KITOB TUMANINING TURIZM IMKONIYATLARI.
Reja:
Kirish.
Asosiy qism.
1. Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyati: yutuqlar va istiqbol.
2. Kitob tumanida turizm.
3. Turizm – iqtisodiy taraqqiyot omili.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
Kirish.
Kitob tumani juda katta turizm imkoniyatiga ega. Tumanda 142 o‘rinli 3 ta mehmonxona, 526 o‘rinli 12 ta oilaviy mehmonxona uylari faoliyat yuritmoqda.
2019 yilda 36,1 ming nafardan ortiq xorijiy sayyohlar tashrif buyurib, 2018 yilga nisbatan 1,7 baravarga oshishga erishilgan. Ichki sayyohlar soni 2019 yilda 450 ming nafarni tashkil qilgan. Joriy yilning 1 dekabr holatida tumanga 606 nafar xorijiy, 55,6 mingdan ortiq mahalliy sayyohlar tashrif buyurgan.
Tuman markazida loyiha qiymati 3 milliard so‘mlik 48 o‘rinli uch yulduzli “Gissar Asia Tour” mehmonxonasi ishga tushirildi. Shuningdek, Kaynar qishlog‘i Taxtaqoracha dovonida barcha qulayliklarga ega 70 o‘rinli “Mingchinor-SHo‘rtan” mehmonxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Tumanda chet ellik sayyohlar tomonidan katta qiziqish bildirilayotgan “Kitob sayyoh” korxonasiga qarashli 24 o‘rinli milliy an’analarimizga xos ko‘rinishdagi chodirli o‘tov mehmonxonasi ham faoliyat ko‘rsatmoqda.
Tumanda ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshiriladi. 6 ta yirik ziyoratgoh (Hazrati Bashir, Sayid Ne’matullo, Xo‘ja Imkanagiy, Oqsuv, Hazrati Sulton va Qabri Oxun ziyoratgohlari) va 305 ta madaniy obida bor. Tashrif buyuradigan sayyohlar uchun ushbu ziyoratgohlarda infratuzilmalar talab darajasiga javob bermaydi. Jumladan: tahoratxona, hojatxona, shuningdek qurbonlik qilish uchun qushxonalar tashkil etilmagan.
Sayyohlar uchun avtoturargohlar va xizmat obyektlari hamda hunarmandchilik rastalari tashkil etish, arzon va qulay barcha sharoitlarga ega mehmonxona, xostel va motellarni qurish orqali sayyohlar oqimini ko‘paytirish va ularga sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni olib borish zarur.
Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun hisob-kitobga ko‘ra tumanda turizmni rivojlantirish, ya’ni, infrastruktura obyektlari uchun (yo‘l, suv, avtoturargoh, bekat, internet) 9 milliard 300 million so‘m mablag‘ hamda turizm obyektlari loyihalari uchun 15 milliard so‘m imtiyozli kredit talab etiladi.
Bu ishlar amalga oshirilishi natijasida 1 nafar sayyohga ko‘rsatilayotgan xizmat 150 ming so‘mdan kamida 400 ming so‘mga oshishi, yillik turizm xizmati hajmi 15 milliard so‘mga va budjetga o‘rtacha 2,5 milliard so‘m qo‘shimcha soliq tushumi tushirishga erishiladi hamda 1000 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |