60
O’zbekistonda oilaviy turistlarga turistik xizmatlarni
takomillashtirishda
mavjud huquqiy asoslarni takomillashtirish va amalda qo’llash, kelajakda
oilaviy turizm rivoji uchun muhim dasturi amal bo’ladigan qonun loyihalarini
ishlab chiqish muhim hisoblanadi.
O‘zbekiston sotsial turizm assotsiatsiyasi
mamlakatda oilaviy turizmni
rivojlantirishga hamda bu borada xorijiy turdosh uyushmalar bilan hamkorlik
aloqalarni o‘rnatish yo‘lida xizmat qiladi degan umiddamiz.
Shu o’rinda oilaviy turizmni amalga oshirish yil sayin ommalashib
borayotganligini ta’kidlab o’tishni joiz topdik. Sababi
har qanday inson biror
safarga yoki sayohatga, yoxud dam olishga chiqmoqchi bo’lsa, albatta, oila
davrasida bo’lishni, yangi ta’surotlarni oila bilan bahamjihat baham ko’rishni
maqul deb biladi. Turist oilaviy sayohatni tanlaganidan keyin, eng ko’ngil ochar,
eng mukammal, xavfsiz
turni sotib olishni xohlaydi, uning xohishini
qondiradigan, eng sifatli va hamyonbop turni sotib olish uchun u internet
tarmog’ining qidiruv tizimlaridan foydalanadi.
Shuning uchun mamlakatimizda oilaviy
turizmni amalga oshirishni
xohlovchilar uchun turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi qoshida “Oilaviy
Sayohatlar (Family travels)” deb nomlangan oilalar uchun barcha ma’lumotlarni
to’liq va aniq yoritib beradigan internet portali tuzishni taklif etgan bo’lar edik.
Bu tashkilot o’zining maxsus internet sahifasiga ega bo’lib, oilaviy turizmni
maqsad qilib qo’ygan turistlarimiz uchun barcha yangiliklar,
chegirmalar,
ko’ngil ochish joylari, oilaviy turistlar uchun barcha xizmatlarni taklif eta
oladigan
ovqatlanish korxonalari, joylatirish vositalari va transportlar haqida
ma’lumotlarni yetkazib borar edi.
Keyingi o’rinlarda barcha turistik firmalar va turagentliklar oilaviy
turizmni amalga oshiradigan sayyohlarimiz uchun alohida brashuralar va turistik
xaritalar ishlab chiqarishni amalga oshirishlarini taklif etgan bo’lar edik.
Xulosa
qilib
aytadigan
bo’lsak,
bugun
hayotimizni
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Jamiyatning barcha
sohalari, qo‘yingki, taraqqiyotning zamonaviy bosqichlarida
ushbu tarmoqning
61
roli va ahamiyati tobora ortib borayotgani buning yorqin tasdig‘idir. Binobarin,
mamlakatimizda
Istiqlolning
ilk
yillaridayoq
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini har tomonlama ravnaq toptirish, uning huquqiy-tashkiliy
hamda moddiy-texnik bazasini izchil takomillashtirishga alohida e’tibor qaratib
kelinyapti. Ana shu tarixiy tamoyil asosida ilg‘or
AKT salohiyati, yutuqlari,
innovatsiyalari yurtimiz rivoji, xalqimiz turmush darajasini yanada yuksaltirish,
odamlar dunyoqarashini o‘zgartirish, mamlakatimiz nufuzini jahonga yoyishga
yo‘naltirilayotganini barchamiz his qilmoqdamiz. Xususan,
oilaviy turizm
rivojida axborot-kommunikatsiya vositalarining o’rni benihoyat kattaligini va
bu soha rivojida biz mutaxxassislar oldida qo’yolgan vazifalar benihoyat
mashaqqatli va sharafli ekanligini takidlab o’tmoqchimiz.