katta
va
kichik
guruhlarga bo‘linadi. Katta guruhlar uni tashkil etuvchilarning
maqsadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlariga qarab,
uyushgan
va
uyushmagan
turlarga,
kichiklari
esa o‘z navbatida
endi shakllanayotgan diffuz
hamda taraqqiyotning yuksak pog‘onasida ko‘tarila olgan
jamoa
turlariga bo‘linadi.
Guruhlarning sotsial psixologiya uchun ayniqsa muhim hisoblangan turlariga ta’rif
berish va ularning psixologik qonuniyatlarini o‘rganishni maqsad qilib qo‘ygan
holda, bevosita
guruh funksiyalari, parametrlari va strukturasini
o‘rganishga
o‘tamiz.
VII.2. Guruh funksiyalari
Nima sababdan odamlar guruhlarga birlashadilar va ko‘pincha guruhga
a’zoliklarini juda ham qadrlaydilar? Shubhasiz,
guruhlar, umuman, jamiyatning va
uning har bir a’zosining u yoki bu ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydi. Amerikalik
sotsiolog Nil Djozef Smelzer quyidagi guruh funksiyalarini ajratib ko‘rsatadi:
1) ijtimoiylashtiruvchi;
2) instrumental;
3) ekspressiv (ifodali);
4) qo‘llab-quvvatlovchi.
Ijtimoiylashtirish – bu shaxsni muayyan ijtimoiy muhitga jalb qilish va uning
me’yorlari va qadriyatlarini o‘zlashtirish jarayoni. Inson yuqori darajada uyushgan
primatlar singari faqat guruhda o‘zini saqlab qolishi va yosh avlodga ta’lim va tarbiya
berilishini ta’minlaydi. Guruhda, ayniqsa, oilada, shaxs bir qator zarur ijtimoiy
ko‘nikmalarni egallaydi. Bola yashaydigan boshlang‘ich
guruhlar uning kengroq
ijtimoiy aloqalar tizimiga qo‘shilishi uchun asos yaratadilar. Shaxsning biror bir
shaklda ijtimoiylashishi o‘zining butun hayoti davomida amalga oshiriladi. Shunday
qilib, shaxs a’zo bo‘lgan turli xil guruhlar, unga ushbu jamiyatning qadriyatlariga
muvofiq ravishda ma’lum darajada ta’sir qiladi.
Guruhning instrumental funksiyasi odamlarning birgalikdagi faoliyatini amalga
oshirishdir. Ko‘pgina ishlarni yolg‘iz amalga oshirish mumkin emas. Konveyer
jamoasi, qutqaruv guruhi,
futbol jamoasi, xoreografik ansambl – bularning barchasi
105
jamiyatda muhim rol o‘ynaydigan guruhlarga misoldir. Ularni vazifaga yo‘naltirilgan
guruhlar ham deyishadi. Bunday guruhlarda ishtirok etish, qoida tariqasida, odamga
moddiy hayotni ta’minlaydi, unga o‘zini namoyon qilish imkoniyatini beradi.
Guruhning ekspressiv funksiyasi odamlarning ma’qullash, hurmat va
ishonchga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishdir. Ushbu rolni ko‘pincha birlamchi va
norasmiy guruhlar amalga oshiradi. Shaxs a’zo
sifatida, unga psixologik jihatdan
yaqin bo‘lgan odamlar, ya’ni qarindosh va do‘stlar bilan muloqot qilishni yaxshi
ko‘radi.
Guruhning qo‘llab-quvvatlovchi funksiyasi odamlar ular uchun qiyin
vaziyatlarda birlashishga moyil bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Ular yoqimsiz his-
tuyg‘ularni yengillashtirish maqsadida guruhdan psixologik qo‘llab-quvvatlashini
istaydilar. Bunga yaqqol misol sifatida amerikalik psixolog Stenli Shaxterning
tajribasini keltirish mumkin. Birinchidan, universitetlardan birining talabalari bo‘lgan
respondentlarni ikki guruhga bo‘lishadi. Ulardan birinchisining a’zolariga ular elektr
tokining nisbatan kuchli zarbalariga duchor bo‘lishlari haqida xabar berishadi.
Ikkinchi guruh a’zolariga
esa ularga juda yengil, qichishadigandek elektr toki urishi
kutayotganini aytishadi. Bundan tashqari, barcha talabalarga eksperiment qanday
tarzda boshlanishini xohlashlari haqida savol beriladi: yolg‘izmi yoki boshqa
ishtirokchilar bilan birgami? Birinchi guruh respondentlarining tahminan uchdan ikki
qismi boshqalar bilan birga bo‘lishni istashlari aniqlangan. Ikkinchi guruhda,
aksincha, respondentlarning tahminan uchdan ikki qismi eksperimentning
boshlanishini yolg‘iz yoki boshqalar bilan birga boshlanishining farqi yo‘qligini
aytishadi.
Shunday qilib, Shaxter biror kishi tahdid soluvchi omilga duch kelganda
guruh unga psixologik qo‘llab-quvvatlovchi yoki dalda beruvchilik hissini berishi
mumkin, deb xulosaga keladi. Xavf oldida odamlar bir-biriga psixologik jihatdan
yaqinlashishga moyil bo‘ladilar.
Guruhning
qo‘llab-quvvatlovchi
funksiyasi
guruh
psixoterapiyasi
mashg‘ulotlarida yaqqolroq namoyon bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ba’zan
odam psixologik jihatdan guruhning boshqa a’zolariga shu qadar yaqinlashib
qoladiki, uning guruhdan ketishi yoki uni tark etishining (masalan,
davolanishning
106
umumiy yakuniga ko‘ra) boshdan kechirilishi qiyin bo‘lib qoladi. Shuning uchun
guruh psixoterapiyasi kursini tugatish uchun maxsus variant – bu guruh tarkibini
saqlab qolish va patsiyenlarning shifokorlarsiz ham aloqani davom ettirish
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: