2. AMALIYOTNI TASHKIL ETISH VA UNGA
RAHBARLIK QILISH.
Malakaviy va bitiruv oldi amaliyoti oldidan berkitilgan ixtisoslashgan ilg`or xo’jaliklarda shartnoma asosida seleksiya, urug’chilik yo’nalishi tayyorlashga muvofik keladigan xo’jalik, nav sinash uchastkalari, ilmiy tadqiqot instituti, uning filiallari, tayanch punktlarida tashkil qilinadi.
Bunda quyidagilarni e’tiborga olish zarur:
2.1. Talabalar amaliyoti oliy ta’lim muassasasining davlat va aksiyadorlik korxonalari, tashkilotlari, elita, urug’chilik bo`yicha fermer xo’jaliklari, firma, ko’shma korxonalarda davlat urug’chilik inspeksiyalari, ilmiy tadqiqot institutlari, ularning filiallari va tayanch punktlari bilan tuzilgan shartnomalari asosida tashkil qilinadi.
2.2. Yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnoma asosida taxsil olayotgan talabalar amaliyot o’tish uchun tegishli obyektlarga yuboriladi.
2.3. Amaliyot rahbari tajribali professor, o’qituvchilardan tayinlanadi. Amaliyot rahbarlari talabalarni amaliyot dasturlari bilan ta’minlaydi.
2.4. Malakaviy va bitiruv oldi amaliyotiga talabalar xo’jalik sharoiti va kafedra tavsiyasiga binoan 2-3 ta yoki bir tumanga xo’jalik ixtisosiga karab 1-2 tadan yuborilishi mumkin.
Ammo xar ikkala xolda xam xo’jalikning ixtisoslashishi ta’lim yo’nalishi mutaxassisligiga to’g’ri kelish zarur.
Talaba amaliyotga institut rektorining buyrug’i va tegishli hujjatlar asosida yuboriladi va u yetib kelgach bu hakda xo’jalik rahbariga xabar qiladi. Shu paytdan boshlab talaba xo’jalik tartib qoidalariga ma’lum darajada bo’ysunadi va o’z mas’uliyati yoki vazifasidan so’roqsiz ketishga ruxsat berilmaydi.
Talaba xo’jalikning rahbari va mutaxassislari rahbarligida tasdiqlangan dastur, reja va hujjatlar asosida ish ko’radi. Shu maqsadda u kundalik yuritib ishlarni rejalashtiradi va undan xar bir ishni o’z vaqtida bajarish talab etiladi.
Xususan, dasturda keltirilgan barcha bo’limlar, jadvallar va ilovalar berilgan ma’lumotlar asosida ma’lumotlar to’plashga kirishadi.
Agarda talaba biror kafedra qoshida bitiruv ishi bajarishi lozim bo’lsa, u xolda bu boradagi tegishli ko’rsatkichlarni xam olishi lozim.
Amaliyot davomida talaba xar bir ekin bo’yicha seleksion ishlar, navlarning urug’chilik tizimi, xo’jalikning ijtiomiy- iqtisodiy faoliyati tomonlarini puxta va aniq o’rganishi zarur.
2.5. Institut tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari:
- talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlik tashkil etish uchun obyektlarga amaliyot boshlanishidan oldin boradi;
- talabalarning amaliyot o’tkazish tartibi, texnika xavfsizligi va boshqa sharoitlarni o’tkazishni ta’minlaydi;
- talabalarning kafedra topshiriklarida ko’zda tutilgan BMI bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi;
- talabalarning ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qiladi;
- talabalarning amaliyot bo’yicha hisobotini ko’rib chiqadi; ularning ishi haqida tavsiyanoma beradi.Talabalar amaliyot o’tganligini, ularning amaliy tayyorligidagi kamchiliklar ko’rsatilgan amaliyotni takomillashtirish haqida takliflar ko’rsatilgan yozma hisobotni kafedra mudiriga taqdim etadi;
- talabalarning malakaviy va bitiruv oldi amaliyotiga rektor tomonidan tayinlangan professor – o’qituvchilar rahbarlik qiladi va amaliyotning to’g’ri va sifatli olib borilishini ta’minlaydi. Bunda tegishli hujjatlar ko’rilib, imzo chekiladi, uchrashuv, amaliy seminarlar o’tkaziladi.
2.6. Amaliyot obyektlari:
- talabalar amaliyoti amaliyot dasturiga muvofiq tashkil qilinadi va o’tkaziladi;
- talabalarga mavjud adabiyotlar, texnik va boshqa hujjatlardan foydalanish imkoniyatini beradi;
- kurs ishi va malakaviy bitiruv ishlari uchun mavzular tanlashda yordam beradi;
- xayot faoliyati xavfsizligi bo’yicha majburiy ko’rsatmalar beradi;
zarur bo’lgan xollarda, ichki mehnat intizomini buzgan amaliyotchi talabalarga amaliyot obyekti rahbarining buyrug’i bilan jazo choralari ko’radi va bu haqda oliy ta’lim muassasasi rektoriga xabar qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |