12-Mavzu: TEZ AYTISHLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Reja:
Tez aytish janrining mavzu doirasi va badiiy talqini.
1.
Tez aytishlarning mazmun va kompozitsiya jihatdan turlari.
2.
Tez aytishlarda qo‘llangan tovushlarning grammatik xususiyatlari.
136
3.
“Tez aytishlar”, “Sanamalar”, “Yashirin til” janrlarining bir-biriga
o’xshash jihatlari.
Darsning_maqsadi.'>Tayanch tushunchalar:
“Tez aytishlar”, “Sanamalar”, “Yashirin til”
janrlarining bir-biriga o’xshash jihatlari.
Darsning maqsadi.
Tez aytish janrining xalq og‘zaki ijodida tutgan o‘rni,
mavzu doirasi, “Sanamalar”, “Yashirin til” janrlarining bir-biriga o’xshash jihatlari
haqida ma’lumot berish.
Darsning
metodik ta’minoti.
Ko‘rgazmali o‘ quv qurollari, fol’klorshunos
olimlarning kichik janrlarga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlari, risola va
monografiyalarini talabalarga namoyish qilish.
Darsning mazmuni
Qadim zamonlardanoq hayot tajribasini yetuk olimlardek tahlil qila olgan
xalqimiz bolalar folklori asarlarini jahon pedagogikasi talablari asosida yaratishga
erishdi. Bu talablarning, eng muhimi, mazkur namunalar tilidagi soddalik,
mazmundagi yorqinlik bilan belgilangan. Shuningdek, bu asarlar, albatta, tarbiyaviy
ahamiyat kasb etgan
Olimlar fikricha,
tez aytishlar
bolalar folkloriga nisbatan keyin qo‘shilgan janr
hisoblanadi. Ular avval
“tutal”, “chalg‘ituv”, “chalish”, “adashish”
atamalari bilan
mashhur bo‘lgan. “Tez aytish” esa keyin qo‘llangan. Vaqt o‘tgani sari bu janr
kattalardan bolalar folkloriga o‘tgan. Qadimgi qoidalarga binoan tez aytishni bir nafas
olish bilan aytish talab qilingan. Qadimgi tez aytishlarda esa talaffuz qilish oson
bo‘lmagan so‘zlar soni ko‘p bo‘lgan. Shuning uchun ularni avvallari kattalar folkloriga
mansub beradilar. Yosh bola ularni bir nafasda ayta olmagan. Hozirgi kunda bunday
namunalar bolalardagi ayrim tovushlarni talaffuz qilish qiyin ekaniga ko‘ra tanlanadi.
Masalan,
“r”, “l”, “s”, “sh”, “ch”
tovushlarini aniq aytish mo‘ljallangan tez
aytishlardan ko‘proq foydalaniladi:
Charxim chakalak,
Tanobi charxim chakalak,
Charximda gunoh yo‘g‘u.
O‘zim hakalak.
“R” tovushi talaffuziga bag‘ishlangan quyidagi tez aytishga e’tibor bering: “Bir
tup tut. Bir tup turp. Bir tup tut, bir tup tutning tagida bir tup turp. Bir tup tut bir tup
turpning tomirini turtib turibdi. Bir tup turp bir tup tutning tomirini turtib turibdi. Bir
tup tutning tomirini turtib turgan bir tup turpning tomirini bir tup tutning tomiri turtib
turibdi.Bir tup turpning tomirini turtib turgan bir tup tutning tomirini bir tup turpning
tomiri turtib turibdi”. Biz yuqorida tez aytish kattalar folkloriga mansub bo‘lgan
deganimizda ana shu matnni nazarda tutgan edik. Bu janr ko‘proq bolalar o‘rtasida
aytiladigan bo‘lganidan so‘ng matn hajmi qisqargan. Xususan, quyidagi ko‘rinishlarga
ega bo‘lgan:
Oq choynakka ko‘k qopqoq,
Ko‘k choynakka oq qopqoq.
137
Qishda kishmish pishmasmish,
Pishsa kishmish, qishmasmish.
Ba’zan tez aytishlarda o‘ziga xos shirin kulgili vaziyatlar ham aks etishi
mumkin: “Namanganda bor ekan bir usta Musa puch pistapurush. O‘sha usta Musa
puch pistapurushning oltmish qop puch pistasi bor ekan. Oltmish qop puch pistasi
bo‘lsa ham o‘sha usta Musa puch pistapurush. Oltmish qop puch pistasi bo‘lmasa ham
o‘sha usta Musa puch pistapurush”. Aytish mumkinki, xalq ijodidagi tez aytish
shoirlarimizga ham ta’sir qildi. Ko‘p shoirlarning tez aytishlari televideniye, radio,
kichik sinflar uchun tuzilgan darslik va qo‘llanmalardan o‘rin olmoqda. Yosh yigit-
qizlar o‘rtasida
Do'stlaringiz bilan baham: |