O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva


S. Gubaydulinaning bariton, kamer orkestr uchun yozilgan “Ruboyat”



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

 
S. Gubaydulinaning bariton, kamer orkestr uchun yozilgan “Ruboyat” 
kantatasi.
 
S. Gubaydulinaning “Ruboyat” kantatasi Umar Xayyom, Hofiz 
she’riyatiga asoslangan bo‘lib, umumlashtirilgan sharq tushunchasini bayon etadi. 
Yevropalik kompozitor tushunchasida Sharq – sirli va no’malum madaniyat, sehrli 
kuch, maftunkor dunyo sifatida berilgan. Sharq shoirlarining she’riyati esa go‘zallik 
timsoli bo‘lib, nazokatning yuqori ko‘rinishini anglatadi. Kamer orkestrning ijrosida 
deklamatsion bo‘limlar ayniqsa ta’sirchan yangraydi.
 
S. Gubaydulinaning orkestr, zarbli sozlar va metstso-soprano uchun”Dil 
vaqti”.
 
Murakkab konsepsiyani tasvirlash yo‘lida kompozitor yangicha texnik 
uslublarni ixtiro etadi. XX asrning murakkabliklari, Shaxs va Vaqt o‘rtasidagi 
munosabatlar, Ayol ichki dunyosi kabi obrazlar psixologik chuqurlikka ega bo‘lgan, 
ehtiroslar bilan to‘lib-toshgan M.Svetayevaning she’riyatini tashkil etadi. 70-yillarda 
mazkur mavzular yangi tarixiy sharoitda, yangi avlod vakili tomonidan o‘zgacha 
talqin etiladi. Avvalgi o‘n yilliklarda ta’qib etilgan, 60-yillarda esa qisman oqlangan 
shoiraning ijodi, S.Gubaydulinaning musiqasi orqali qaytadan tiklanadi. 
1976-yilda ilk bor ijro etilgan asar yillar davomida intellektual asarlar sarasiga 
kirib, ijro masalasida ham, tushunish bobida ham ma’lum tayyorgarlikni talab etadi. 
She’r asosini tashkil etgan ko‘pqatlamlik, ma’nodorlik musiqaning turli vositalarida 
bayon etiladi. Bunda so‘zlashuv uslubini qo‘llash yetakchilik qiladi.
 
S. Gubaydulinaning Violonchel va organ uchun “In croce” 
(1978).
Sharqona 
meditatsiya 70-80-yillar ijodida musiqiy tilning yangi uslubi sifatida qo‘llaniladi. 
Kompozitor S. Gubaydulining eng yorqin kamer asarlaridan biri bo‘lgan Violonchel 


122 
va organ uchun “In croce” ham meditativ monolog janriga yaqin turadi.
S. Gubaydulina mazkur asarini violonchelchi V. Tonxaga bag‘ishlagan.
Asarning “In croce” deb nomlanishida qanday ma’no borligini muallifning o‘zi 
quyidagicha tushuntiradi: “Mazkur nomni so‘zma-so‘z tarjima qiladigan bo‘lsak, 
qarama-qarshi ma’nosi kelib chiqadi. Aynan shu ma’no asar dramaturgiyasining 
negizida o‘rin egallab, birinchi tovushidan boshlab qarama-qarshi ijro tizimi 
qo‘llaniladi. Bu qarama-qarshilik organ registrlarining bir-biriga nisbatan 
taqqoslanishida, organ bilan violonchel ijrosida turli musiqiy qatlamlarning tembr 
vositasi orqali taqqoslanishida, musiqiy mavzularning galma-galdan turli sozlarda ijro 
etilishida yangraydi” (50, 25). 
“In croce” so‘zining yana bir ma’nosi xochdir. Musiqiy obrazlarning diniy 
mavzular bilan boyitilishida alohida ma’no yotadi. O‘rta asrlardan boshlab diniy 
obrazlar musiqada timsol sifatida qo‘llaniladi. Tovushlar yig‘indisi, ma’lum ladlar, 
yashiringan belgilar diniy mavzularni sirli va ko‘p ma’noli yangrashiga 
ko‘maklashadi. S. Gubaydulinaning asarida ham xoch musiqiy timsol sifatida 
ko‘rsatiladi. Aynan shu timsol kamer asarga monolog kabi ko‘p qirralikni 
bag‘ishlaydi. Sof konstruktiv uslublarning qo‘llanilishiga esa chuqur ma’nodorlikni 
bahshida etadi. 
S. Gubaydulinaning ijodiga xos bo‘lgan murakkab fikrlash, zamona 
muammolarini vaqt kesimida anglash mazkur asarda diniy timsollar vositasida 
yanada chuqurlashadi. Inson mafkurasi bilan konstruktiv harakatlar, sezgirlik bilan 
his-hayajonlar birlashgandagina Garmoniya tushunchasi yuzaga keladi, degan fikr 
ilgari suriladi. 
S. Gubaydulinaning boshqa asarlarida bo‘lganidek asosiy maqsad –
Garmoniyaga erishishdan iborat bo‘ladi. 
Violonchel bilan organning dialogi sokin kuzatuv bilan his-tuyg‘ularning 
qarama-qarshiligi, yorug‘lik bilan fojea o‘rtasidagi doimiy bahs sifatida qabul 
qilinadi. 
Asar dramaturgiyasi Raga tamoyillariga qurilgan. Raga tamoyillari – kuylarning 
doimiy o‘zgarmasdan qaytarilishida, sokinlik holatini uzoq vaqt saqlanib turishida 


123 
ko‘zga tashlanadi. Bu holat asarning o‘rta qismida Yevropa simfonizimiga xos 
bo‘lgan qarama-qarshilik, sonoristik uslublar, organ klasterlari va aleatorik ketma-
ketlik vositasida tugatiladi. 
Organ klasterlari asarda dahshat obrazlarini yaratib, oxir-oqibatda fojeaviy 
bo‘limga olib keladi. Fojeaviylikning kuchayishi esa, asarning audj qismida 
ekspressiv xarakterga ega bo‘lgan xoral-monologning yangrashida namoyon bo‘ladi. 
Xoral-monologda violonchelning partiyasi yig‘i singari yangraydi. 
Reprizada o‘rta qismning fojealari iz qoldirgan bo‘lsa-da, sekin-astalik bilan 
yorug‘lik kuchaya boradi. Birinchi qismga xos bo‘lgan meditatsiya orqali ruhan 
tozalanish, iztiroblarni yengib o‘tish obrazlari bayon etiladi. Violonchelning ijrosida 
inson rechitatsiyasi eshitiladi. Go‘yoki soz inson ovozi bilan kuylaganday bo‘ladi. 
Bunda xochning timsolida san’atning, kengroq aytadigan bo‘lsak, hayotning doimiy 
va asosiy maqsadi – ezgulikka intilish tasvirlanadi. Bu murakkab yo‘lda xato va 
sinovlar, yutuq va yo‘qotishlar orqali har bir inson o‘zining g‘alabasiga erishadi. 
“Mashaqqatlarni yengib yorug‘ kelajakka intilish” – davr g‘oyalaridan biri 
bo‘lib , mazkur davrda yaratilgan qator badiiy asarlarda ko‘zga tashlanadi. Tarixni 
qayta ko‘rib chiqish, xato va kamchiliklarni o‘rganib, ularga yangidan baho berish 
shu yillarga xosdir. T. Abuladzening kinofilmlarida, A. Bek, Ch. Aytmatov, D. 
Graninlarning adabiy asarlarida mutlaqo yangi dunyoqarash shakllanayotganligi 
seziladi.

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish