testosterondir. U urug’donlardagi Leydig hujayralarida ishlanadi. Erkaklik jinsiy gormonlarining
ishlanishida Sertoli hujayralari ham ishtirok esa kerak. Urug’donlarning ichki sekretorlik
faoliyati ulardagi spermatogenez jarayoni bilan chambarchas bog’liq. A.V.Nemlonning fikricha,
erkaklik jinsiy gormonlarining hosil bo’lishi Sertoli simplastida spermatozoidlar ishlanib
chiqishiga aloqador. Spermatozoidlarning hosil bo’lishi qancha tez kechsa, Sertoli
hujayralarining protoplazmasi ham shuncha tez parchalanadi va shuncha ko’p jinsiy gormonlar
hosil bo’lib, qonga chiqariladi. Testosterondan tashqari barcha androgenlar shu gormon
organizmda almashinuvi natijasida hosil bo’ladigan mahsulotlardir. Erkaklik jinsiy
gormonlarining organizm uchun ahamiyati to’g’risida tasavvurga ega bo’lmoq uchun,
62
birinchidan hayvonlarni kuzatish kifoyadir. Erkak hayvonlar bichilganda (axtalanganida) sperma
hosil qilish xususiyatini yo’qotishi bilan birga organizmda, xulq-atvorida ham bir qator
o’zgarishlar ro’y beradi. Bunday hayvonlar tinch, yuvosh va semirishga moyil bo’lib qoladi,
ikkinchi jinsiy belgilari regresstyaga uchrab, yo’qola boradi. Bichilgan hayvonga boshqa
hayvonning urug’doni ko’chirilib o’tkazilsa, unda yana erkaklik xususiyatlari, jinsiy reflekslar
paydo bo’la boshlaydi. Lekin ko’chirib o’tkazilgan urug’don so’rolib ketishi bilan bu
xususiyatlar yana yo’qolib ketadi. Bularning hammasi erkaklik hususiyatining namoyon
bo’lishida androgenlar, ya’ni erkaklik jinsiy gormonlarining benihoya katta ahamiyatga ega
ekanligidan dalolat beradi. Urg’ochi hayvonlar tuxumdonlaridagi follikulalarining hujayralarida
estrogenlar - urg’ochilik jinsiy gormonlari sintezlanadi. Estrogenlar sintezlanib chiqqan sayin
follikulalarning ichida ulardagi suyuqlikda yig’ilib turadi. Urg’ochilik jinsiy gormonlariga
estradiol va uning organizmida almashinuvi tufayli hosil bo’ladigan estron, estriol va estradiol
kiradi. Bularning ichida eng faoli estradioldir. Estrogenlar urg’ochi hayvonlar jinsiy apparatini
doimo tonusda saqlaydi. Jinsiy siklda, ikkinchi jinsiy belgilarga, bachadon, qin, silliq
pardalarining o’sishiga, sut bezlarining etilishiga, oqsillar, anorganik moddalar (kaliy)
almashinuviga ta’sir ko’rsatadi, kapillyarlar devorining o’tkazuvchanligini oshiradi, oliy nerv
faoliyatiga ta’sir qiladi. Urg’ochi hayvonlarda bu gormonlardan tashqari, sariq tanachasida
progesteron hosil bo’ladi. Progesteron gipofizda gonadotrop gormonlar hosil bo’lishiga va
follikulalarning etilishiga to’sqinlik qiladi va shu tariqa bo’g’ozlikning boshdan-oyoq jinsiy
gormonlarga bog’liqligiga ishonch hosil qilish uchun quyidagi tajribani o’tkazish mumkin. Erkak
hayvonlarga tuxumdonlarni, urg’ochi hayvonlarga urug’donlar ko’chirib o’tkazsak, bu vaqtda
erkak hayvonlarda urg’ochiga xos jinsiy belgilar, urg’ochi hayvonlarda esa erkakka xos jinsiy
belgilar paydo bo’la boshlaydi va bu belgilar organizmga ko’chirib o’tkazilgan jinsiy bezlar
so’rilib ketguncha saqlanib turadi. Biroq shu ham borki, urug’donlarda bir oz miqdorda
urg’ochilik, tuxumdonlarda esa ozgina erkaklik jinsiy gormonlari hosil bo’lib turishi keyingi
vaqtlarda o’tkazilgan bir qator tajribalarida isbotlandi. Jinsiy gormonlarning hosil bo’lishi nertv
tizimi va uning oliy qismi bo’lmish katta yarim sharlar po’stlog’i yordamida boshqariladi, bu
progressda gipofiz ham ishtirok etadi.
Jinsiy anomaliyalari ham bo’ladi. Ayrim hollarda bir hayvonning o’zida ham erkakka, ham
urg’ochiga xos jinsiy bezlar (ham urug’don, ham tuxumdon) mavjub bo’ladi. Bunday holat
Do'stlaringiz bilan baham: