O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti fizika fakulteti kurs ishi mavzu : atom tuzilishi mavzusini o’qitishda “muloqot” treningi metodidan foydalanish



Download 454,5 Kb.
bet10/11
Sana18.04.2022
Hajmi454,5 Kb.
#561358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ATOM TUZILISHI

Rezerford tajribalari
1911-yilda Tomsonning sobiq assistenti professor Ernest Rezerford o‘zining shogirdlari Gans Geyger va Ernest Marsdenlar bilan alfa zarralarning yupqa metall folgalarda sochilishi ustida bir qator tajribalar o‘tkazdi. Bunday tajribalar atom tuzilishining Tomson modeli yaroqsiz ekanligini ko‘rsatdi. Bu esa Rezerfordning atom tuzilishi to‘g‘risidagi faraziga asos bo‘ldi: atom diametri juda kichik ( ), atomning barcha musbat zaryadi va massasining katta qismi to‘plangan yadrodan iborat bo‘lib, yadro (yadro – “mag‘iz” degan ma’noni bildiradi) manfiy zaryadlangan elektronlar buluti bilan o‘ralgan. Atomning o‘zining o‘lchami   tartibidadir. Atomning neytralligi esa elektronlarning manfiy zaryadi yadroning musbat zaryadiga tengligidan kelib chiqadi. Alfa zarralarning sochilishi ustida o‘tkazilgan tajribalarda Rezerford yupqa oltin folgasini(Z=79)   yemir ilishida hosil bo‘ladigan alfa zarralar bilan bombardimon qildi. Folgadan o‘tayotganda sochilgan alfa zarralarning sochilish burchagini aniqlagan holda, alfa zarrani sochayotgan nishon atomlarning (oltin atomlarining) tuzilishinianiqlash mumkin edi. Alfa zarra geliy atomi yadrosi bo‘lib, ikki proton va ikki neytr ondan iborat. Rezerford va Tomas Royds 1909 yilda alfa zarra zaryadi 2e ga teng ekanligini aniqlagan edilar. Rezerford o‘z modeli va Tomson modeliasosida sochilish burchagi θni nazariy hisobladi. Natijalarini tajriba natijalari bilan taqqosladi. Tomson modelida atomga tushgan alfa zarra dastlabki yo‘nalishidan ahamiyatsiz bo‘lgan juda kichik burchakka og‘adi, bu esa atom ichida elektr maydonining nisbatan kuchsiz ekanligini ko‘rsatadi. Rezerford atomida alfa zarralarning dastlabki yo‘nalishidan og‘ish burchagi kattaligi kuzatiladi. Buning sababi atomning barcha musbat zaryadi +Ze kichik hajmda – yadroda to‘planganligidir. Rezerford o‘z tajribalarida radioaktiv poloniy-214 yemir ilishida hosil bo‘ladigan ener giyasi 7,68 MeV bo‘lgan alfazarralardan foydalandi. Alfa-zarralarning parallel dastasi vakuumda qalinligi 6∙  mikron bo‘lgan oltin folgaga yo‘naltirilgan va unda sochilishi kuzatilgan. Rezerford tajribasi sxemasi 4.2-rasmda keltirilgan. Alfazarralar manbai(S) oldiga markazida tirqishi bo‘lgan diafragma(D) qo‘yilgan. Manbadan chiqqan alfa-zarralarning tirqishga tushganlari tirqishdan dasta ko‘rinishida chiqib lyuminessensiyali ekranga(LE) tushadi. Ekran rux sulfidi (ZnS) bilan qoplangan. Ekranning har bir alfa-zarra kelib urilgan joyida yorug‘ dog‘lar-chaqnashlar (ssintillyasiya) hosil bo‘lishi kuzatiladi. Bir sekundda ekranga tushayotgan alfa-zarralar soni juda ko‘p bo‘lganligi uchun ularning hosil qilgan yorug‘ dog‘lari qo‘shilib bir-birini qoplagan markaziy yorug‘ dog‘ni hosil qiladi (4.2a-rasm). Endi ekran oldiga qalinligi 6∙ mikron bo‘lgan oltin folga(OF) joylashtiriladi (4.2b-rasm). Alfa-zarralar oltin folgadan o‘tib ekranga tushadi. Oltin folga bo‘lmaganda ekranda hosil bo‘lgan markaziy yorug‘ dog‘ intensivligi oz bo‘lsada kamayadi. Ekranda alfa-zarralar dastasi hosil qilgan markaziy yorug‘ dog‘dan tashqarida boshqa yorug‘ dog‘lar ham hosil bo‘ladi. Bu yorug‘ dog‘larni oltin folgadan o‘tayotganda o‘z harakat yo‘nalishini o‘zgartirgan, ya’ni oltin folga atomlarida sochilgan alfazarralar hosil qiladi. Ekranda hosil bo‘lgan yorug‘ dog‘lar lupa yoki mikroskop(M) orqali kuzatiladi. Bu tajribada quyidagi hollar muhimdir: oltin atomining diametric 3∙ , u vaqtda qalinligi 6∙ m bo‘lgan oltin folgada 3300 atom qatlami bo‘lib, bunda atomlar zich joylashadi.


Shuning uchun alfa-zarralar oltin folgadan o‘tganda taqriban 3000 ta oltin atomlari bilan to‘qnashadi. Alfa-zarralarning


ko‘pchilik qismi folgadan o‘tganda oltin atomlarida1¸3 daraja bo‘lgan kichik burchaklarda sochilishi kuzatilgan. Lekin sochilgan alfa-zarralar orasida 150° burchakgacha yetadigan katta burchaklarda sochilgan alfa-zarralar mavjudligi ham aniqlangan. Bunday katta burchaklarda sochiladigan alfa-zarralar soni juda oz bo‘lgan. Masalan, folgaga tushgan 8000 ta alfa-zarradan faqat bitta alfa-zarra 90° dan katta burchakka sochilgan. Katta tezlikdagi alfa-zarrani katta burchakka og‘dirish uchun unga katta kuch bilan ta’sir qilish kerak. Rezerford tajribada kuzatilgan natijalardan quyidagi xulosaga keldi: har bir katta burchakka sochilish, bu qandaydir biror nuqtaviy kuch markazining unga yaqin masofada uchib o‘tayotgan alfa-zarra bilan yakka ta’sirlashuvi natijasidir. Bunday kuch markazi esa musbat zaryadlangan atom yadrosi edi. Demak, atomga tushgan alfa-zarralarning atomda katta burchakka sochilishi atom ichida musbat zaryadning juda kichik hajmda to‘planganligini va uning kuchli elektr maydonini hosil qilishini ko‘rsatadi. Alfazarra o‘zi geliy atomi yadrosidir. Bu ikki yadro orasidagi elektr ostatik o‘zaro ta’sirlashuv alfa-zarraning katta burchaklarda sochilishiga sabab bo‘ladi. Alfa-zarralarning o‘z harakati yo‘nalishidan og‘ishini (sochilishini) ularning Vilson kamerasidagi izlarining fotosuratlaridan ko‘rish mumkin (4.3-rasm).

4.3-Rasmda alfa-zarraning kisloroddagi izi tasvirlangan. Odatda alfazarralar izlarining oxiri bir-biridan farq qilmaydi. Lekin rasmdagi izlar orasida oxiri siniq yoki vilka ko‘rinishida bo‘lgan izlar ham kuzatiladi. Bu izlar alfa-zarralarning yadro bilan to‘qnashuvlari natijasida hosil bo‘lgan. To‘qnashish natijasida alfa-zarraning harakat yo‘nalishi keskin o‘zgargan va to‘qnashish tufayli harakatga kelgan yadro esa yangi iz qoldir gan, bu iz alfa-zarra izi bilan vilka hosil qilgan. Bu fotosurat katta og‘ish burchaklari yakka to‘qnashis h natijasida hosil bo‘lishini ko‘rsatadi. Atom ichida juda kichik hajmga (o‘lchami  ) va katta massaga ega bo‘lgan musbat zaryad – yadro kuchli elektr maydonni hosil qiladi. Demak, atom ichida musbat zaryad kichik hajmga to‘plangan, bu hajm yadro deyiladi. Bu xulosa atom tuzilishining yadroviy modeli edi. Uchib kelayotgan alfa-zarralarning atom ichida yadr o hosil qilgan kuchli elektr maydoniga tushganlari maydon ta’sirida o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi, ya’ni katta burchaklarda sochiladi. Agar musbat zaryad atomda katta hajmda taqsimlangan bo‘lganda, atom ichida kuchli elektr maydoni bo‘lmasdi. U vaqtda atomga tushgan alfa-zarralar o‘z yo‘nalishni o‘zgartirmay, sochilmay to‘g‘ri o‘tib ketgan bo‘lardi. O‘tkazilgan tajribalarning natijalarini Rezerford quyidagicha tushuntirdi: atomning juda kichik hajmida musbat zaryad joylashgan, uning atrofidagi atomning barcha qismi esa manfiy zaryadli elektronlar bulutidan iborat bo‘lib, bu elektronlarning to‘liq manfiy zaryadi kichik hajmdagi musbat zaryadga miqdor jihatidan teng. O‘tkazilgan tajribalarning bunday natijalari Rezerford farazining to‘g‘riligini tasdiqladi. Bunday tajribalar, hisoblashlar natijasida atomning yadr oviy modeli yaratildi. Bu model ko‘pincha planetar model deb yuritiladi, chunki atomning yadroviy model asosidagi tuzilishi Quyosh tizimi tuzilishiga o‘xshatiladi, ya’ni yadroni Quyoshga, elektronlar esa planetalarga o‘xshatiladi.

Download 454,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish