sohasidagi jamg‘arish iqtisodiy o‘sishning muhim omilidir.
Ijtimoiy-madaniy sohadagi jamg‘arish (noishlab chiqarish jamg‘arishi) uy-joy fondini, kasalxonalar, o‘quv muassasalari, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport muassasalari, ya’ni nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish,
rekonstruksiyalash, yangilashga sarflanadi. Noishlab chiqarish sohasini kengaytirish ham ishlab chiqarishni rivojlantirishning zarur shartidir.
Jamg‘arish summasi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish sur’atlarini belgilab beradigan hal qiluvchi omillardir. Jamg‘arish normasi bevosita jamg‘arish summasining butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi: Jamg‘arish summasi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish sur’atlarini belgilab beradigan hal qiluvchi omillardir. Jamg‘arish normasi bevosita jamg‘arish summasining butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi:
bunda:
JN -jamg‘arish normasi;
JS -jamg‘arish summasi;
MD -milliy daromad.
JN=(JS/MD)*100%
Shunga ko‘ra, jamg‘arma – bu muddat jihatidan kechiktirilgan iste’molni anglatadi. Shu bilan birga joriy davrda amalga oshirilgan jamg‘arma joriy iste’molning chegirilgan qismidir, chunki jamg‘arma aholi va korxonalar ixtiyordagi daromadning iste’molga sarflanmagan qismi hisoblanadi: Shunga ko‘ra, jamg‘arma – bu muddat jihatidan kechiktirilgan iste’molni anglatadi. Shu bilan birga joriy davrda amalga oshirilgan jamg‘arma joriy iste’molning chegirilgan qismidir, chunki jamg‘arma aholi va korxonalar ixtiyordagi daromadning iste’molga sarflanmagan qismi hisoblanadi:
Y=C+S
bu yerda:
Y – barcha xo‘jaliklar ixtiyoridagi daromad;
C – iste’mol miqdori;
S – jamg‘arma miqdori.
Shu sababli daromad tarkibidagi iste’mol sarflari va jamg‘arma nisbatining o‘zgarishi bir qator, ba’zan qarama-qarshi oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Iste’mol va jamg‘arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil milliy daromad hisoblanadi. Lekin milliy daromad tarkibida to‘g‘ri soliqlar ham mavjud bo‘ladi. Shu sababli soliqlar to‘langandan keyin aholi qo‘lida qoladigan daromad iste’mol sarflari va shaxsiy jamg‘arma yig‘indisiga teng bo‘ladi. Iste’mol va shaxsiy jamg‘armaning darajasi bevosita soliqlar to‘langandan keyingi qolgan daromad bilan aniqlanadi. Bu daromadni biz tahlil chog‘ida ixtiyordagi yoki sof daromad deb ataymiz.
Demak bu daromad iste’molning ham, jamg‘armaning ham umumiy omili hisoblanadi. Chunki jamg‘arma daromadning iste’mol qilinmaydigan qismi hisoblansa, soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy jamg‘armani aniqlab beradigan asosiy omil bo‘lib chiqadi. Har yilgi haqiqiy iste’mol miqdori va soliqlar to‘langandan keyingi daromad o‘rtasidagi farq shu yildagi jamg‘arma miqdorini aniqlaydi.
Iste’mol va jamg‘arma hajmiga daromaddan tashqari yana bir qator ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ob’ektiv omillar alohida iste’molchining ixtiyoriga, idrokiga bog‘liq bo‘lmagan omillardan iborat bo‘lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
- barcha xo‘jaliklar tomonidan jamg‘arilgan mol mulk darajasi;
- narxlar darajasi;
- real foiz stavkalari;
- iste’molchining qarzdorligi darajasi;
- iste’molchilarni soliqqa tortish darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |