O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva


S. Slonimskiy “Ozod ayol qo‘shig‘i”



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

S. Slonimskiy “Ozod ayol qo‘shig‘i”
.
Har bir muayyan asarda kompozitorlik va 
xalq belgi-alomatlarining o‘zaro qo‘shilishi obrazli g‘oyaga, shuningdek asarning 
yaratilish vaqti va kompozitorning tajribasiga bog‘liq bo‘lgan.
S. Slonimskiyning ijodida, masalan, oldin tilga olingan “Virineya” operasi 
xatlarning kontrast texnikasini birlashtirish jihatdan kompozitorning oldingi “Ozod 
ayol qo‘shig‘i” asariga qaraganda ancha keskin mazmuni bilan ajralib turadi (1960).
Shu bilan birga kompozitorning so‘nggi asarida folklorga bo‘lgan yangi 
yondashuv shakllanadi.
S. Razin va Y. Pugachevlarning qo‘zg‘oloni davriga to‘g‘ri kelgan har xil 
ko‘rinishlarda xalq orasida ijro etilgan matnlarning vokal tsikli yangi melodik 
versiyalarni yaratish an’analarini davom ettirgan.


38 
S. Razin davri qo‘shiqlar tsiklining o‘ziga xos tomonlariga suyanib, S. 
Slonimskiy “Ozod ayol qo‘shig‘i”da kuy cho‘ziqligini, intonatsiyalarning ko‘p 
variantliligini, intonatsiya qilishning o‘ziga xos usulini ifodalagan.
Kompozitor qo‘shiqlarga opera alomatlarini kiritadi. Ular dramatik 
ko‘rinishlarga, ya’ni ba’zida monolog sahnalariga (“Bir nafas olib, o‘ylab ko‘r!”), 
ba’zida dialoglarga (“Bilgan insoningni sev”) aylanib ketadi. Qo‘shiqdagi 
muloyimlik va lirizm tabiiy kuch va jasoratlik bilan almashinib keladi.
G. V. Sviridovning asarlari
.
G. V. Sviridov 60-70-yillar boshida yaratgan 
asarlarida “Kichik triptixda” (1965), “Qayg‘uli qo‘shiqlar” kantantalarida (1962), 
“Qadimgi Rus”da (1964), “Kursk qo‘shiqlari”da (1964), A. K. Tolstoyning “Podsho 
Fedor Ioannovich” tragediyasi musiqasida (1969), Yurlov xotirasiga bag‘ishangan 
xor kontsertida (1974) o‘zi oldin topgan intonatsiya va obrazlilik tamoyillar rivojini 
davom ettirdi va yangi sifatlar bilan to‘ldirdi. 
Kursk oblastida tug‘ilgan G. Sviridov uchun yoshligidan tanish bo‘lgan 
qo‘shiqlarning jonli ijrosini, xalq tilining musiqaviy poetikasini “Kursk qo‘shiqlari” 
juda nozik did bilan aks etadi. “Kursk qo‘shiqlari” yagona syujet liniyasiga ega emas, 
ammo ular ayollarning og‘ir mehnati haqida hikoya qilib beradi. Musiqiy material 
o‘ziga xos harakat-duo vazifasini bajaradi (birinchi qism). Ba’zida u bir joyda 
jamlanib, nikoh to‘yidagidek sirli (uchinchi qism), ba’zida insonning keng fe’li va 
kuchini (beshinchi qism) aks etadi. Xalq ichidan chiqqan ayolning his-tuyg‘ulari, 
tasavvurlari aks etadi.
Variantlilik, maromning aniqligi, yagona intonatsion-garmonik tuzilish (tritonli 
tetraxord, turli bosqichlarning septakkordlari), barcha qismlardagi orkestr rang-
barangligi asar yaxlitligini ta’minlaydi.
Barcha sanab o‘tilgan xususiyatlar kontrast qo‘shiqlarni lirik kantanta-poemaga 
aylantiradi.
Y. Butskoning “Nikoh to‘yi qo‘shiqlari”
. Xalq qo‘shiqchiligining tabiati va xalq 
tafakkuriga chuqur kirib borish Y. Butskoning “Nikoh to‘yi qo‘shiqlari”da seziladi 
(1966). Kompozitor xalq urf-odatlarining koloritini, rus kishisining psixologiyasini, 
uning dunyo va dil go‘zalligi haqidagi tasavvurlarini ifoda etadi.


39 
“Nikoh to‘yi qo‘shiqlari” rus ayolining taqdiri haqida hikoya qilib beradi. Unda 
qayg‘uli va dramatik sahifalar mavjud, ammo umuman olganda qadimgi to‘y niqohi 
urf-odati kabi obrazlar yorqin va go‘zaldir. Xalqning etika tushunchalari orqali Y. 
Butsko folklorning musiqa tizimini qabulqiladi va undan foydalanadi. Kompozitor 
xalq qo‘shig‘ining oddiyligini va tabiiyligini, erkin davomli rivojlanishini saqlaydi. 
“Nikoh to‘yi qo‘shiqlari”da iqtiboslar mavjud emas, uning musiqiy tili XX asrning 
professional musiqasining turli vositalari tizmlariga asoslansa ham, ammo u xalq 
asaridek qabul qilinadi. 
Glissando, ot choptirish, forshlaglar kabi ekspressiv elementlar xalq tili 
xarakterini chuqurroq va aniqroq ochib berishga imkon yaratadi. G. Sviridovning 
“Kursk qo‘shiqlari”ga, Y. Butskoning “Nikoh to‘yi qo‘shiqlari” ga V. Salmanovning 
“Oqqushcham” (1967) xor kontserti qo‘shiladi. Mazkur asarlar ham xalq matni 
asosida yozilgan bo‘lib, xalq qo‘shiqchiligi san’atini noan’anaviy xatlar texnikasi 
bilan birlashtirgan.
Boshqa milliy madaniyatlarda qo‘shiq janri O. Taktakishvilining “Guriya 
qo‘shiqlari”, Sh. Chalayevning “Lak qo‘shiqlari”, R. Boykoning “Vyatka 
qo‘shiqlari”da keng taqdim etilgan.

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish