pichanzor maydonlar, ularning joylashuvi va hosildorligi va rivojlanish istiqbollari. Yaylov va pichanzor o‘simliklari, ularning guruhlari, foydalanishi, yaylovlardan samarali foydalanish, yaxshilash masalalari va madaniy yaylovlar yaratish-chorvachilik va qorako‘lchilikdagi muhim masalalar sifatidA*. O‘tloq va yaylov oziqachiligi tarixi, bu boradagi fan yutuqlari va ilg’or tajribalar. Chorvachilikda pichan, senaj, silos, o‘t qirqimlari va vitaminli o‘simliklarning ahamiyati.
Silos tayyorlash texnologiyasi va ularning biologik asoslari. Ozuqalarni siloslash va siloslashdagi mikrobiologik jarayonlar, uning yetilishi, silos chiqarish, silos vaznini aniqlash.
Senaj tayyorlash texnologiyasi. Ekin turlari, o‘rish muddati, sifat ko‘rsatkichlari.
Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: aqliy xujum, guruhli fikirlash dialogik yondashuv, muammoli ta’lim. Bingo, blits, munozara, o’z-o’zini nazorat.
Adabiyotlar: A1;A2; A3;X1;X2; Q1; Q2; Q3; Q4. Internet saytlari
Do'stlaringiz bilan baham: |