Topshiriqlar variantlari:
1.Tuganakmevali ekinlar vakillarining bir-biridan farqlarini o’rganish. Ularning ozuqa birliklarini hisoblash.
2.O’zbekistonda ekiladigan tuganak mevali ekinlar navlarining tavsifini bilish.
3.Ertagi va kechki kartoshka yetishtirish texnologik xaritasini tuzish. Maydoni-50 gektar, navi-Sante, o’tmishdosh-kuzgi g’allA*.
Nazorat uchun savollar
1.Stalonlar nima?
2.Kartoshkaning er ustki mevasi nima deyiladi?
3.Kartoshka va yer noki barglarining shakli qanday?
4.Kartoshkaning to‘pguli nima deyiladi?
10-Amaliy mashg‘ulot
SILOSBOP EKINLARNING MORFOLOGIYaSI
Dars maqsadi:talabalarga makkajo‘xori va jo‘xorining turlari va kenja turlari, umumiy morfologik belgilari to‘g‘risida tushuncha berish
Ko‘rgazma material: makkajo‘xori va jo‘xorining tur xillari jadvali, o‘simliklar bog‘lamlari, urug‘lari, konservalangan poya va barglari.
Makkajo‘xorining morfologik tuzilishi. Boshqa donli o‘simliklarga nisbatan makkajo‘xori baquvat va mustaxkam, poyasi yirik, baland vabargi, gulto‘plamlari va donining yirikligi bilan farq qiladi..
Ildiz majmuasi-sochiq ildiz, kuchli rivojlangan, tuproqqa 1,5 m dan 3 m.gacha chuqurlikdga ketadi. Boshqa donli o‘simliklarga nisbatan makkajo‘xori poyasining er ustki bo‘g‘inlaridan tayanch yoki xavo ildizlari hosil qiladi. Bu ildizlar poyaning tik ushlab turish uchun xizmat qiladi.Bu ildizlar tuproqning nam bilan ta’minlanishiga qarab poyaning bir necha er ustki bo‘g‘imlarida hosil bo‘ladi va ko‘pincha juda kuchli rivojlangan bo‘ladi.
Poyasi-Tik o‘suvchi, dumaloq va silliq yo‘g‘onlashgan bo‘g‘imlardan iborat 8-25 va undan ko‘p bo‘g‘im oraliqlariga ega bo‘ladi. Meksika navlari 45 tagacha bo‘g‘im oraliqlariga ega bo‘ladi.
Poyaning ildizga yaqin er bktidagi qismi yo‘g‘onroq, poyaning uchiga qarab bo‘g‘im oraliqlarining diametri kamayib boradi.
Poyaning ichi po‘kak bilan to‘lgan, uning balandligi makkajo‘xori naviga va o‘sish sharoitiga qarab 0,5 metrdan 4 metrgacha boradi. Bunday baland navni tik ushlab turish vazifasini tayanch ildizlar boshqaradi.
Barglari yirik keng lentasimon shaklda barg qini xam uzun, u poyani o‘rab turadi. Barg qinining ostki qismi poyaning bo‘g‘imidan chiqadi. Barg tilchasi kalta, quloqchalari bo‘lmaydi. Poyaning har bir bo‘g‘imida bittadan barg hosil bo‘ladi. Barg soniga qarab makkajo‘xori navini erta pisharligini aniqlash mumkin. Ertapishar navlarda 8 dan 12 ta barg, o‘rtapisharlarda 12-18 va kechpishar navlarda esa 18 tadan ko‘p barg bo‘ladi.
Rasm-1. Makkajo‘xori: 1 —maysa; 2 —gullash davri; 3 —otalik gulto‘plami; a —umumiy ko‘rinish, b —boshoqcha; 4 — onalik gulto‘plami; a —umumiy kshrinish, b — boshoqcha
Do'stlaringiz bilan baham: |