O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti fakultet: Magistratura bo‘limi Kafedra: Xalqaro turizm va turizm servisi «Himoyaga tavsiya etildi»



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/42
Sana31.03.2022
Hajmi2,2 Mb.
#521401
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
Bog'liq
oilaviy mehmon uylari xizmatlarini takomillashtirish yollari samarqand viloyati misolida.

Mehmonxona

otel
(frans. 
hôtel
) — boshqa joydan mehmon boʻlib kelgan 
kishilar uchun vaqtincha yashab turishga moʻljallab qurilgan maxsus bino. 
Dastlabki mehmonxona koʻrinishidagi binolar Ossuriyada (miloddan avvalgi 
10-asr) boʻlgan. Bu turdagi binolar turli xalqlarning yashash sharoitlari bilan 
bogʻliq ravishda turlicha atalgan. Masalan, Oʻrta Osiyoda karvonsaroy, rabot, 
"zoviya", arablarda "xon", Rossiyada "Gostiniy dvor", "korchma", Fransiya va 
Ispaniyada "taverna", "harchevna", inglizlarda "inna", yaponlarda "ryokan" kabi. 
18-asrdan boshlab Fransiyada "otel" nomi bilan yuritila boshladi va keyinchalik bu 
nom boshqa mamlakatlarga ham tarqaldi. Otel tipidagi mehmonxonalar ilk bor 
Rossiya Imperiyasi (Moskva)da 1879 yil qurilgan (masalan, "Grand-Otel" 
mehmonxonasi, u 1959 yil "Moskva" mehmonxonasi bilan birlashtirilgan). Oʻrta 
5
 
https://lex.uz/docs/-4143188
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 
FARMONI 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TURIZMNI JADAL RIVOJLANTIRISHGA OID 
QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA 


Osiyoda dastlabki mehmonxona Toshkentda 1905 yil qurilgan ("Natsional", 
keyinchalik "Sharq" deb nomlangan). Aholining madaniy va maishiy sharoiti 
oʻsishi, savdo-sotiqning rivojlanishi, sayyoh va ishbilarmonlarning oʻzaro 
uchrashuvlari turli turdagi mehmonxonalar qurilishini tezlashtirdi, shuningdek, 
poytaxt shaharlarida, dam olish maskanlarida, tarixiy yodgorliklar yaqinida ham 
koʻplab mehmonxonalar qad koʻtardi. Oʻzbekistonda zamonaviy milliy meʼmorlik 
anʼanalari, mahalliy iqlim sharoitlarini hisobga olib "Le Meridian Toshkent", 
"Oʻzbekiston", "Turon", "Afrosiyob", "Chorsu", "Buxoro", "Interkontinental", 
"Sheraton", "Dedeman silk road", "Grand mir" (olding Rossiya mehmonxonasi) va 
boshqa mehmonxonalar bunyod etildi.
Joylashtirish - turizm industriyasining eng 
muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Joylashtirish (tunash) bo‘lmasa turizm ham 
bulmaydi. Bu turistlarni qabul qilib olish va o‘z turistlik resurslarini ishlatishdan 
qat’iy nazar va katta daromad olishga tashna bo‘lgan har qanday turistlik region va 
markaz iqtisodiyotining talabidir. Mehmonxona industriyasi mexmondo‘stlik 
tizimi-ning mohiyatidir. U insoniyat tarixidagi har qanday ijtimoiy formatsiyaga 
xos bo‘lgan mexmonni hurmat qilish, uni qabul qilib olish va xizmat ko‘rsatish 
tantanalari kabi eng qadimgi an’analaridan kelib chiqadi. Shuni ta’kidlash kerakki, 
mutlaqo tranzit turistlar va ekskursion xizmat ko‘rsatish hisobiga yashaydigan 
turistlik markaz va joylar mavjud. Lekin bu holda yaxshi foyda olish uchun 
turistlik mahsulot tovarni tashkil qiluvchi xususiyatga ega bo‘lish kerak. 
Mehmondo‘stlikning (mehmon qabul qilish) industriyasi - bu mintaqa yoki 
turistlik markaz xo‘jaligining eng kuchli tizmidir va turizm iqtisodiyoti-ning 
muhim tarkibiy qismidir.Mehmon qabul qilish industriyasini kollektiv va 
individual joylashtirishning turli xildagi otellar, mehmonxonalar, motellar, 
yoshlarning xostel va yotoqxonalari, appartamentlar, turistlik xutorlar, shuningdek, 
turistlarni joylashtirishda ishtirok etvchi xususiy sektor vositalarini tashkil etadi




Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish