1.1.1-rasm. Joylashtirish vositalari tasnifi
6
Mehmonxonalarni toifalar bo’yicha tasniflash quyidagi talablarga
asoslanadi:
- moddiy-texnik ta’minlanganligi;
- xizmat turlari va sifatli xizmatlar ko’rsatish;
- xizmat ko’rsatish darajasi.
6
http://hozir.org/samarqand-iqtisodiyot-va-servis-instituti.html?page=5
Toifalar «٭» yulduz belgilar orqali tasniflanadi. Xizmatlar darajasi qanchalik
yuqori ekanligini yulduzlar soni ko’pligi bilan aniqlanadi.
Mehmonxonalar 5 ta toifaga bo’linadi.
Oliy darajali mehmonxonalar 5ta «٭٭٭٭٭» yulduz bilan belgilanadi. eng past
darajali mehmonxona 1 ta «٭» yulduz bilan belgilanadi.
Mehmonxonalarda
quyidagi
minimal
darajadagi
standart
talablar
belgilangan:
1. Har qanday darajadagi mehmonxonalar quyidagilarga ega bo’lishi kerak:
qulay yurish yo’llari, yo’laklarga belgilar qo’yilgan bo’lishi, barcha yerlar yetarli
yoritgichlar bilan ta’minlangan bo’lishi, toifasi ko’rsatilgan va memonxona
nomlari mavjud «viveska»larga ega bo’lishi kerak. Mehmonxona binoni bir
qismini egallagan bo’lsa alohida kirish yo’llari bo’lishi shart.
2. Binoning qurilish elementlari va arxitektura-rejalashtirish qarorlari,
hamda foydalanayotgan texnik vositalar qurilish normalariga (me’yor) javob
berishi zarur.
3. Mehmonxonaning ekologik jihatdan joylashuvi yashovchilarga qulay
bo’lishi kerak.
4. Mehmonxona sharoitlari yashov uchun bexatar, mehmonlarni buyumlari
va sog’liklari saqlanishiga javob bera olishi kerak. Binoning avariya chiqish
yo’llari, zinalari va ko’rsatkich belgilar avariya holatida ham oddiy holatda ham
aniq ko’rsatilishi zarur.
5. Mehmonxona yong’inga qarshi himoya vositalari bilan ta’minlangan
bo’lishi kerak.
6. Mehmonxonada sanitar-epidemiologiya nazorati tomonidan o’rnatilgan
sanitar-gigiena me’yori va qonunlariga rioya qilinishi zarur.
7. Mehmonxona issiq va sovuq suvlar zaxirasi bilan ta’minlangan bo’lishi,
quvurlar (kanalizatsiya), isitgichlar, sovutgichlar, havoni yangilovchi jihozlar bilan
ta’minlangan bo’lishi kerak.
Har bir nomerda radio, televizor va telefon aloqalari bilan ta’minlangan
bo’lishi zarur. Tabiiy va sun’iy yoritilish me’yorlariga javob berishi shart.
Nomer fondi bir va ikkitalik o’rinlar bilan ta’minlangan nomerlar 60 foiz bir
«٭» yulduzli mehmonxonalar, 80 foiz ikki «٭٭» yulduzli va 100 foiz uch «٭٭٭»,
to’rt «٭٭٭٭» va besh «٭٭٭٭٭» yulduzli mehmonxonalarga xos. Ko’p xonali
nomerlar (apartament) uch va undan ortiq yulduzli mehmonxonalarda
mujassamlashgandir.
Mehmonxona xonalarining maydoni qo’yidagicha bo’lishi kerak:
- 1 xonali 1 o’rinli 8 kv.m. bir yoki ikki yulduzli, 10 kv.m. ikki yulduzli, 12
kv.m. uch yulduzli, 16 kv.m. to’rt yulduzli, 18 kv.m. besh yulduzli
mehmonxonalar uchun;
- 1 xonali 2 o’rinli nomer 12 kv.m. bir yoki ikki yulduzli, 14 kv.m. uch
yulduzli, 20-25 kv.m. to’rt yulduzli va besh yulduzli mehmonxonalarga xos;
- 4 yulduzli va 5 yulduzli mehmonxonalarda trenajyor zallari, basseynlar,
sauna, do’kon va maishiy sotuv shaxobchalarida ham xizmat ko’rsatiladi;
- 2 va undan ortiq yulduzli mehmonxonalarda ovqatlantirish xizmatlari
ko’rsatiladi, 2 yulduzli mehmonxonalar kafe yoki restoranga ega bo’ladi, 3
yulduzli mehmonxonalar restoran va bar, 4 va 5 yulduzli mehmonxonalarda
restoranning bir necha zallari, alohida xonalari, banket zallari, konferentsiya
zallari, tungi klublarga ega bo’ladi. Mehmonxonalarda taklif qilinayotgan taomlar
variantini tanlash imkoni beriladi (nonushta, 2 martalik, 3 martalik). 4 va 5
yulduzli mehmonxonalarning bar va kafeterida va nomerlarida kecha-kunduz
istagan vaqtda xizmat ko’rsatiladi. Mehmonxona xodimlariga qo’yiladigan
talablarini, ishlash xuquqlarini va majburiyatlarini yaxshi bilishlari, xizmat
darajalari jahon standartiga javob berishi zarur. Rahbarlar va xodimlar kasbiy
tayyorgarlikdan o’tgan bo’lishi shart. Eng asosiy talab – chet tilini bilish. 3dan 5
yulduzgacha bo’lgan mehmonxonalarda xodim biron bir chet tilida bemalol
gaplasha olishi kerak, xizmat davrida 2-3ta chet tiliga tarjima qilishi ham zarur
bo’ladi.
Hozirgi kunda 30 xildan ortiq klassifikatsiya tizimi mavjud. Bulardan keng
tarqalgani quyidagilar:
- Yulduz tizimi (1dan 5gacha) asosidagi frantsuz klassifikatsiyasi;
- Xarf tizimi (A-V-S-D) (asosan Gretsiyada qo’llaniladi);
- Ball tizimdagi (Hindiston);
- Razryad tizimdagi (AQSH);
- Toj tizimdagi (Buyuk Britaniya).
Yulduz tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |