129
V. Tormisning xorlari
.
Boltiq bo‘yi kompozitorlaridan V. Tormis o‘z xalqining
qadimiy marosimlariga murojaat etgan kompozitorlardan biridir. Uning “Maaryamaa
haqidagi ballada”, “Temirga nafrat”asarlari shular jumlasidandir. “Maaryamaa
haqidagi ballada” asari Yevropaliklar tomonidan istilo qilingan
estlar qabilasining
ayanchli taqdiri haqida hikoya qiladi.
Qo‘shma xor, yakkaxon tenor, bariton va shamanlar nog‘orasi ijrosi uchun
yozilgan “Temirga nafrat” asari Finlyandiya xalqining qadimiy afsonalari asosida
yaratilgan. Qo‘shimcha tarzida shuni aytib o‘tish mumkinki, “Kalevala” eposi faqat
finn xalqining emas, kengroq olganda Shimoliy Yevropa xalqlari o‘rtasida mashhur
bo‘lgan asarlardan biridir. V. Tormis bu eposning A. Annisto, P. Rummo,
Y. Kaplinskiylar tomonidan qayta ishlangan variantini tanlab olgan.
Asar qahramonona his-tuyg‘ular bilan to‘lib toshgan. Naqorat sifatida: “Kuch
nimada?” – degan satrlar asarning boshidan oxirigacha qaytariladi. Unga javoban:
“Yovuzlar yo‘qolsin!” – degan duo ijro etiladi.
Bu qaytariqlar asarning negizini tashkil etib, marosim an’analarini tasvirlaydi.
“Temirga nafrat” asari tuzilishiga ko‘ra, o‘ziga xos asardir.
Uning shaklini erkin
ravishda tuzilgan deb belgilash mumkin.
70-80-yillarga xos bo‘lgan mavzu – urushga, qurol-yarog‘larni jadallashtirishga
qarshilik qilish asar maqsadini tashkil etadi. “Temir” obrazi asarda qurol-yarog‘
timsoli sifatida belgilanadi. Unga nisbatan shamanlarning qarg‘ash va duolari
zamonaviy muammolarni afsona kesimida aks ettiradi. Insoniyatning atom energiyasi
oldidagi xavfi timsoliy ko‘rinishda bayon etiladi.
“Temirga nafrat” asarida shamanlar kuylariga o‘xshatishlar asarning asosini
tashkil etadi. Qadimgi shaman kuylari: vargan ijroga o‘xshatish unli tovushlarning
bir-biriga ohista o‘tishi, tenorning tomog‘ini bo‘g‘ib ijro etishi, nog‘ora
ijrosida
ostinato ritmlarining ustuvorligi, xor ijrosida rechitatsiyaning kuchayishi orqali
tasvirlanadi. Kuy diapazonining astalik bilan kengayishi, garmonik va intonatsion
murakkablik, ekspressionizmga xos bo‘lgan
his-hayajon, sonoristika uslublarining
o‘rinli qo‘llanilishi, bitta tovush atrofidagi xor glissandosi – bularning barchasi
yovuzlik timsoli “Temir”ga qarshi insoniyat nafratini tasvirlashga qaratilgan.
130
Shamanlik marosimi o‘xshatishlar orqali urushga qarshi, yovuzlikka qarshi
yorqin zamonaviy siyosiy pamfletga aylanadi. “Temirga o‘lim!”, “Metinga o‘lim!”
kabi chaqiriqlar urushga, yovuzlikka qarshi bo‘lgan his-tuyg‘ularni anglatadi.
Kompozitorning
siyosiy qarashlari, zamonaviy muammolarga munosabati
musiqiy til bilan aniq va yorqin tasvirlanadi. Kompozitorning o‘zi bu haqida
quyidagilarni yozgan: “Mening maqsadim – tomoshabinda shunday taassurot qolishi
kerakki, go‘yo ota-bobolarimizning qurol-yaroqqa aylana oladigan “Temir”ni
qarg‘ashi, XX asr yader urushiga qarshilik bildirayotgan odamlarning ovozi bilan
uyg‘unlashib, insoniyat davosini anglatishi kerak!” (161,5)
“Temirga nafrat” asariga nisbatan mutlaqo boshqa obrazlar dunyosi – ayollar
xori uchun yozilgan “Tabiat manzaralari” asarida ko‘rsatiladi.
To‘rt qismdan iborat bo‘lgan asar yilning to‘rt faslini tasvirlaydi. “Bahor
eskizlari”, “Yoz mavzulari”, “Kuz peyzajlari”, “Qish naqshlari”
- inson va tabiat
uyg‘unligini kuylashadi. Asar kichik hajmda bo‘lganiga qaramasdan, unda yorqin va
aniq chizg‘ilar bilan tabiat manzaralari tasvirlanadi. So‘z ma’nosini tomoshabinga
tushuntirishga alohida e’tibor qaratiladi. Ba’zan qismlarning hajmi bor-yo‘g‘i sakkiz
taktdan iborat bo‘lishiga qaramay, asarning mazmuni to‘laqonli va ta’sirchan
ravishda maromiga yetkaziladi. Mazkur asarda kompozitor mutlaqo yangi
bo‘yoqlardan foydalanadi.
Zamonaviy yozuvchi va dramaturglarning ijodiga murojaat qilish, o‘zini
qiziqtirgan savollarga ulardan javob izlash 70-80-yillar kompozitorlarida tez-tez
uchrab turadi. Ayniqsa, xalq ijodiga hurmat bilan qaragan V. Shukshinning asarlari
zamona ijodkorlarida katta qiziqish uyg‘otadi.
Rasmiy taziyiqlarga qaramasdan,
V. Shukshinning ijodi kompozitorlar uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Shunday asarlarga kompozitor V. Gavrilinning “Jomlar tovushi” xorlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: