O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov


VI.8. Muloqotning perseptiv tomoni



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/178
Sana16.03.2022
Hajmi2,25 Mb.
#499203
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   178
Bog'liq
356e0d2adcb72363eba2e275f90ba2fe SOTSIAL PSIXOLOGIYA

VI.8. Muloqotning perseptiv tomoni
Muloqotning perseptiv tomoni kishining kishi tomonidan idrok qilish
tushunish va unga baho berishdir. Boshqa kishilarni tushunib olish bilan kishi 
suhbatdosh bilan bo‘ladigan faoliyat, aloqa istiqbolini aniqroq belgilab oladi. 
Muloqot ishtirokchilari o‘z ongida bir-birlarining ichki dunyosini qayta 
tiklashga, his-tuyg‘ularini, xulq-atvorining sabablarini fahmlab yetishga harakat 
qiladi. Shaxsga boshqa odamlarning faqat tashqi qiyofasi, ularning fe’l-atvori va 
xatti-harakatlari, ular qo‘llanadigan kommunikativ vositalargina bevosita in’om 
etilgan va ana shu ma’lumotlarga tayangan holda o‘zi bilan muloqotga kirishgan 
odamlarning kimligini tushunib yetish, ularning qobiliyatlari, niyatlari kabilar haqida 
xulosa chiqara olish uchun muayyan ishni bajarishiga to‘g‘ri keladi.
Taniqli psixolog Sergey Leonidovich Rubinshteyn shunday deb yozgan edi: 
«Kundalik hayotda odamlar bilan muloqotga kirishar ekanmiz, biz ularning xulq-
atvoriga qarab mo‘ljal olamiz. Negaki, biz ularning tashqi ma’lumotlari mohiyatini 
go‘yo «o‘qib», ya’ni «mag‘zini chaqib» chiqamiz, shu yo‘sinda matnning ichki 
psixologik jihati mavjud bo‘lgan mazmunini aniqlaymiz». Bunday o‘qish naridan 
94


beri tez yuz beradi, chunki atrofdagilar bilan muloqot jarayonida bizda muayyan 
darajada ularning fe’l-atvoriga nisbatan avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik 
ichki ma’no hosil bo‘ladi.
Muloqotning perseptiv jihati 
– bu kishining kishi tomonidan idrok etilishi, 
tushunilishi va baholanishi demakdir. 
Muloqot jarayonida kamida ikki kishi ishtirok etadi. Kishining qiyofasi, xatti-
harakati asosida suhbatdosh haqida tasavvur hosil qilinadi. Bir-birini idrok qilishda 
quyidagi mexanizmlar g‘oyat muhimdir: 
a) identifikasiya; 
b) refleksiya; 
g) stereotipizasiya 
Identifikasiya
so‘zining ma’nosi lotinchadan olingan bo‘lib, «tenglashtirish», 
«aynan o‘xshatish», bir kishining ikkinchi kishini uning ta’rifini sub’yektning o‘z 
ta’rifiga anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda o‘xshatilishi orqali tushunish usulidir. 
Odamlar o‘zaro birgalikda harakat qilish vaziyatlarida boshqa kishini o‘zining 
o‘rniga qo‘yib ko‘rishga uringan holda uning ichki holati, niyatlari, o‘y-fikrlari, 
mayllari va his-tuyg‘ulari haqida tahmin qiladilar.
Refleksiya
– (lotincha aks ettirish) – o‘z fikr va kechinmalarini tahlil qilib 
mulohaza yuritish, ya’ni muloqotga kirishuvchining suhbatdosh uni qanday idrok 
etayotganligini anglash. Muloqot jarayonida suhbatdoshning pozitsiyasidan, 
holatidan turib, o‘zini tasavvur qilish, ya’ni 
refleksiya, boshqa odamning idrokiga 
taalluqli bo‘lib o‘ziga birovning ko‘zi bilan qarashga intilishdir. 
Chunki, busiz odam 
muloqot jarayonida o‘zini aniq bilmasligi, noto‘g‘ri muloqot formalarini tanlashi 
mumkin. 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish