germafroditizm deyiladi. Lekin bunda ikkala jins uchun ham xos bo’lgan belgilar bir xilda
uchramaydi va odatda, biror jinsga xos belgilar boshqasidan biroz bo’lsa ham ustun turadu.
Agar jinsiy bezlar tug’ilishidan rivojlanmay qolsa yoki o’z faoliyatini yo’qosa, bunga
evmixoidizm deyiladi. Hayvon jinsiy tizimi rivojlanmay qolsa, katta bo’lganida yosh hayvonlar
uchun xos belgilarni saqlab qolishi mumkin, bunga infontilizm deyiladi.
Plasenta juda mihim ichki sekretor organ bo’lib hisoblanadi. Plasentada bo’g’ozlikning
mutadil kechishi uchun zarur gormonlar, jumladan, progesteron gormoni hosil bo’lib turadi.
Plasentaning xorionida esa gonadotropin gormoni ishlanib chiqiladi. Plasentada shuningdek,
estrogenlar, androgenlar, glyukokortikoidlar, oksitosin, melanofor va o’zining fiziologok ta’siri
jihatidan somatotrop, tireotrop, andrenokortikotrop gormonlariga o’xshab ketadigan gormonlar
sintezlanishi keyingi paytlarda aniqlandi. Relaksin tug’ish aktida, bachadon muskulining
qisqarishida katta ahamiyatga egadir
Bu bez bosh miyada to’rt do’mboqchasining yuqori domboqchalari orasida joylashgan
bo’lib, oyoqchasi bilan uchinchi miya norvonchasining dorsal qismiga tutashgandir. Barcha
umurqali hayvonlarda mavjud bo’lsa-da, baliqlar, amfibiyalar va reptiliyalarda kamroq, sut
emizuvchilarda esa yaxshiroq rivojlangan. Bu bezning organizm uchun ahamiyati yaqin
vaqtgacha ham noma’lum edi. Hozir bu bezdan uch xil gormon: serotonin, melatonin va
adrenoglomerulotropin ishlanib chiqishi isbotlagan.
Serotonin yoki S - oksitriptamin epifizdan tashqari bosh miya, ichaklarning devorida va
taloqda sintezlanadi. Ammo u bu organlardan ko’ra epifizda ko’proq ishlanadi. Organizmda
serotonin triptofan aminokislotasidan hosil bo’ladi. Serotonin arteriolalarni toraytirib, qon
bosimini oshiradi. Qon tomirlarining o’zi torayib, qon bosimi oshgan bo’lsa, serotonin ichak
63
peristaltikasini, gipofizning keyingi qismidan qonga vazopressin chiqarilishini tezlashtiradi,
antidiuretik xususiyati ham bor. Bir neyrondan ikkinchi neyronga impuslarni o’tkazish -
mediator vazifasini ham o’taydi. Melatonin maxsus ferment ishtirokida serotonindan hosil
bo’ladi. Melatonin - melanoforlarga, ya’ni ba’zi hayvonlarning terisida bo’ladigan maxsus
pigment hujayralariga faol ta’sir etadi. U o’zining ta’siri bilan intermedinga qarama-qarshi
bo’lgani uchun terini oqartiradi. Adrenoglomerulotropin - kimyoviy tuzilish jihatidan
melatoninga yaqin turadi. Bu gormon buyrak usti bezi po’stloq qavatining koptokchali zonasiga
ta’sir etib, aldosteron sekresiyasini kuchaytiradi.
Bu bezning mag’iz va po’stloq qavatlari bor. Po’stloq qavati retikulyar hujayralardan
tashkil topgan bo’lsa, mag’iz qavati limfoid to’qimadan tashkil topgandir. Ayrisimon bez yosh
bola va hayvonlarda kattaroq bo’ladi, organizmlar jinsiy etilishi bilan bu bez rivojlanishdan
to’xtaydi, atrofiyaga uchrab kichrayadi. Bu bezning ajratadigan moddasi hayvonning o’sishida,
organizmda mineral moddalar almashinuvida katta ahamiyatga ega bo’lsa kerak. Keyingi
paytlarda bu bez, ayniqsa, spesifik immunitet hosil bo’lishida, ba’zi allergik reaksiyalarning
yuzaga chiqishida katta ahamiyatga ega deb xisoblanmoqda. Gap shundaki, allergik reaksiyada,
ya’ni oqsil va oqsilmas tabiatli yot moddalarga (allergenlarga) organizm sezuvchaligini
kuchayishida ikki xil limfositlarning roli aniqlandi. Bu limfositlardan bir xilining ("B"
limfositlarning) tovuqlar fabrisiy xalqasidagi limfoid to’qimada, shuningdek, odamlarning
bachadon bezlarida, ichaklardagi limfoid to’qimalarda hosil bo’lishi aniqlandi. Ikkinchi xil
limfositlar Timusda hosil bo’ladi. Bu limfositlar "T" limfositlar deb yuritiladi ("T"-timus
so’zidan kelib chiqib, "T" limfositlar uch xil farqlanadi. "T
K
" killerlar fagositoz vazifani bajaradi.
"T
X
"- xilperlar-killerlarga yordam beruvchilar va "T
S
" - supressorlar - killerlarga qarshi
ko’rashuvchlar). "B" - limfositlar alergen bilan uchrashganida o’zidan antitanalar ajratadi va o’ta
tez avj oladigan allergik reaksiyalarning yuzaga chiqishida hal qiluvchi omil bo’lib xizmat qiladi.
"T" - limfositlar esa alergen bilan uchrashganida o’zidan antitana ajratmasdan, tegishli
suyuqliklarni - omillarni ajratadi va bu omillar sekin avj oladigan allergik reaksiyalarning
ro’yobga chiqishini ta’minlaydi.
GEP - tizimining inkretor funksiyasi. GEP - tizim deb gastro-entero-pankreotik tizimiga
yoki ovqat hazm qilish tizimi organlariga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |