O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarishni tashkil



Download 34,22 Kb.
bet6/8
Sana28.02.2022
Hajmi34,22 Kb.
#473895
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5298944673425918383

Fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarishni tashkil
etish va rejalashtirish bo’yicha
KO’RSATMA.

Agrobiznesni tashkil etish va rejalashtirish qishloq xo’jalik korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirish, tadbirkorlik (biznes, ishbilarmonlik, ijodkorlik) xamda boshqarish (menejment, menedjerlik) bo’yicha quyidagilarni o’rganishlari va yozma ravishdagi hujjatlarga ega bo`lishlari shartdir:


a) Iqtisodiy isloxotlar jarayoni qishloq xo’jaligida qanday darajada ketayotganligining umumiy tahili:
- seleksiya markazlari, nav sinash uchastkalari, urug’chilik xo’jaliklarida ixtisoslashish darajasi (g’o’za, donli ekinlar, meva, rezavor meva, poliz, sabzavot ekinlari, yem – hashak o’tlar va x.k);
- korxonalarning joylashgan o’rni, chegarasi, ekin maydonlari tuzilmasi, iqlim sharoitlari, shu sohani rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy asoslari;
- mulk shakllari (davlat, shaxsiy, xususiy, xissadorlik, jamoa, shirkat, dehkon, fermer, konsern va boshqalar ) va ularning tuzilmalari (paxtachilik, gallachilik, dukkakli don ekinlari, yem – xashak o’tlar seleksiyasi va urug’chiligi va boshqalar);
- ixtisoslashganligi, yalpi va tovar mahsulot mikdori, summasi, tovar mahsulot turlari, navlari, sifatlari, shartnomalar mavjudligi xamda bajarilish darajalari, shartnoma tuzishdan tushgan pul mablagi mikdori va ishlatilish tomonlari;
- tarmoqning tashqiliy ishlab chiqarish tarkibi (ishlab chiqarish bulinmalarining soni va x.k.);
- maxsulotlarni tayyorlash xolati, kayta ishlash, urta va kichiq biznesni rivojlantirishga karatilgan yo’nalishlar, qo`shma korxonalarning mavjudligi savdo tarmoqlarining, sohaga xizmat kiluvchi sohalarning (infratuzlmalar) mavjudligi va iqtisodiy natijalar mikdor, sifat, tannarx, rentabellik;
- joriy yildagi tarmoq ishchi kuchlarining (mehnat resurslari) mikdori, ularni berkitilishi (bir ishchiga to’g’ri keladigan ekin, mahsulot yalpi daromad mikdori) va iqtisodiy ko’rsatkichlari;
b) Xo’jalikda, tarmoqlarda mehnatni tashkil etish shakllari (jamoa, ijara, dehqon fermer va boshqalar);
v) Ishlab chiqarishni rejalashtirish, biznes – reja:
- yangi navlar, duragaylar yaratish va urug’chiligini tashkil etish maxsulotlarni shartnomalar asosida ishlab chiqarish va sotish;
- introduksion navlarni urug’chiligini tashkil etish, saqlash ko’paytirish xo’jaliklararo ishlab chiqarish va sotish;
- mehnat jarayonlarini davrlarga bo’lib, ya’ni tezkorlik rejalari tuzilganligi va amalga oshirilishlari;
- tarmoqda mahsulot turlari yetishtirish bo’yicha texnologik kartalar tuzish tartibi, qismlari va xarajatlarini hisoblash uslubi (bir nusxasi hisobotga kushib keltiriladi);
- ichki xo’jalik hisobi topshiriklarni, biznes reja topshiriklarini bajarilishi va yakuniy natijalari;
- rahbar – mutaxasis (menedjerlar)ning shaxsiy ijodkorlik rejalarini tuzilganligi, bajarilishi va tuzish uslublari;
g) Tarmoqda mehnatni me’yorlash (normalash) uslubi. Mavjud normalarni bajarilishini tashkil etish, sotish va baholash, maxsulot etishtirishni ko’paytirish, saqlash, q-x ekinlari urug’chiligini tashkil etish, sotish va iste’molchilarga buyurtma asosida yetkazib preyskurant baho me’yorlari (normalari);
- qo’l va ot kuchida bajariladigan ishlarga asosiy va qo`shimcha ish xaqi to’lash uslubi;
- rahbar va mutaxasislarga (menedjerlarga) asosiy va kushimcha ish xaki to’lash uslubi;
- mexanizatorlarga asosiy va qo’shimcha ish haki to’lash uslubi;
- tarmoqda mehnat qiluvchi (ilmiy xodim, laborantlar va x.k) berilganlik miqdor va foiz hisobida);
- ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish uchun tashkil qilingan buyurtma stollarining mavjudligi va undagi mehnat jarayonlarining taksimlanishi. Oylik, yillik mehnat maoshlari;
d) Xo’jalik va tarmoqning joriy yildagi barcha jarayonlar bo’yicha aloxida yil yakuni bo’yicha iqtisodiy natijalari.
- ekin turlari, navlari, reproduksiyalari, mahsulotlar bo’yicha tannarx, sotish baho si, daromad va rentabellik darajasi;
- infratuzilma sohasidan olingan iqtisodiy samara ko’rsatkichlari (oylar va yillar bo’yicha);
e) G’o’za, donli ekinlar, kartoshkachilik, sabzavot, poliz, meva
ekinlari tarmoqlarining asosiy ko’rsatkichlari bo’yicha 3 –5 yillik tahlil natijalari;
- xo`jalikda yerdan foydalanish taxlili;
- ekinturi, navi reproduksiyasi maydoni;
- hosildorlik va yalpi mahsulot taxlili;
- shartnoma buyurtmalarini bajarilish taxlili;
- texnikadan foydalanish taxlili;
- pul tushumi va sarflanish taxlili;
- mehnat unumdorligini taxlili;
- ishlab chiqarish samaradorligini taxlili;
- infratuzilma sohani taxlili.
2. Xo’jalikda – tarmoq tadbirkorlik (biznesni, ishbilarmonlikni, ijodkorlikni) infrastruktura sohasini tashkil eitsh;
- tadbirkorlik xillari, ular mulkining tuzilishi,
- infratuzilmaning xozirgi ahvoli va ixtisoslanishi;
- ishlab chiqarish fondalarini (asosiy va aylanma) mikdori;
- ishchi kuchlari;
- ishlab chiqarish faoliyati (mahsulot ishlab chiqarish mikdori, xillari, realizasiya manbalari, moliyaviy natijalari, pul tushumi, harajatlar, sof daromad, rentabellik darajasi);
- infratuzilma sohasida iqtisodiy natijalar va ularni oshirish imkoniyatlari – manbalari. Xo’jalikni infratuzilma sohasini boshqarish tizimi;
- boshqarishni tashkil etish (boshqaruv xodimlari, ularni mikdori, ma’lumoti, malakasi, ish staji v.x.k.);
- boshqaruv uslubi va uning tuzilmasi;
- xo’jalikni boshqarishda umumiy yig’ilish va taftish komissiyalarining funksiyasi;
- boshqarishda ishlab chiqarish yig’ilishlarining o’rni va uni o’tkazish uslubi;
- boshqarishda dispecher xizmati va avtomatlashtirish o’rni;
- rahbar va mutaxassislarning kundalik ish yuritish tartiblari (vaqtidan unumli foydalanish ko`rsatkchlari xronometraji);
- boshqarish xodimlarining (menedjerlarining) rahbarlik faoliyatini samaradorligi.
Amaliyot davrida hayot faoliyati xavfsizligi bo’yicha ko’rsatma

Xo’jalikda mehnatni muhofaza qilish yong’inni olidini olish xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasining xolatini o’rganish. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining tarkibi, o’qitish va ko’rsatma berishni o’tkazish, mehnatni muhofaza qilish bo’yicha asosiy hujjatlarni tuzish va yuritish,


Ishlab chiqarish travmatizimini taxlil qilish. Ishlab chiqarish travmatizmi bo’yicha xo’jalik hisoboti, mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablag va vositalarni taxlil qilish (F.7 TVF «Mehnatni muhofaza qilish haqida kelishuv»).
Korxona xo’jalik ishchilarini mehnat qilish sharoiti. Mehnat kunining rejimi, pestisidlar, mineral ugitlar va boshqa kimyoviy materiallarni saqlashni qoida va normalariga rioya qilish.
Ishchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanganligi. Asosiy qishloq xo’jalik ishlarini boshqarishda xavfsizlik qoidalariga va normalariga amal qilish. Xo’jalikni o’t o’chirishda birlamchi qo’llaniladigan zarur vositalar bilan ta’minlanganligi. Yong’in xavfsizligi normalariga rioya qilish.
Bitiruv oldi amaliyoti vaktida amaliyotchi – talaba quyidagilarni bajarishi shart:
- xo’jalikning ta’rifi va uning mehnat an’analiri bilan yakindan tanishish;
- xo’jalikdagi ko’rgazmali tashviqot va devoriy matbuotning xolati bilan tanishish (shiorlar, fotovitrinalar, klub kurgazmalari, devoriy gazeta, satira oynasi, xurmat taxtasi), sport ommaviy ishlarining xolati;
- tarbiyaviy va ma’rifiy ma’naviy ishlar xolatini taxlil qilish;
- maxalliy materiallarga asoslanib davriy ravishda suxbatlar o’tkazish, bir necha ma’ruzalar o’qish;
- baxslar, savol – javob kechalari, ekskursiya va boshqa ommaviy ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilish va ularda qatnashish;
- ijtimoiy ma’rifiy amaliyotni bajarish, ishlab chiqarish amaliyoti hisobotida aloxida bo’lim yoki xamma dastur talablarini bajarishdagi shaxsiy ishtiroki hisobotda batafsil yoritiladi.


Hisobotni tayyorlash bo`yicha ko`rsatmalar.

Hisobotning kirish qismida qishloq xo’jaligini rivojlantirishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar mahkamasining qarorlari, Respublikamizda qishlog xo`jaligi soxasida erishilgan yutuqlar haqida va amaliyotni hozirgi agrar siyosat asosida izohlash lozim.


Hisobotning II qismida xo’jalikning tabiiy iqlim va iqtisodiy ta’rifi, xo’jalikning joylashuvi; mazkur yilning iqlim va ob –sharoiti va xavo sharoiti; tuproqlari, ekin maydonlari va ulardan foydalanish; xo’jalik faoliyatining yo’nalish, ixtisoslash va keyingi 2 –3 yildagi iqtisodiy ko’rsatkichlari, ishlab chiqarish xajmi va rejalarini bajarilishi, tannarx va uni kamaytirish yo’llari haqida ma`lumotlar keltirish.
III qismda xo’jalikda yetishtiriladigan asosiy ekinlar (g’o’za, g’alla, makkajo’xori, sabzavot, poliz, mevali ekinlarlar) agrotexnikasi. Navlarining ta’riflari va urug’chilik tizimi (rejada va haqiqatda) haqida ma`lumotlar.
IV - qismda (hisobotdan kelib chiqib) xulosa va takliflar keltirish.
Shu bilan birga foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati keltirilishi lozim va albatta amaliyot joyidan talabaga berilgan tavsifnoma, bitiruv ishi rahbarining taqrizi, kundalik ilova qilinishi shart.
Kundalik daftar xar o`n kunlikda amaliyot rahbari va xo’jalikning bosh agronomi tomonidan tasdiqlanib boriladi.


  1. Download 34,22 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish