O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti “O„zbek tili va adabiyoti” kafedrasi



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/128
Sana13.02.2022
Hajmi2,08 Mb.
#446685
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   128
Bog'liq
2 5206718909398389745

 
Axborot manbalari 
9.
https://lex.uz//docs
 
10.
https://sahifa.tj/uzbeksko-russkij.aspx-Uzbekskogo-russkiy
 perevodchik. 
11. 
https://library.ziyonet.uz/-ta‘lim
 portali 
UYGA VAZIFA 
Ko‗rsatilgan adabiyotlarni o‗qing va mavzuga aloqador ma‘lumotlarni yozib 
oling. 
 


13-mavzu: Sohaviy farmoyish hujjatlarining xususiyatlari
 
REJA: 
 
1.
 
Hujjat turlari va xususiyatlari: buyruqning zaruriy qismlari 
2.
 
Farmoyishning zaruriy qismlari
3.
 
Ko‗rsatma hujjati. 
Iqtisodiyotni boshqarishda tashkiliy-farmoyish hujjatlarining ahamiyati 
kattadir. Har qanday firma yoki korxonani boshqarishda tashkiliy farmoyish 
hujjatlaridan to‗liq foydalanadi. 
Buyruq doimiy ravishda shaxsan rahbar tomonidan tayyorlanadi, ko‗rsatma 
va farmoyishlar rahbar muovinlari tomonidan beriladi. 
Buyruqlarning bir qator turlari mavjud bo‗lib ularga: 
a) 
umumiy masalalar bo‗yicha 
b) 
shaxsiy tarkib bo‗yicha 
v) 
asosiy faoliyat bo‗yicha buyruqlar kiradi. 
Buyruqning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: Vazirlik, korxona yoki 
muassasa nomi, buyruqning nomi, sanasi, raqami, buyruq chikkan joyning nomi, 
sarlavxasi, buyruq matni, rahbar yoki o‗rinbosar imzosi va hokazo. Buyruqning 
farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar bilan yoziladigan ―BUYURAMAN‖ 
so‗zi bilan boshlanadi. Buyruqda ishning bajarilish muddati mazmunidan kelib 
chiqib umumiy tarzda yoki xar bir farmoyishda aniq ko‗rsatish mumkin. 
Buyruqda adliya maslahatchisi imzosi ham bo‗lishi kerak. Adliya 
maslahatchisi buyruqni ko‗rishda quyidagilarga e'tibor beradi: masalan, buyruq 
bilan rasmiylashtirish maqsadi qanchalik to‗g‗ri kelishi; buyruq loyihasining 
amaldagi qonunlarga, hukumat qarorlariga qanchalik muvofiq kelishi; mazkur 
idoraning ilgari berilgan buyruqlari bilan ziddiyat yo‗qmi yoki ularning qisman 
takrorlanishi va boshqalar. 


Buyruqning asosiy matni asoslovchi va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. 
Asoslovchi qismda buyruqdan maqsad, shart-sharoitlar, sabablar ko‗rsatiladi, asos 
qilib olinayotgan buyruqqa havola qilinadi. Ayrim hollarda buyruqqa asos bo‗lgan 
hujjat uning farmoyish qismi tegishli bandida ham ko‗rsatiladi. 
Ba'zi buyruqlarni asoslashga hojat bo‗lmasligi mumkin, bunday hollarda ular 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri farmoyish qismi bilan ham berilaveradi. 
Farmoyish korxona ma'muriyati hamda bo‗limlar rahbarlari tomonidan amaliy 
masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjatdir. Odatda, farmoyishlarda harakat 
muddati cheklangan bo‗lib uning kuchi bo‗limlarning tor doirasiga ayrim 
mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo‗ladi. Farmoyishning matni xuddi 
buyruqniki singari zaruriy qismlardan tashkil topadi. Faqat uning kirish qismida 
―BUYURAMAN‖ so‗zi o‗rniga ―TAVSIYA QILAMAN‖, ―RUXSAT 
BERAMAN‖ kabi so‗zlar ishlatiladi. 
Ko„rsatma
korxonalarda axborot metodik tusdagi masalalar, shuningdek 
buyruqlar, yo‗riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog‗liq bo‗lgan 
tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjatdir. Ko‗rsatmaga 
birinchi bo‗lib rahbar bosh muhandis ularning o‗rinbosarlari imzo chekish 
huquqiga ega. Ko‗rsatma korxonaning xos ish qog‗oziga bosiladi. U ham buyruq 
kabi, odatda, sarlavha bilan yoziladi, asos va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. 
Asos qismida, falon ―maqsadda‖, falon ―buyruqni bajarish uchun‖ kabi taomilga 
kirgan iboralar qo‗llanadi va ―YUKLAYMAN‖, ―TAVSIYA ETAMAN‖ so‗zlari 
bilan farmoyish qismi boshlanadi. Muayyan xodimga uning xizmat lavozimi 
vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa ―TAVSIYA ETAMAN‖ so‗zi 
qo‗llanadi. Ko‗rsatmaning farmoyish qismi buyruqning farmoyish qismiga 
o‗xshash bo‗ladi. 
BUYRUQ 
Buyruq korxona, tashkilot, muassasa rahbari tomonidan chiqariladigan 
rasmiy hujjat. Uning asl nusxasi O‗zbekiston Respublikasi gerbi tushirilgan 
maxsus xos qog‗oz(blank)ga rasmiylashtiriladi. Dastlab mutasaddi shaxs 


tomonidan tegishli mavzuga doir buyruq loyihasi tayyorlanadi va unga soha 
bo‗yicha javobgar shaxslar, mutaxassislarning roziligini ifodalovchi yozuvlar bilan 
imzolari to‗planadi. Korxona rahbari buyruq loyihasini "buyruqqa", "buyruq 
uchun" deb imzolagandan so‗ng devonxona yoki xodimlar bo‗limida ro‗yxatga 
olingan sana va tartib raqami bilan buyruq chiqariladi va u qonuniy kuchga kiradi. 
Yuqori tashkilotning buyrug‗i quyi tashkilotlar uchun, tashkilotning o‗zida 
chiqarilgan buyruqlar uning barcha xodimlari uchun bajarilishi shart bo‗lgan 
hujjatdir. Zarurat bo‗lganda chiqarilgan buyruqdan ko‗chirma berilishi mumkin. 
Buyruqda korxonada amalga oshiriladigan barcha turdagi ishlar hamda 
kundalik vazifalar o‗z aksini topadi. 
Buyruqlar mazmuni va vazifasiga ko‗ra ikki turga bo‗linadi: 
1. Korxona faoliyatiga doir buyruqlar. 2. Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar. 
Har ikki turdagi buyruqlar ham ketma-ket tartibda sana va raqamlar bilan 
rasmiylashtirib boriladi. Birinchi turdagi buyruqlarda korxona faoliyati bilan 
bog‗liq barcha ishlarni tashkil etish, ularni amalga oshirish, nazorat qilish, mablag‗ 
bilan ta‘minlash, rejalashtirish, hisobot va hokazolar o‗z ifodasini topadi. 
Buyruqlar vazifasiga ko‗ra raqamlar bilan bir qatorda maxsus qisqartmalar bilan 
ham yuritiladi. Masalan, xizmat safarlari (XS) haqida bo‗lsa, 00-XS, ijro(IJ) etish 
to‗g‗risida bo‗lsa, 00-IJ, moliyaviy(M) masalalar bo‗yicha bo‗lsa, 00-M, kadrlar – 
xodimlar(K yoki X) shaxsiy tarkibiga oid bulsa, 00-K, talabalar(T) haqida bo‗lsa 
00-T kabi va hokazo. 
Shaxsiy tarkibga oid buyruqlarda xodimlarni ishga olish, ishdan bo‗shatish, 
boshqa lavozim yoki ishga o‗tkazish, rag‗batlantirish, mehnat ta‘tili berish, mehnat 
ta‘tilidan chaqirib olish kabilar rasmiylashtiriladi. Buyruqning zaruriy qismlari: 
- davlat gerbi, vazirlik nomi va korxona nomi yozilgan xos qog‗oz; 
- buyruqning nima haqdaligi yoki buyruqning sarlavhasi; 
- rasmiylashtirilgan sana, buyruq tartib raqami va joyi; 
- hujjat nomi – buyruq; 
- matn (buyruq mazmuni va shu asosda bajariladigan vazifalar, qo‗yiladigan 
talablar va hokazo); 


- buyruq ijrosini nazorat qiluvchi; 

buyruq uchun asos bo‗lgan hujjatlar; 

buyruq loyihasini tayyorlovchining lavozimi, familiyasi, ismi; 

korxona rahbarining lavozimi, imzosi, munosabat belgisi, familiyasi, 
ismi; 

buyruqqa rozilik bildirgan mutasaddilarning imzolari, familiyasi, ismi 
(huquqshunos, bosh hisobchi, bosh iqtisodchi, moliya-rejalashtirish bo‗limii 
boshlig‗i, rahbar o‗rinbosarlari va boshqalar). 

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish