MIZERERE
– cherkov katolik kuylash aytimi.
MINIMALIZM –
XIX asr oxirida yuzaga kelgan uslub. Eng sodda va ixcham
shakllarni qo‘llanashi bilan ajralib turadi.
MOTET
– ko‘p ovozli vokal musiqa janri. XVI asrga qadar G‘arbiy Yevropa
musiqasining muhim janrlaridan biri bo‘lib, diniy va dunyoviy mavzularga
185
bag‘ishlanib yozilgan. XX asrga kelib yangicha diniy motetlar yaratilib ularda
zamonaviy ifoda vositalarini qo‘llanilishi kuzatiladi.
MUSIQIY KOMEDIYA
– hajviy asosda yaratilgan musiqiy-sahnaviy asar.
Musiqiy teatrning mustaqil janri sifatida XIX-XX asr boshlarida shakllandi.
Operettadan farqli o‘laroq, musiqiy komediya harakat rivoji bilan unchalik bog‘liq
bo‘lmaydi, unda ansambl, ariyalar, xorlar ishtirokidagi katta sahnalar kam.
OPERA-BUFFA
(opera-buffa “masxaraboz operasi”) – hajviy operaning
italyan turi bo‘lib, Neapol shahrida XVIII asrning 30-yillarida paydo bo‘ldi. Opera-
buffaning yorqin misollari keng rivoj topgan intriga asosida o‘z ichiga hajviy,
ertakona-fantastik sahna va elementlarni kiritadi. Uning ildizlarini XVIII asr Rim
maktabining hajviy operalari va del-arte komediyalarida ko‘rish mumkin.
OPERA
– musiqiy-dramatik asar turi. Vokal, cholg‘u, musiqa, she’riyat,
dramatik, xoreografik va tasviriy san’atlarning o‘zaro sintezi asosida namoyon
bo‘ladi. Musiqa opera tarkibida harakatning asosiy omili va kuchidir. Musiqa yaxlit
ketma-ket rivoj topgan dramatik g‘oyaga tayanadi. Eng muhim komponenti vokal
kuylash hisoblanadi. Turli tizimdagi vokal ohanglari orqali har bir qahramonning
individual ruhiy olami aks ettiriladi. Harakat va tasvirlardan iborat asosiy opera
shakllari
–
ariya, duet, ansambl, xordir.
OPERA-SERIA
(“jiddiy opera”) – katta italyan opera janri bo‘lib, XVI asrda
neapolitan opera maktabi kompozitorlari (A.Skarlatti) ijodida shakllandi. Aksariyati
qahramonona-mifologik, tarixiy va tabiat mavzulariga bag‘ishlangan bo‘lib,
“raqamli” tuzilmali tuzilish, ya’ni yakkaxon ariyalar rechitativ bilan bog‘lanib, xor va
baletlarni kiritilmaganligi bilan farqlanadi.
OPERETTA
– musiqiy-dramatik asar turi. Operettada musiqiy-vokal va
musiqiy-xoreografik nomerlar nutqiy so‘zlashuv sahnalari bilan chatishtirilib,
musiqiy dramaturgiya asosini esa ommaviy-maishiy va estrada musiqa janrlari tashkil
qiladi. Fransiyada XIX asr o‘rtalarida J.Offenbax va F.Erve ijodida shakllandi.
ORATORIYA –
italyancha “Oratore”-notiq. Xor, yakkaxon xonandalar va
simfonik orkestr uchun yaratilgan yirik musiqiy asar. XVII asrda shakllangan.
186
Oratoriyalar matni asosan Bibliya syujetlariga asoslangan va kontsert ijrochiligi
uchun havola etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |