– 3 –
KIRISH
Sharq tarixi umumjahon tarixining ajralmas bir qismidir, shuning
uchun umumjahon tarixi jarayonidan tashqarida emas. Yangi zamon
boshlarida Sharq mamlakatlarida feodal munosabatlar hukmron edi,
haqiqatdan ham taraqqiyot notekis borgan:
A)
Yaponiya, Hindiston, Xitoy feodal munosabatlar rivojlagan dav-
latlar.
B) Yaqin va O‘rta Sharqdagi davlatlar qoloq, feodal patriarxal holda
edi.
V) Afrika qit’asi davlatlari urug‘-qabilachilik bosqichida edi.
Bu o‘lkalar jahon sivilizatsiyasiga o‘z hissasini qo‘shgan, qulay iqlim
sharoitlari tufayli madaniy o‘simliklarning ko‘pchiligi kelib chiqqan
manbadir. Yuqorida aytib o‘tilganidek, yangi zamon boshlarida Sharq
mamlakatlari feodal bosqichda bo‘lib, taraqqiyotdan
orqada qolayotgan
va rivojlangan mamlakatlar ta’sir doirasiga tushib, xomashyo bazasi rolini
o‘ynayotgan edi.
Barcha mamlakatlar ibtidoiy jamoat tuzumini boshdan kechirganlar,
ammo ularning hammalari ham quldorlik tuzumini bosib o‘tmadilar.
Ba’zi xalqlar ibtidoiy jamoa tuzumidan feodal tuzumga o‘tganlar. Jamiyat
taraqqiyotining har bir yangi bosqichida kishilar mukammalroq mehnat
qurollari yaratganlar, ular mehnat unumdorligini oshirganlar. Feodal
tuzum davrida garchi juda sekinlik bilan bo‘lsa-da,
mehnat qurollari
rivojlangan va kishilarning mehnat qilish mahorati oshib borgan.
Feodalizmda yuqoriga suv chiqaradigan charxpalak qo‘llana boshlagan,
shamol tegirmonlari va kuchli damlari bo‘lgan domna pechlari qurilgan.
Qo‘l bilan aylantiriladigan urchuq yaratilgan va to‘quvchilik dastgohi
takomillashtirilgan. Kishilar porox, qog‘oz tayyorlashni o‘rganganlar.
Kompasni, soatni, kitob chop etishni ixtiro qilganlar.
– 4 –
Biroq vaqti kelib, feodal tuzum ham ishlab
chiqarishning rivojiga
to‘sqinlik qila boshlagan. Bu hol uni halokatga olib kelgan va bozor iqti-
sodiga o‘tishga sabab bo‘lgan. XVI-asrda Yevropaning bir qator davlat-
larida manufakturalar, yirik korxonalar paydo bo‘lib, ularda mehnat taqsi-
moti qo‘llanilgan. Bu tufayli mehnat unumdorligi oshgan. Sharqda esa
Osiyocha ishlab chiqarish usuli – bir jamiyat ichida yetakchi tuzum bilan
birgalikda oldingi jamiyat xususiyatlarining bir davrda namoyon
bo‘lishidir.
Sharq davlatlarining orqada qolish sabablari quyidagilardan iborat:
1. Sharqda xo‘jalik asosan sun’iy sug‘orishga asoslanadi. Sun’iy su-
g‘orishni irrigatsiya inshootlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Feodal tar-
qoqlik davrida o‘zaro urushlar kuchayib irrigatsiya inshootlari buzilgan.
2. Qishloq jamoasi tartibining uzoq vaqt saqlanib qolishi.
Savdo
munosabatlari sust bo‘lib, mehnat taqsimoti va pul munosabatlari
rivojlanishiga to‘sqinlik qilib keldi.
3. Sudxo‘rlik uzoq vaqt saqlanib qolingan bo‘lib, uning asosi
iqtisodni yiqitish, siyosiy uyushgan jinoyatga aylandi.
4. Sharqda qul savdosining uzoq vaqt saqlanib qolganligi mamla-
katlar taraqqiyotiga ta’sir qilgan. Amerikalik olim Dyubua «XVII- XVIII-
asrlarda 100 mln. qul Afrikadan Amerikaga olib ketilgan», deb yozadi.
5. Yevropa davlatlari bu mamlakatlarni asosiy
mustamlaka va yarim
mustamlakaga aylantirib, mustamlakachilikka zo‘r berdi, bu Sharq tarixiy
taraqqiyotining asosiy to‘sig‘i bo‘ldi. Sharqda yuzdan ortiq davlat bor.
Shularning hammasi (Ikkitasidan tashqari, Yaponiya va Efiopiya)
mustamlaka va yarim mustamlaka edi.
6. Bu davlatlar (Sharq mamlakatlari)da feodal munosabatlar uzoq
saqlanib qolingaligi, lekin asosiy omil mustamlakachilik tartibi edi.
Jahon tarixi uchun ingliz burjua inqilobi voqealari yangi zamon
tarixini boshlanishiga asos qilib olingan. Sharq mamlakatlari yangi
tarixini davrlashtirish masalasida oldingi sobiq sho‘ro olimlari 2 guruhga
– 5 –
bo‘linadi: 1) Galperin va Guber tarafdorlari. 1) Guber –
Sharq tarixini
ingliz burjua inqilobidan boshlash kerak, deb hisoblaydi.
2) Resner – bu Sharq yangi davrini XVIII-asr oxiridan boshlash
kerak, deb hisoblaydi.
Bundan tashqari fanda aniq to‘la barqarorlashmagan XV-asr oxiri –
XVI-asr boshlari davridan boshlash to‘g‘risidagi qarashlar ham mavjud.
Osiyo va Afrika xalqlari yangi zamon tarixi kursining maqsadlari:
Alohida olingan Sharq mamlakatlari tarixi misolida Osiyo va
Afrikada kechgan iqtisodiy ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy, jarayonlar tarixini
o‘rganishdan iborat. Kurs ikki tarixiy davrga bo‘lib o‘rganiladi:
1) XVII-asrning o‘rtalaridan tokim monopoliyalar hukmroligiga
asoslangan kapitalizmga qadar (XIX-asrning 70-yillarigacha)
2) 1870-yildan 1918-yilgacha.
Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanmada ayrim
Osiyo mamlakatlarining
XVII-asr o‘rtalaridan – XX-asr boshlariga qadar taraqqiyoti masalalari bir
qator mavzular misolida o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: