Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, har bobga xulosalar va umumiy xulosalar, foydalanilgan ilmiy va badiy adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I Bob. Tilshunoslikda hol muammosi
Hol va uning tasnifiga doir
Ma’lumki, ikkinchi darajali bo’laklardan biri bo’lgan hol haqida tilshunoslikda turli xil ta’riflar mavjud, shulardan ayrimlarini keltiramiz: “Hol fe’l ifodalagan ish-harakat yoki holat belgisini ifodalovchi gap bo’lagidir,, [8] yoki “hol-gap bolagi bo’lib kesimga yoki aniqlovchiga yoki boshqa hollarda tegishli bo’lib odatda u harakat belgisini ifodalaydi [62, 271] B.A. Il’ishning fikricha, ingiliz tilida “adverbial modifier,, ikkinchi darajali bo’laklardan hol deb atash mos atama emas. “Adverbial,, deganda ikki xil tushuncha mavjud lekin ikkalasi ham ko’zlagan maqsadni anglatmaydi. Birinchidan hol doim ravish bilan ifodalanadi degan tushuncha noto’g’ri, chunki hol turli morfalogik tushunchalar orqali ifodalanadi.Ikkinchidan “Adverbial,, atamasi yani hol har doim fe’lni aniqlaydi degan tushuncha ham noto’g’ri, bu holatda ham hol gap tarkibidagi sifat ravish ot yoki fe’l kabilar yordamida ifodalangan gap bo’lagini aniqlashga xizmat qiladi Mana shu keltirilgan turli xil tarif-tavsiflarda kamchiliklar bo’lishig qaramasdan ular hozirgi kunga qadar sintaksisga doir darslik va qo’llanmalarda qo’llanilib kelmoqda. Shu bilan birga ayrim grammatikalarda holning boshqacha ta’riflarini uchratish mumkin:”Ish-harakatning bajarilishidagi turli holatlar-maqsad, sabab,shart,miqdor-daraja,payt va o’rinni bildiradigan ikkinchi darajali bo’lak hol deb ataladi. Hol asosan harakatni ifodalovchi bo’lak kesimga tobe bo’ladi,,.[36,35]
O’zbek tili grammatikalarida ham “Hol to’ldiruvchidan keyingi ikkinchi darajali bo’lak bo’lib, ish harakatning belgi sifatini, uning bajarilish usulini,shu bajarilish bilan bog’liq bo’lgan o’rin, payt, sabab,maqsad, shart-sharoit, miqdor- daraja kabi xususyatlarni ko’rsatadi. Demak, hol ish-harakatni biror jihatdan tasvirlaydigan-harakterlaydigan bo’lakdir,, degan ta’riflar keltiriladi [32].
I .Smirnitskiyning takidlashicha,an’anaviy grammatikalarda “Hol kategoriyasi atroflicha aniqlanmagan katigoriyadir,,. Uning ta’biri bilan aytganda, ”O’rin holi va payt holi har xil bo’lgani bilan voqeaning sodir bo’lish makoni va zamonini tavsiflaydi,,. Haqiqatdan ham o’rin va payt hollarida namoyon bo’luvchi ma’nolarni tarz holi bilan qiyoslaganda gapda ifodalanuvchi jarayonning sodir bo’lish o’rnini yoki paytini,shartini kabilarni ifodalamasdan harakatning o’zida bevosita sodir bo’ladigan holatni o’zida aks ettiradi.Chunki u aniq jarayonning tavsifi xisoblanib, u aniqlovchiga yaqin turadi.
Tilshunoslarning aksariyat ko’pchiligining fikrlariga qaraganimizda holni tasniflashda, ularning tasnifi bir-biriga mos kelmaydi.Nemis tili misolida S.I.Alatortsevning takidlashicha “To’liq qoniqarli umumiy qabul qilingan holning tasnifi yo’q,, [13,3].Haqiqatdan ham L.R.Zender va T.V.Stroyevalar tasnifi: ’’обстоятельство места, времени, причины, следствия, образа действия,, [69,278,] bunga E.I. Shendels tarz holini yana kichik guruhlarga ajratadi: ’’обстоятельство с семантикой качества, количества сравнения, средства, орудия, а также сопутствующее обстоятельство,, [19,305] V.G. Admoni esa “’Обстоятельство меры и степени,образа действия,места,времени, общей соотнесенности, причины и условия,цели дятеля орудия и средства действия,,[5,279].
Rus tilshunosligida ham hol kategoriyasi turlicha talqin etilmoqda. Masalan, :V.N.Migrining takidlashicha,hol ifodalaydigan manolarga adverbial bog’lanish mos kelmaydi,uning tarkibidan atributiv aloqa tushunchasini chiqarishga to’g’ri keladi. Chunki atributiv aloqa bilan bog’langan elementlar aniqlovchini ifodalaydi. Quyidagi birikmalarda ham громка кричат, быстро бегать ish harakatning sifat belgisini anglatgani uchun ham fe’l aniqlovchisi deyish mumkin [425,48-49].
E.S. Skoplikovaning fikricha, “Hol ikkinchi darajali bo’laklarning bir necha mustaqil turkumlarini birlashtiradi, ularning har biri ma’no va grammatik jihatdan o’ziga xos harakterlanadi [61,181-182]
Hol gapning strukturaviy-semantik kompanenti sifatida quyidagi xususiyatlarga ega bo’lgan ikkinchi darajali bo’lak hisoblanadi: Hol ravish, ravishdosh, otli kelishik, predlogli kelishik shakillari yordamida ifodalanadi, gapda turlicha o’rinlarda uchraydi, ayniqsa postpozitsiya holatida, aniqlanmish so’z bilan bitishuv va kuchsiz boshqaruv yordamida bog’ladi, odatda fe’l bilan ifodalanadigan so’z bilan tobedir.[25,126-127]
Yuqorida qayt etilgan fikrlardan tashqari ikkinchi darajali bo’laklarni jumladan, holni ham mantiqiy-grammatik jihatdan tushinishga e’tibor berilmoqda. R.N.Popov, D.V.Volkova, L.Ya.Molovitsikiy, A.K.Fedrovlarning fikricha,ikkinchi darajali bo’laklarni ajratishda strukturaviy-semantik tamoyiliga asoslanishini ta’kidlab shunday yozadi: 1)Til birliklarining shakli va mazmuni mosligi, har qanday til birligining strukturaviy-semantik jihatidan birli va o’zaro bog’liqligi; 2)Sintaktik birliklarning o’zaro munosabati va sistemali aloqalarini hisobga olishdir[56,320].Bunday qarashda holni uning ma’nosiga qarab ikkiga bo’lish mumkin:1) Hol manosini harakterlovchi guruh,bunga tarz holi,harakatning bajarilish usuli,hamda ish harakatning sifatini yoki sonini ifodalovchilar; 2) Asliy hol ma’nosini ifodalovchilar, yani o’rin, payt, sabab, maqsad, shart hollari kabilardir. Keyingi chop etilgan o’zbek tili grammatikasida hol deb “Harakatning bajarilishi, holatning yuzaga kelishi, shu bilan bog’langan shart, sabab,maqsad, payt, o’rin,miqdor-darajalar asosida shakilllanadi,, degan tariflar keltirilgan [26, 116-117]
Umuman olganda, holga doir berilgan bunday xilma –xil ta’riflar bu gap bo’lagining atroflicha o’rganilmaganligidan dalolat beradi. Holni ikinchi darajali bolak sifatida mazmun va shakli jihatidan tasniflashda ham tillararo bir xillik yo’qligining guvohi bo’lamiz. Masalan: nemis tili grammatikalarida miqdor- daraja, tarz, o’rin, payt, sabab, shart, maqsad, vosita va ish harakat vositalari, faolliklarga bo’lsa [6,351], o’zbek tilida o’rin, payt, sabab, shart, maqsad, shart-sharoit, miqdor-daraja[33,146], boshqasida esa ravish, o’rin payt, sabab, maqsad, miqdor daraja, shart va to’siqsizlik [51] kabi turlarga ajratiladi. Ingiliz tilida esa o’rin, payt, tarz, miqdor-daraja, sabab, maqsad, natija, shart, to’siqsizlik [12,298] kabi turlarga ajratilib tasnif qilinmoqda. Rus tili grammatikasida hol quyidagi turlarga bolinadi: oбстоятельство образа действия, меры и степени, места, времени, причины, цели, условия и уступки и т.д.[14,139].
Yuqoridagi faktlar va mulohazalardan ma’lum bo’lishicha, tilshunoslikda hol kategoriyasini tasniflash va turlarga ajratishda bir xillik sezilmaydi. Bu esa tilshunoslikda hol va uning tasnifi hali ham bahs talab masala ekanligidan, hech ham u o’z yechimini to’liq topmagan kategoriya ekanligidan dalolat beradi.
Nazarimizda, bunday kamchiliklarning asosi gap tahlilida aniq lisoniy metodlar asosida yoritilmiganligi bilan izohlanadi. Tilshunoslikda ma’lum bir tilning leksik, morfologik va sintaktik qatlamalarini bir- biridan farqlab tahlil qilish nazardan chetda qolayotganligi ham bunday xilma-xillikning kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda. [68]
Mazkur tadqiqotda hol kategoriyalarining barcha turlariga atroflicha to’xtalib, uning hamma turlarini lisoniy metodlar asosida yoritishga imkoniyat yo’qligi uchun, faqat o’rin holli gaplarni va o’rin holining deyiktik holatlarini kompanentlarga ajratib tahlil qilish va gapdagi har bir sintaktik birliklarning differentsial sintaktik-semantik belgilarini hamda ularning variyantlarini qiyosiy tahlil qilish bilan cheklanamiz.
Aslida, an’anaviy tilshunoslik nuqtai nazaridan qaralganda gapning sintaktik tahlili bosh va ikkinchi darajali bo’laklarga ajratilib talqin qilinadi. Oliy o’quv yurtlari talabalariga gap bo’laklarini aniqlashda gap tarkibida ishtirok etgan sintaktik birliklarga so’roq qo’yish usuli keng qo’llanadi. Ammo bu usul o’zini uncha oqlamaydi, chunki ingliz tili misolida gapning egasiga ham kesimiga ham to’ldiruvchisiga ham bir xil savol qo’yish holatlari ko’zga tashlanadi [70]
Negaki hozirgi paytgacha foydalanib kelinayotgan amaliy va nazariy grammatikalarda o’rin holi borasida faqat uning morfologik ifodalanish usullari haqida fikr yuritilsada, ammo o’rin holining gapdagi tutgan o’rni, uning qaysi sintaktik birliklar bilan o’zaro sintaktik aloqalar asosida bog’lanib, gap strukturasida ishtirok etishi, uning differentsial sintaktik belgilari o’rin holi vazifasida kelgan elementlarning differentsial sintaktik- semantic belgilari hamda ularning qanday holatlarda qaysi bir sintaksemalar bilan bog’lanishi va ularning variantlari haqida asosli fikrlar bildirilmaydi. Bunday holat faqat o’rin holiga emas, balki barcha gap bo’aklariga tegishlidir. Bundan tashqari o’rin holi qardosh bo’lmagan tillar bilan qiyosiy-tipalogik jihatdan o’rganilmaganligi ham bizning diqqat etiborimizni o’ziga qaratadi.
O’rin holini bag’ishlangan ayrim ishlarda gap qurilmasida kesim vazifasida kelgan fe’llarning leksik ma’nosiga tayanib, makonni ifodalovchi sintaktik birliklar haqida to’xtalib, sintakmatik yo’nalishda konstruktiv nuqtai nazardan qaraladi [96]
Ammo, fe’llarning leksik manosiga tayanganda (dinamik va sitatik) lokativlik bazasida sintaktik satxda bir-biridan farqlanadigan jihatlar tadqiqotchining nazaridan chetda qoladi. Nemis tili misolida esa lokallik va temporallik semalarini ifodalovchi sintaktik birliklarni tema-rematik bo’laklarga ajratib, faqat mavjudlikni ifodalovchi fe’llar doirasida qarash bilan chegaralanadi [12]
Ushbu masala bo’yicha O’.U.Usmonov ta’kidlaganidek “ikkinchi darajali bo’laklardan yana biri hol masalasiga kelsak, bir o’rin holi misolida qaralganda, ulardagi farq qiluvchi belgilar o’rganilmaganligini uchratamiz:
Masalan 1.I live in Samarkand-Men Samarqandda yashayman
2.I go to Samarkand- Men Samarqandga boraman.
3.I came from Samarkand- Men Samarqandan keldim.
4.I came to Tashkent via Samarkand-Men Toshkentga
Samarqand orqali keldim.
5. I went along the street- Men ko’cha bo’ylab ketdim.
Mazkur gaplarda in Samarkand, to Samarkand, from Samarkand, via Samarkand, along the street elementlari tegishli gaplar tarkibidagi kesim o’rnida kelgan live, go,came,,went sintaktik birliklarga subordinativ aloqa yordamida bog’lanib,ularga nisbatan tobe element hisoblanadi.Gapdagi yadro elementlar I va live, go, came, went o’zaro yadro predikativ aloqa yordamida bog’langan. Yani, ushbu gaplarning asosiy yadrosi I live, I go, I came, I went komponentlari hisoblanadi. Bu gaplarda ham in Samarkand, to Samarkand, from Samarkand, via Samarkand, along the street sintaktik birliklar ham bir xil gap bo’lagi hisoblanib, ularning bir-biridan farq qiluvchi jarayonlar o’rganilmagan. [88,36].Bu gaplarning sintaksik aloqalarini yunktsion model va differentsial sintaktik belgilarini component model yordamida ko’rgazmali ravishda quyidagicha izohlash mumkin:
(1). I live in Samarkand.
(2). I go to Samarkand.
(3). I came from Samarkand.
(4). I came to Tashkent via Samarkand
(5). I went along the street.
(1,2.3.5 )
(4)
1 2 3 4 yu.m
Np1 NP2 ND ND k.m
Keltirilgan yunksion va komponent modellar asosida gapdagi har bir component differentsial sintaktik- semantic belgilarini aniqlash mumkin. Bu gaplarda ham yadro peridikativ I o’rinda kelgan I kategoriyalar belgilaridan substansiyalikni anglatsa nokoterial belgilardan birinchi navbatda gapda holat yuklatilgan sxema bo’lsa qolganlarda esa agentivlikni (harakat bajaruvchi shaxs) ifodalaydi.Yadro peridikativ II o’rinda kelgan elementlar live, go,came, went esa kotegorial belgilardan protsessuallikni(jarayon) ifodalasa, live nokotegorial sintaktik- semantic belgilardan stativlikni, go, came, went aktsionalikni ifodalashga xizmat qiladi.
Oxirgi sintaktik birliklar yani, o’rin holi vazifasida kelgan in Samarkand, to Samarkand, from Samarkand, via Samarkand, along the street gapning kesimiga tobe komponentlar esa kotegorial sintaktik-semantik belgilardan lokativlikni(o’rin) ifodalaydi,ammo ularning bir-biridan farqlanadigan tamoni yana uchinchi nokotegorial semantik belgilari bilan bir-biridan ajralib turadi, yani in Samarkand lokativ adessivlikni ifodalasa, to Samarkand-lokativ va allativlikni (harakat obyektga yo’naltirilganlikni) bayon etadi.
Uchinchi gapda esa from Samarkand-lokativ va ablotivlikni ifodalaydi, yani harakat obyektdan yo’naltirilganlikni ifodalaydi.
To’rtinchi gapda via Samarkand-lokativ hamda transativ (belgilangan makonga yetguncha ish harakatning kesishgan joyini anglatadi),oxirgi gapda esa along the street-lokativ hamda itinerarlik ma’nosini(mashrut,bosib o’tiladigan yo’l) ifodalaydi.
Bu gaplarning sintaksema modellari quyidagicha:
1.I live in Samarkand: SbSt·PrSt·SbLcAd;
2.I go to Samarkand: SbAg·PrAs·SbLcAb1;
3.I came from Samarkand: SbAg·PrAc·SbLcAb1;
4.I came to Tashkent via Samarkand: SbAg·PrAc·SbLcA1·SbLcTr;
5. I went along the street: SbAg·PrAc·SbLcIte.
Sb-substansiallik (shaxs yoki predmet), Pr-protsessualik(harakat yoki holat),Ag-agentivlik(harakat ijrochisi),St-stativlik(holat),Ac-aktsional(harakat ifodasi),Ad-adessivlik,Al-allativlik(harakat obyektga yo’naltirilganligi),Abl-ablativlik(harakat obyektdan yo’naltirilganligi),Tr-translativ(harakatning kesishgan joyi),Ite-itinerarlik(bosib o’tilgan yo’l) kabi sintaktik satxda semantic maydonni ifodalaydi.Lisoniy metodlar yordamida qilingan tahlildan ko’rinib turibdiki,o’rin holi vazifasida kelgan elementlar bir-biridan farqi borligi,ularni atroflicha o’rganilmaganligi haqida fikrimizning isboti bo’la oladi.Ammo shuni qayd etish joizki,mazkur bo’limda lokativlikning barcha variantlari haqida to’xtalmoqchi emasmiz.Bu o’rinda faqat lokativlik kategoriyasi ishtirok etgan gaplar qardosh bo’lmagan (ingliz va o’zbek) tillari misolida lisoniy metodlar yordamida ularning gapdagi tutgan o’rniga ko’ra tasniflab,qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilish maqsadga mos keladi,deb bo’lmaydi.Undan tashqari o’rin holining gapda u yoki bu sintaktik aloqa asosida qaysi differentsial sintaktik-semantik belgilar bilan bog’lanishi va uning konnotativ,fakultaiv va adverbial variantlari qardosh bo’lmagan tillar misolida qiyosiy-tipologik jihatdan maxsus tadqiqot obyekti bo’lmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |