kelib chiqishi jihatidan epiteliy hujayralariga yaqin turadi. Ular uchta zonani tashkil qiladi.
Koptokchali tashqi zona, tutamli orqa zona va to’rli ichki zona. Buyrak usti bezining
56
po’slog’idan 46 tadan ortiqroq gormonlar - kortiko steroidlar ajratib olingan, biroq ularning 8
tasigina faoldir. Buyrak usti bezlari po’stloq qavati steroidlari besh guruhga bo’linadi:
1. Glyukokortikoidlar; 2. Mineralokortikoidlar; 3. Indrogenlar; 4. Istrogenlar; 5.
Gestogenlar.
Bularning ichida glyukortikoidlar va mineralokortikoidlar katta ahamiyatga egadir.
Mineralokortikoidlar organizmda mineral moddalar almashinuvini, avvalo qondagi natriy va
kaliyning miqdorini rostlab turadi. Mineralokortikoidlarga dezoksikortikosteron va aldesteron
kiradi, aldesteron faolroq va asosiy mineralokortikoid gormon bo’lib hisoblanadi.
Mineralokortikoidlar koptokchali zonada ishlanib chiqadi. Ular buyrak kanalchalarida natriy va
xlor reabsorbsiyasini kuchaytirib, kaliy reabsorbsiyasini susaytiradi. Oqibatda, qon, limfa va
to’qima oraliq suyuqliklarida osh tuzining miqdori ko’payib, kaliy kamayadi. Shu sababli
osmotik bosim oshib, organizmda tegishlicha tuz ushlanib turadi, qon bosimi va boshqa xavfli
muhim ko’rsatkichlar normal darajada saqlanadi. Mineralokortikoidlarning etishmasligi
organizmdan ko’p miqdorda natriy chiqib ketishiga, natijada bir qator xavfli muhim
ko’rsatkichlarning o’zgarib qolishiga sababchi bo’ladi. Shuning uchun ham buyrak usti,
bezlarning po’stloq qavati olib tashlangan hayvon bir necha kundan keyin o’lib qoladi. Bunday
hayvon organizmiga ko’p miqdorda natriy yoki mineralokortikoidlar yuborib turish yo’li bilan
hayotini saqlab turish mumkin.
Glyukortikoidlarga kortizon, girokortizon va kortiko-steronlar kiradi. Qo’y va echkilar
buyrak usti bezining po’stloq qavatida kortikosteron, yirik shoxli mollarda, cho’chqalarda, it va
mushuklarda esa bularning har ikkalasi sezilarli miqdorda hosil bo’ladi.
Glyukortikoidlar tutamli zonada ishlanib chiqadi va oqsillarning uglevodlarga aylanishini
tezlashtiradi. Bu vaqtda oqsillarning parchalanishi tezlashib, jigarda oksidlanish va
dezaminlanish reaksiyalari kuchayadi. Oqibatda qonda qand, jigar va muskullarda glikogen
miqdori ko’payadi. Bu gormonlar uglevodlarni yog’ga aylanishiga ham to’sqinlik qiladi. Ular
ko’p miqdorda organizmga yuborilganda muskul va biriktiruvchi to’qima oqsillari kamayib
ketadi. Erkaklik jinsiy gormonlari - androgenlar, urg’ochilik jinsiy gormonlari - istrogenlar va
gestrogenlar, jumladan, progesteron to’rli zonada hosil bo’ladi. Steroid gormonlarning
organizmda
almashinuvi
natijasida
yuzaga
kelib,
qonda
mavjud
boladigan
17
kortikosteroidlarning miqdorini aniqlash yo’li bilan buyrak usti bezlari po’stloq qavatining
funksional faolligi tog’risida fikr yuritiladi. Chunki qondagi eozinofillar va limfositlar miqdori
ham bir nav ko’rsatkich bo’lib, xizmat qilishi mumkin, chunki glyukokortikoidlar bu hujayralar
hosil bo’lishini tormozlaydi. Buyrak usti bezlarining po’stloq qavatining gormonlari turli
kasalliklarga, har xil turdagi noqo’lay sharoitlarga (sovuq, issiq haroratga, gipoksiya va
hokazolarga) organizm chidamini oshirishda katta rol o’ynaydi. Buyrak usti bezlarining po’stloq
qismidan gormonlar ajralishini gipotalamus va gipofiz idora etib turadi. Gipofiz olinib
tashlangan hayvonlarda bu bezlarning po’stloq qatlami (koptokchali zonasidan tashqari)
atrofiyaga uchraydi. Gipofiz buyrak usti bezlarining faoliyatini o’zi ishlab chiqaradigan
adrenokortikotrop gormon (AKTg) vositasi bilan idora qiladi. Gipofiz olib tashlangan
hayvonlarga shu gormonlardan belgili miqdorda yuborib turish yo’li bilan buyrak usti bezlari
po’stloq qavatining atrofiyaga uchrashiga yo’l qo’ymaslik mumkin. Bu gormon organizmga
surunkali ravishda yuborib turilsa, bez po’stloq qavatida sintez jarayonlari kuchayib,
gipertrofiyaga uchraydi. Bez to’qimasidagi xolesterin va askorbin kislota kamayadi, chunki bular
kortikosteroidlarning sintezlanishi uchun sarflanadi. Demak, AKTgning organizmga takroriy
yuborilishi qonda kortikosteroidlar miqdorining ko’payishiga sabab bo’ladi. Ammo shuni qayd
qilish kerakki, AKTg koptokchali zonaning faoliyatini va undan ajraladigan aldosteron gormoni
sekresiyasini boshqarishda bevosita ishtirok etmaydi. Keyingi vaqtda olingan ma’lumotlarga
qaraganda, aldosteron sekresiyasini epifizning adrenoglomeronlotropin gormoni stimullab turadi.
Bu gormonning organizmga yuborilishi koptokchali zonada tegishli o’zgarishlar yuz berishiga va
ko’p miqdordagi aldosteronning qonga chiqarilishiga sabab bo’ladi. Ammo, epifiz olib
tashlanganda aldosteron sekresiyasi qisqa vaqt ichida ko’payib kesa-da, keyinchalik o’z-o’zidan
oldingi holatiga kelib qoladi. Bundan tashqari, qon, limfa va to’qima oraliq suyuqliklaridagi
57
kaliy va natriy miqdori aldosteron sekresiyasiga katta ta’sir ko’rsatadi. Agarda organizmning
ichki muhitida kaliy natriydan ko’payib kesa, aldosteron ham qonga ko’proq chiqariladi.
Organizmda kaliyning kamayishi aldosteronning kam ajralishiga sabab bo’ladi. Bu gormon
sekresiyasi buyrak ham ishtirok etadi degan ma’lumotlar bor. Buyrakda ajraladigan renin qonga
o’tib, unda tegishli oqsilni gipertenzinga aylantiradi. Bu modda o’z navbatida sezilarli miqdorda
aldosteron ishlanib chiqishiga sabab bo’ladi. Buyrak usti bezi po’stloq qavati faoliyatining
boshqarilishida miya po’stlog’i ham ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: