tayyorlanadi. Kamchiligi katta bo‘lmagan mustahkamlikka ega ekanligi va issiqlik
ta’sirda formasini o‘zgarishidir. Masalan, 20°S haroratda organik shishaning
mustahkamligi cho‘zilishda 55 MPa ga teng bo‘lsa, siqilishda 80
MPa ga teng
bo‘ladi. Asosan polimetilmetakrilat polimeridan hech qanday to‘ldiruvchisiz
tayyorlanadi. Viniplastlar esa varaqasimon armaturalanmagan material bo‘lib
yorug‘ o‘tkazmaydigan turlari ham mavjud. Asosiy mexanik xosalari organik
shishaga yaqindir. Afzalligi narxining arzonligi va yuksak kimyoviy ta’sirlarga
chidamliligidir.
Kamchiligi,
esa
kam
yorug‘
o‘tkazuvchanligi,
issiqqa
chidamliligidir.
H a v o o ‘ t k a z ma y d i g a n g a z l a ma l a r siqilgan havo bilan ishlaydigan va
chodirli qurilmalar tayyorlash uchun keng qo‘llaniladi.
Bularning tarkibi asosan
gazlamadan va egiluvchan qoplamadan iborat bo‘ladi. Gazlamalar poliamid
tolalardan
(kopron),
poliefir
tolalardan
(lavsan)
tayyorlanadi.
Havo
o‘tkazmaydigan gazlamalar rezina-texnika zavodlarida eni 11 m, uzunligi 20 m
gacha, qalinligi 1...2 mm qilib tayyorlanadi. Og‘irligi 0,5. ..1,5 kg/m
2
atrofida
bo‘ladi va rulonli holda ishlab chiqariladi.
Sanoatda bir qavatli (U-93), ikki qavatli (U-92) va parallel yo‘nalgan 2 qavatli
(109 F), 3 qavatli (110 F) gazlama holida ishlab chiqariladi.
Gazlamalarning
xossalari tashkil qiluvchilarning xossasiga bog‘liq. Masalan, cho‘zilishdagi
maksimal mustahkamligi 200 kg/sm
2
ga etadi.
Y O g ‘ o c h p l a s t i k l a r - yog‘ochni qayta ishlash jarayonida paydo
bo‘ladigan chiqindilarga sintetik smolalar qo‘shib presslash orqali tayyorlanadi.
Bu turdagi plastiklarga :
1.
YOg‘och qavatli (DSP).
2.
YOg‘och tolali (DVP).
3.
Qirindi plitalar kiradi (PS)
YOg‘och qavatli plastyuiklar (DSP) - yupqa oq qayin,
tol va qora qayin
daraxtlaridan tayyorlangan shponlarni smolalar bilan yuqori bosimda presslab
tayyorlangan uzunliklari 0,7... 5,7 metr, eni 1,2 m. gacha, qalinligi 3...60 mm.
gacha bo‘lgan materiallardir. Eg‘och qavatli plastiklar (DSP) suvga, erituvchilarga,
yog‘larga chidamli bo‘lib oson qayta ishlanadigan yaxshi material hisoblanadi.
Y O g ‘ o c h t o l a l i (DVP) plastiklar esa erkin joylashgan yog‘och tolalarini
konifolli emulsiya yoki smolalar bilan elimlab tayyorlanadi. Material uchun xom
ashyo sifatida yog‘ochga qayta ishlov berish sexining chiqindilaridan (qiyqim,
reyka, bruscha, garbil) foydalaniladi.
Q i r i n d i p l i t a l a r (PS) - yog‘och qirindilarini termoreaktiv smolalar bilan
bosim ostida presslab tayyorlanadi. Qirindilar
va past sifatli materiallar, qobiq va
po‘stloqlar, shoxlardan maxsus uskunalar yordamida ezib uzluksiz sxemada issiq
presslash orqali tayyorlanadi. Tashqi qavatlariga turli gul qog‘oz
va boshqa
shponlar bilan bezak beriladi va mebel sanoatida keng qo‘llaniladi.