5. BITIRUV OLDI AMALIYOTI
Biotexnologiya, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash fakulteti IV bosqich qishloq xo’jalik ekinlari seleksiyasi va urug’chiligi ta`lim yo`nalishi talabalariga bitiruv oldi amaliyotini fanlar bo’yicha rejalashtirilgan soatlarni taqsimoti.
№
|
Fanlar
|
Mas’ul kafedralar
|
Davomiyligi
|
2.
|
Dala ekinlari seleksiyasi va urug’chiligi
|
Qishloq xo`jalik ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug’chiligi kafedrasi.
|
1,5 hafta
54 soat
|
3
|
Donli, don dukkakli ekinlar seleksiyasi va urug’chiligi
|
Qishloq xo`jalik ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug’chiligi kafedrasi.
|
1,5 hafta
54 soat
|
4
|
Meva, sabzavot va poliz ekinlari seleksiyasi va urug’chiligi.
|
Qishloq xo`jalik ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug’chiligi kafedrasi.
|
1,5 hafta
54 soat
|
Jami
|
162 soat
|
IV bosqich talabalarining bitiruv oldi ishlab chiqarish amaliyotiga Q-x ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug’chiligi kafedrasi rahbarlik qiladi.
Amaliyot bo’yicha to’liq hisobot yozadilar va hisobot kafedrada ximoya qilinadi va baholanadi.
5.1.Donli, don- dukkakli ekinlar seleksiyasi va urug’chiligi; amaliyot davrida talabalar boshlang’ich man’ba, donli va don – dukkakli ekinlarning genofondi va uni qo’llash usullarini; seleksiya uchun boshlang’ich man’bani yaratish usullarini (duragaylash, sun’iy mutagenez, poliploidlarni sun’iy yaratish va hokazo); tanlash usullari va xillari hamda ularni amalga oshirish tartibini; superelita, elita va navdor urug’lar yetishtirish usullarini; navlarni yomonlashish sabablari (biologik va mexanik ifloslanish) va nav tozaligini saqlash yo’llarini; chatishtirish o’tkazish tartibi; seleksiya jarayonining sxemasini tuzish; elita va yuqori reproduksiya urug’larini yetishtirish sxemasini ishlab chiqish; don ekinlarida aprobasiya o’tkazish tartibini, urug’larni ekish sifatlari va meyorini aniqlash to’g’risida tasavvurga ega bo’lishlari kerak.
5.2. Meva, sabzavot va poliz ekinlari seleksiyasi va urug’chiligi fanidan amaliyot o’tish dasturi: amaliyot davrida talabalar meva-sabzavot va poliz ekinlari seleksiyasi va urug’chiligining mohiyati, meva-sabzavot va poliz ekinlari turlari va navlari to’g’risida; chatishtirish uchun ota – ona juftlarini tanlash va gullarni kastrasiya qilish; oddiy, pog’onali, ikki marotaba, teskari; duragaylash va uning moxiyati; mutagenez, poliploidiya, geterozis va populyasiyalar; urug’chilik va urug’shunoslik, seleksiya jarayonini tashkil etishni; otalik va onalik o’simliklarini tanlash va gullarni kastrasiya qilishni; urug’li o’simliklarni parvarishlashni; duragay urug’ ko’chatlarni vegetativ belgilari bo’yicha tanlashni; duragaylar va urug’li o’simliklarda aprobasiyani; seleksiya va urug’likda xisoblash va xujjatlashtirish to’g’risida tasavvurga ega bo’lishlari kerak
5.3. Dala ekinlar seleksiyasi va urug’chiligi; amaliyot davrida talabalar boshlang’ich man’ba, dala ekinlarning genofondi va uni qo’llash usullarini; seleksiya uchun boshlang’ich man’bani yaratish usullarini (duragaylash, sun’iy mutagenez, poliploidlarni sun’iy yaratish va hokazo); tanlash usullari va xillari hamda ularni amalga oshirish tartibini; superelita, elita va navdor urug’lar yetishtirish usullarini; navlarni yomonlashish sabablari (biologik va mexanik ifloslanish) va nav tozaligini saqlash yo’llarini; chatishtirish o’tkazish tartibi; seleksiya jarayonining sxemasini tuzish; elita va yuqori reproduksiya urug’larini yetishtirish sxemasini ishlab chiqish; don ekinlarida aprobasiya o’tkazish tartibini, urug’larni ekish sifatlari va meyorini aniqlash to’g’risida tasavvurga ega bo’lishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |