1. TALABALAR MUSTAQIL ISHLARINING MAZMUNI VA SHAKLLARI
Talabalar mustaqil ishi (TMI) fandan o‘quv dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi konsultatsiya va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir.
Mustaqil ishni bajarishdan asosiy maqsad kafedra professor-o‘qituvchilarining bevosita rahbarligi va nazorati ostida o‘kuv semestri davomida talabalarni «Energetik yem-xashak yetishtirish asoslari»fanini uzluksiz o‘rganishini tashkil etish, auditoriya mashg‘ulotlarida olingan bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, navbatdagi darslarga mustaqil tayyorgarlik ko‘rish, ularning aqliy mehnat madaniyatini, yangi bilimlarni mustaqil ravishda axtarib topish va o‘zlashtirishni shakllantirish negizida hozirgi kun talablariga har tomonlama javob byera oladigan raqobatbardosh ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga yerishishdan iborat.
Mustaqil ish uchun byeriladigan topshiriklarning shakli va hajmi, ularning murakkablik darajasi o‘kuv rejasida ko‘zda tutilgan mavzularni o‘zlashtirib borish davomida talabalarda fan bo‘yicha etarlicha ko‘nikmalar mujassamlanganligiga muvofiq o‘zgarib boradi. Bunda talabalarni topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondoshishga yo‘naltirgan holda mustaqil ishlash qobiliyati darajasini asta-sekin shakllantirib borish talab etiladi.
«ENERGETIK YEM-XASHAK YETISHTIRISH ASOSLARI» fani bo‘yicha mustaqil ishni tashkil etishda talabalarning akademik o‘zlashtirish darajalari va qobiliyatlarini inobatga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanladi: 1) fanning ayrim mavzularini tavsiya etilgan o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlardan foydalangan holda mustaqil o‘zlashtirish; 2) amaliy mashg‘ulotlarga mustaqil tayyorgarlik ko‘rib borish; 3) mustaqil o‘rganiladigan mavzular bo‘yicha refyerat tayyorlash; 4) munozarali savollar va topshiriqlarga tayyorgarlik ko‘rish; 5) talabalarning ilmiy jamiyatlari va to‘garaklarida ishtirok etish; 6) ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza matnlarni tayyorlash; 6) axborot-resurs markazida belgilangan mavzular bo‘yicha nazariy, amaliy va statistik ma’lumotlarni yig‘ish, ularni qayta ishlash va muayyan tizimga solish; 7) belgilangan mavzular bo‘yicha zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida takdimot matyeriallari tayyorlash; 8) talabalar turar joyida, ma’naviyat xonasi, kutubxona, zamonaviy axborot texnologiyalar markazi imkoniyatlaridan foydalanilgan holda mustaqil o‘qish jarayonlarida ishtirok etish; 9) kafedraning ilmiy hamda ilmiy-uslubiy ishlarida faol ishtirok etish va boshqalar.
Talabalarning mustaqil ishi ta’lim va tarbiyaning shunday vazifalariga qaratilganki, bunda butun o‘quv jarayoni talabalar tomonidan fan asoslarini to‘laligicha faol, ongli, puxta va tizimli ravishda o‘zlashtirish va ularda dehqonchilikning umumiy masalalari, ilmiy asoslari, o‘simlikning hayot omillariga bo‘lgan talabini qondirish, tuproqning suv-fizik xossalari va suv rejimini boshqarish usullari, tuproqning havo, issiqlik va oziq rejimlarini boshqarish usullari, yerga asosiy, ekin ekishdan oldin va ekin ekishdan keyin ishlov ishlov byerish, begona o‘tlarning turlari hamda ular bilan dalalarni ifloslanish darajasini aniqlash, kurash choralarini olib borish, ekinlarni ekish usullarini tanlash, ekish me’yorlarini hisoblash, almashlab ekishni loyihalashtirish, joriy etish va olib borish tadbirlari bo‘yicha muayyan dunyoqarashni shakllantirish imkonini byeradi. Bu vazifalar ta’lim jarayoni va shaxsni shakllantirish qonuniyatlarini bilmasdan va foydalanmasdan turib ijobiy hal etilishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |