5-Modul. Ildizmevali va tugunakmevali ekinlar
7-mavzu. Ildizmevali o’simliklar ahamiyati. Xashaki lavlagi yetishtirish texnologiyasi. Xashaki ildizmevali ekinlarning umumiy tavsifi - xashaki lavlagi umumiy tavsifi, yem-xashak ahamiyati, biologiyasi, xashaki lavlagining agrotexnikasi, ularni hosilini yig‘ib olish va saqlash.
Ildizmevalilarning ahamiyati, lavlagining morfologik va biologik xususiyatlari, navlari hamda industrial texnologiyasi asosida oziq-ovqat va chorvachilikda ahamiyati.
Xashaki lavlagi ularning chorvachilikda ahamiyati, qimmatliligi, ekilishi, botanik va biologik ta’rifi xamda o‘stirish texnologiyasi, asosiy navlari. Ildizmevalilarning o‘rganish va ekish borasidagi fan yutuqlariva ilg‘or tajribalar.
Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: aqliy xujum, guruhli fikirlash dialogik yondashuv, muammoli ta’lim. Bingo, blits, munozara, o’z-o’zini nazorat.
Adabiyotlar: A1;A2; A3;X1;X2; Q1; Q2; Q3; Q4. Internet saytlari
8-mavzu. Tugunakmevali o‘simliklar ahamiyati. Topinambur yetishtirish texnologiyasi. Tuganakmevalilarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, ularning chorvachilikda shirali oziqa sifatida va istiqboli. Bu ekinlarning tarixi, ekin maydoni, hosildorligi va yalpi miqdori.Kartoshka, batat va topinambur botanik va biologik ta’rifi.
Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: aqliy xujum, guruhli fikirlash dialogik yondashuv, muammoli ta’lim. Bingo, blits, munozara, o’z-o’zini nazorat.
Adabiyotlar: A1;A2; A3;X1;X2; Q1; Q2; Q3; Q4. Internet saytlari
6-Modul. Silosbop o‘simliklar , takroriy va oraliq ekinlar
9-mavzu. Silosbop o‘simliklar ahamiyati va yetishtirish texnologiyasi Silosbop donli o‘simliklarni (makkajo‘xori va jo‘xori) yem-xashak ahamiyati, ularni biologik xususiyatlari va navlari. Topinambur, xashaki karam, raps va perko o‘simliklarining silosbop ekin sifatida ahamiyati va yetishtirish texnologiyasi.
Makkajo‘xori umumiy morfologik belgilari va ozuqaviy qiymati. Yem-xashaklik ahamiyati, tarixi, ekin maydonlari, hosildorligi. Sistematikasi, kenja turlari, biologik xususiyatlari, navlari, duragaylari. Don uchun yetishtirish texnologiyasi, oziqlantirish, ekish muddati, me’yori, sxemalari va chuqurligi, ekinni parvarish qilish: kasallik, zararkunandalar bilan kurashish, hosilni yig’ishtirish. Silos uchun o’rish, siloslashdagi mikrobiologik jarayonlar.
Jo‘xori yetishtirish texnologiyasi. Jo‘xori ahamiyati, tarixi, ekin maydoni, hosildorligi. Biologik xususiyati, navlari. Don va silos tayyorlash uchun yetishtirish texnologiyasi: o‘tmishdosh, oziqlantirish, ekish, ekinlarni parvarishlar, hosilni yig’ishtirish.
Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: aqliy xujum, guruhli fikirlash dialogik yondashuv, muammoli ta’lim. Bingo, blits, munozara, o’z-o’zini nazorat.
Adabiyotlar: A1;A2; A3;X1;X2; Q1; Q2; Q3; Q4. Internet saytlari
Do'stlaringiz bilan baham: |