13-mavzu. Qorluq-chigil-uyg’ur lahjasining muhim xususiyatlari(2 soat)
Reja:
1.Qorluq lahjasi haqida qisqacha ma’lumot.
2.Qorluq guruh shevalarining unlilar tizimi.
3.Qorluq guruh shevalarining undoshlar tizimi.
4.Qorluq guruh shevalarining o‘zbek adabiy tili bilan fonetik munosabati.
Tayanch so‘z va tushunchalar. Egalik qo‘shimchalari, kelishik qo‘shimchalari, ko‘plik qo‘shimchalari, qo‘shma otlar, yasama otlar, asliy sifatlar, nisbiy sifatlar.
Qorluq lahjasi atamasi o‘rnida ShShoabdurahmonov bo‘yicha, V.V. Reshetov bo‘yicha «qorluq-chigil uyg‘ur», E.D. Polivanov bo‘yicha «chig‘atoy», G‘.O. Yunusov bo‘yicha «turk-barlos», A.K. Borovkov bo‘yicha «o‘rta o‘zbek» atamalari qo‘llaniladi. Qipchoq va o‘g‘uz lahjalari bilan birga o‘zbek tilining shakllanishida muhim o‘rin tutadi.
Qorluq lahjasini bir qancha guruhlarga ajratib ko‘rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |