O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Samarqand Davlat Chet tillar Instituti Roman-German tillari fakulteti Ismoilova Ma’mura Mikromatnda o’rin holi va uning deyktik hodisalarini qiyosiy sintaksem tadqiqi


Sintaktik qiyoslashning tadqiqot tamoyillari



Download 1,74 Mb.
bet13/23
Sana23.01.2022
Hajmi1,74 Mb.
#406201
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
Diplom ishi 21.05.2019 yil

1.2. Sintaktik qiyoslashning tadqiqot tamoyillari

Ma’lum bo’lishicha,keyingi yillarda qiyosiy tilshunoslikda qardosh va qardosh bo’lmagan tillar tizimini qiyosiy-tipologik jihatdan o’rganish masalasi jahon tilshunoslarining diqqat e’tiborini o’ziga tortib kelmoqda.Chunki qiyosiy-tipologik metod qardosh va qardosh bo’lmagan tillar materialini o’rganishda yetakchi tahlil usuli sifatida hamisha jahondagi barcha tilshunoslarning diqqat markazida bo’lib kelgan.Zotan E.Sepirning “….tilshunoslik o’zining ilmiy darajasini hind-ovrupo tillarini qiyosiy-tipologik jihatdan o’rganishdan boshladi”[60,135].Natijada,keyingi yillarda tillarni turli satxlarda tadqiq etishga bag’ishlangan ko’pgina monografik tarzdagi qiyosiy-tipologik ilmiy ishlar yuzaga keldi[3,4,13,25].

Lingivistik tipologiya mustaqil fan sifatida til tizimining barcha qatlamlarini qiyosiy-tipologik jihatdan o’rganish imkoniyatiga ega ekanligi sababli tilshunoslar e’tiborini o’ziga tortib kelmoqda.Ma’lumki,tilshunoslikning qardosh va qardosh bo’lmagan tillarni qiyosiy-tipologik jihatdan o’rganish jarayoni bundan bir necha asrlar oldin boshlangan edi.Bu borada F.F.Fortunatovning fikricha, F.Bopp hind-ovrupa tillarini qiyosiy o’rganishni bunyod etdi,sistemali qiyoslash yo’li bilan hind-ovrupa tillarining kelib chiqishi,ularning o’zaro qardoshlik darajasini belgilab berdi.Bunday yutuqqa erishish jarayonida u mazkur tillarning grammatik dalillarini qiyosiy o’rganishni ham ma’lum darajada to’g’ri yo’lga soldi”[71,49].Turkiyshunoslikda esa qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning asoschisi sifatida Mahmud Qoshg’ariy tan olinadi [73,34].

A. Meyening fikriga ko’ra,” …qiyosiy grammatika tuzish-imkoniyati boricha tilning aniq elementlarini qiyosiy o’rganish, ularning rivojlanishini bosqichma-bosqich qiyoslash hamda ularni differentsiyalab berish natijasida vaqtning o’tishi bilan nutqda paydo bo’layotgan shakllarni o’rganishdir. Qiyosiy grammatika tilni izchillik va farqlovchi tamonlarini kuzatishlar, aniq bog’lanishlar bilan aloqador bo’lishi mumkin. Hozirgi davrgacha qiyosiy- tipalogik tadqiqotlar asosan hind ovropa tillarida keng qo’llaniladi,, [40,52]

E.A. Makayevning fikricha, “…Qiyosiy tilshunoslik uchun eng zarur bo’lgan quyidagi o’zaro bog’liqliklarni hisobga olishni, yani qiyosiy- tarixiy, tarixiy- choqishtirish, qiyosiy grammatika kabilarni aniqlashdan iboratdir,,[37,11-12]

O’zbekiston respublikasi tipalogiyalaridan J.B. Bo’ronovning yozishicha, lingvistik tipalogiya o’zining tadqiqot obyektiga ko’ra: a) Genetik tipalogiya; b) arrial tipalogiya; v) qiyosiy tipalogiya; g)strukturali tipalogiya kabi bo’limlarga bo’linadi. Tipalogiya tilshunoslik fanining bir bo’limi hisoblanib, uning barcha sohalari uchun harakterlidir va uning vazifasi tilshunoslikning har bir sohasini taksanomik jihatdan tasvirlash, obyektlarni tasniflash uchun xizmat qiladi va ular lingvistik va nolingvistik xarakterga ega bo’ladi [18,33], hamda modifikatsiyalovchi faktorlar asosida qiyosiy tipalogiyaga taluqli quyidagilarga etibor qaratiladi: 1) genetic qardoshlikka va system yaqinlikka indifferentlik; 2)qiyoslashda tushuncha yoki kontensif yondashish; 3) qiyoslanayotgan tillarning sonini chegaralash; 4) qiyoslashga satxlararo yondashuv; 5) tillarda invariatliklar; 6) tipalogik operatsiyalarning nisbiy cheklanishi; 7) etalon tilining minimalligi; 8) ichki-tashqi bir xillikka (mutanosiblik) indifferentlik kabilardan iborat[20,23].

Bunday fikrlar tipalogiyaning universal xarakterga ega ekanligidan, uning tilning turli satxlarini tatqiq etishda keng qo’llash va foydalanish mumkin ekanligidan dalolat beradi.

Lingvistik tipalogiyaning tadqiqot obyekti ifoda planidan kelib chiqadigan bo’lsa, formal tipalogiyani o’z ichiga oladi, mazmun planiga ko’ra esa tipalogiya semantik tipalogiyani ham qamrab oladi. Demak, lingvistik tipalogiya tanlangan tadqiqot obyekti til materiali va til satxiga bog’liq holda quyidagi til satxlarini o’z ichiga oladi: fanalogiya, fonetika, morfalogiya, leksika va sintaksis kabilar.

B.Yu. Gorodetskiy semantic tipalogiya haqida to’xtalib: “ Semantik tipalogiya lengivistik tipalogiyaning bir bo’limi ifatida qarab, unda mazmun planidan kelib chiqib tipalogik satxlarni, yani leksiko-semantik va morfo-semantik tipalogiya; semantic satxlar tipalogiyasi, yani denatativlik, signifikativlik, ekspressivlik,semantic- sintaktik qatlamlar tipologiyasi [43,28] kabi fikrlari diqqatga sazovordir.

Ma’lumki, lingvistik tipalogiya til materialini tadqiq qilish darajasi, maqsad va vazifasiga ko’ra tillning barcha satxlari asosida ish ko’radi. Shubhasiz, birgina monografik ishida mazkur satxlar haqida atroflicha to’xtalishning iloji yo’q. Shuning uchun mazkur ishda biz til birliklarini sintaktik-semantik jihatdan o’zaro qiyoslahga e’tibor qaratishni lozim topdik.

O’tgan asrning 50-yillaridan boshlab slavyan tilshunosligida qiyosiy- tarixiy metodga bag’ishlangan ko’plab ilmiy monografiyalar, maqolalar, talabalar uchun qiyosiy grammatikadan qo’llanmalar yaratildi. Ammo ularda sintaktik tipalogiyani o’rganish obyektlari hamda sintaksisda qiyoslash uchun asosiy va aniq tipalogik kategoriyalar to’liq ishlab chiqilmagan. Jumladan, turkiyshunoslikda N.K.Dmitriyev turkiy tillarda kesim kategoriyasi va tasviriy metod to’g’risida o’z fikrlarini bayon etgan [33.104].L.M.Deliyeva,R.G.Nepesova,N.N.Slonimskaya rus,ingliz,turkman,ocetin tillarida zamon,tus kategoriyalarini hamda zamonlar nisbatini qiyosiy-tipologik metod asosida o’rganishgan.Ularning mulohazalariga ko’ra,qiyosiy-tarixiy metod til birliklarini diaxronik jihatdan tadqiq qilsa,qiyosiy metod esa sinxronik jihatdan o’rganadi,ya’ni qiyosiy-tarixiy metod qiyoslanayotgan til birliklarini shakl jihatidan o’rgansa,qiyosiy-tipologik metod esa til materialini semantic jihatdan o’rganish bilan shug’ullanadi[56,47-48].

Tilshunoslikda amalga oshirilgan qiyosiy tipalogik tadqiqotlarning ko’pchiligi tillarning morfologik satxini o’rganish bilan bog’liq. Xususan, A.N. Kononov turk va rus tillarida egalik kategoriyasini qiyosiy jihatdan o’rganib muhim ilmiy xulosalarga kelgan edi [33,73].

Agarda tilning satxi bo’yicha amalga oshirilgan qiyosiy- tipologik tadqiqotlar tarixiga e’tibor berilsa, birinchilar qatorida I.I. Meshaninov, T. Mileviskiy, Ch.E.Bazell, G.P.Malenkov va boshqalarning ilmiy tadqiqotlari ko’z oldimizda namayon bo’ladi. Demak, bundan ko’rinadiki, tilshunoslikda qiyosiy tadqiqot metodlari anchagina qadimdan shakllangan.

Shunga qaramasdan qardosh bo’lmagan tillarning sintaktik qurilmalarini yoki morfologik kategoriyalarini qiyosiy tadqiq etishda ayrim tilshunoslar tarjimani asos qilib, undan erishilgan hosila asosida ma’lum xulosalarga kelgan. Shu borada aytish joizki, tarjimaga asoslangan grammatik qurulmalarni tadqiq qilishda subyektiv yondashishdan boshqa narsa emas. Bunday hollarda biz faqat tarjimonning mahoratiga tayangan holda ish ko’rgan bo’lamiz. Chunki, har bir tilning o’ziga xos grammatik normalari va xususiyatlari mavjud. Albatta, bunday holat jahon qiyosiy tilshunosligida, yuqorida sanab o’tganimizdek 1980-yillargacha ayrim tarjimaga asoslangan qiyosiy ishlar uchraydi.

Keyngi yillarda tilshunoslikda sintaktik birliklarni qiyosiy-tipologik jihatdan tadqiq etish sohasida ham muayyan natijalar qo’lga kiritildi. Masalan, fransuz va o’zbek tillarida gaplarning ifoda plani bilan mazmun plani inobatga olinib, gap bo’laklari semantic, so’z turkumlari esa morfologik qatlam doirasida tadqiq etilgan [4,67].

Ayrim tilshunoslar sintaktik qatlamdagi til materialini shakl jihatdan qiyoslashda etalon til materialidan foydalanishni tavsiya etadilar. Masalan, B.A. Uspenskiyning fikricha “…etalon tildan foydalanish,barcha tillarga xos bo’lgan ozomorf ko’rinishlarini aniqlashga yordam beradi”[69,26].L.D.Gergadze esa qiyosiy-tipologik tadqiqotni tarjima bilan bog’lashni tavsiya etadi[30,16],ayrim tilshunoslar esa qiyoslashda bir xil hodisani tilning barcha satxlari misolida tadqiq etishni taklif etadilar.N.G.Aga-Zodaning fikricha,turli tizimdagi tillarni qiyosiy-tipologik jihatdan tadqiq qilishda quydagilarga e’tibor berishni lozim ko’radi:

1)qiyoslashda har bir tilning structural va funktsional o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash;2)qardosh va qardosh bo’lmagan tillarning grammatik tizimidagi bir-biriga mos keladigan umumiyliklarni toppish;3)tilning barcha bo’limlarida tillarni o’qitish xususiy metodikasida,o’quv dasturi va darsliklar tuzishda foydalanish mumkin bo’ladigan o’ziga xos umumiy ko’rinishlarni izlab topish;4)tekshiriladigan tillardagi grammatik va leksik-stilistik materiallar tarjimasi misolida ilmiy asoslangan tizim yaratish [4,110].

Turli tizimdagi tillarni qiyoslashga bunday yondashish asosida juda ko’p differentsial (farqlovchi) belgilani topish mumkin, bunday holda belgilar bir-biridan ajratilishi yoki farqlanishi aniq. Bu o’rinda shunga ham e’tibor berish zarurki, tipalogik nuqtai nazardan qiyoslash jarayonida differentsial belgilarni sistemalashtirishda til satxlarini bir- biridan farqlash va ularning o’zaro munosabatlarini yoki bog’liqlik tamonlarini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga struktur tipologiya nazariyasi lingvistik faktlarning qiyosiy tahlilidan kelib chiqishi kerak. Bunday holda ma’lum til materialini qiyosiy-tipalogik jihatdan o’rganishda, uni sintagmatik va paradigmatic jihatdan chegaralash mumkin, ya’ni umumiy til sistemasidan bir qancha quyi sistemalar paradigmatic va sintagmatik chegaralash jarayonida ajratib tahlil qilinishi mumkin.

Shuni ham takidlash lozimki, olib borilgan bunday tadqiqotlarning barchasida sintaktik tipalogiyaning turli tamonlari qamrab olinadi. Ularda qiyoslash uchun asosiy birliklardan so’zlar, so’z birikmalari va gap qurilmalari tadqiqot obyekti qilib olingan. Sintaktik qiyoslashda tekshirish obyektini tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi, ya’ni unda so’z birikmalari yoki gaplar satxida qiyosiy-tipalogik tadqiqotlar olib borish mumkin.

I.I.Meshaninov ta’biri bilan aytganda, qiyosiy-tipologik tadqiqotlarda “…gap bo’laklari universal kategoriya sifatida ishtirok etadi,, [41,3],S.E.Bazell til sistemalarini qiyoslashda morfologig satx bilan sintaktik satxni qo’shib olib boradi [85,43].T.Meleviskiy tillarni farqlash jarayonida kontsentrik gaplarga ega bo’lgan tillar va ekotsentrik gaplarga xos bo’lgan tillarga ajratadi [43,271], boshqa tillarda erigativ konstruksiyalarni tadqiq qilsa N.Z.Gadjiyeva- agglyutinatsiyaning o’zaro munosabatlari muammosiga va turkiy tillarning sintaktik qurulishiga e’tiborini qaratdi[24,21], B.S.Xrakovskiy esa sintaktik munosabatlar asosida gap tizimi va ularning qurulmalarini tadqiq etadi[73,5].

Yuqoridagilardan ma’lum bo’lishicha,sintaktik qiyoslash sohasida ko’pgina ilmiy tadqiqotlarning formal tomoniga e’tibor qaratilib,avval bir tilda, keyin ikkinchi tilda tahlil qilinib qiyoslash jarayonida sintaktik ko’rinishini funktsional sohalari tadqiqotchining nazridan chetda qoldi.Tillarni qiyosiy o’rganishning rivojlanish tarixiga e’tiborni qaratadigan bo’lsak jumladan, O’zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni(ingliz, nemis fransuz) o’zbek,rus, qoraqalpoq rivojlanishining guvohi bo’lmiz. Buning asoschilari Mahmud Qoshqariydan boshlab E.D. Polivanov, A.A.Abdurazzaqov, J.Bo’ranov, O’.K.Yusupov, M.A.Abdurazzoqov, J.Junusov,M.Rasulov hisoblanadi.[77].Ushbu tilshunoslar tamonidan tillarni qiyosiy o’rganishda ikki asosiy yo’nalish ishlab chiqildi: birinchisi J.Bo’ronov tamonidan qiyosiy tilshunoslikning nazariy asoslari bo’yicha, O’.Q.Yunusov esa konkret tillarni qiyosiy tahlil qilish tamoillarini ochib beradi.

O’.Q.Yunusovning takidlashicha tillarning qiyosiy tahlili jarayonida 18 parametrga etibor qaratilishni ko’rsatib o’tadi[78, 20-21].

Til tizimi turlicha satxlardan iborat bo’lishiga qaramasdan sintaktik satxlar qiyosiy jihatdan o’rganishda tadqiqotchilarning diqqat markazida gap qurilmasi asosiy o’rinni egallashi lozim. Gap qurilmasi barcha tillarga xos bo’lgani bilan ular turli tillarda turli ifodalanishi mumkin. O’z o’zidan malumki bunday xodisalar qiyosiy tahlil qilishda ko’zga tashlanadi, u bilan tillar o’rtasida o’xshashlik va noo’xshashlik hodisalari namoyon bo’ladi. Qiyosiy tahlil qilinayotgan obyektning tillararo har xilligi gap qurilishida sintaktik tizimning tapalogiyasi yaratishga yoki ajratishga yordam beradi. Ushbu yo’nalishda sintaktik ma’noni ifadalovchi elementlarni tahlil qilish qiyoslashning mahsuldor tamonlarini chiqarib beradi. Ikki til faktlarini qiyoslashning oddiy mehanizimi qiyoslash xususyatlarini to’liq ochib beradi yoki to’liq ochib bermasligi mumkin hamda pedagogik amaliyotda katta foyda bermaydi. Bunday kamchilik tilshunoslikning diqqat markazini qiyoslanayotgan tillarning xususiyatlariga qaratish uarning tillar tizmda elementlar sifatida tahlil qilinsa unday yondashuv har qanday qiyosiy tadqiqotni aniq xulosalar bilan tugatishga yordam beradi.

Tillarning Grammatik qurilmalarini tahlil qilish jarayonida qo’llaniladigan qiyosiy metod muamolari asosan ushbu metod vazifalarini aniqlab, ya’ni qiyoslanayotgan tillarning grammatik qurilishida strukturaviy funksional xususyatlarni ochib beradi.

Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib quyidagicha xulosaga kelish mumkin. Turli tizimli tillar sistemasini qiyosiy o’rganish bir tamonlama bo’lsa, ikkinchi tamoni esa sof nazariy lingvistik sohasini qamrab olish bilan birga amaliy-uslubiy maqsadni ham o’z ichiga oladi, hamda tadqiqot jarayoni nazariya bilan amaliyot o’rtasida aniq bog’lanishni keltiradi, ayniqsa turli tizim tillarini o’rganishda ona tili va chet tili o’rtasidagi o’xshashlik va noo’xshashlik tamonlarini inventarizatsiya qilish chet tilini chuqurroq o’rganish va tushinishga katta imkoniyat yaratadi. Tillarni qiyosiy o’rganishda bunday yondashuv metodi til rivojlanishida, qiyoslanayotgan tillar bir-birini boyitishda hamda tillararo aloqalarni, ularning qardoshligi va qardosh bo’lmagan darajalarini atroflicha o’rganish yordam beradi. Shularni etiborga olgan holda, mazkur ishda dastlab ingliz va o’zbek tillari misolida lokativlik kotegoriyasini qiyosiy tahlil qilishga davat etadi.Bunda asosan lokativlikni ifodalovchi unsurlarning gap tarkibidagi tutgan o’rni, ularning deyktik holatlar hamda boshqa unsurlar bilan bo’lgan sintaktik aloqalari ularning differentsial sintaktik belgilari hamda sintaktik satxdagi semantic maydonini aniqlab, ularning variantlarini aniqlash va har ikkala tilda asosiy izomorflik va alomorflik aniqlashni ko’zda tutadi. Albatta, bunday yondashuv qardosh bo’lgan tillarni qiyosiy o’rganishda yangicha bo’lib, bunda asosiy maqsad, muayyan sintaktik satxda tipologik kategoriyalar yaratishdir.

Ma’lumki har bir til sistemasining sintaktik qatlamini o’rganishda gaplar struktura jihatdan kommunikativ yo’nalishiga hamda tarkibiga ko’ra tasniflanadi. Ammo gapdagi sintaktik birliklar bir-biri bilan o’zaro bog’langan bo’lib ularning har biri gap tarkibidagi biror grammatik vazifani bajaradi. Gap strukturasini tahlil qilishda undagi gap bo’laklari sintaktik kategoriya hisoblanadi. Ushbu kategoriyalar gap tarkibidagi unsurlarning o’zaro munosabatini, bu munosabatning xarakterini, gapning grammatik jihatdan qanday bo’laklarga ajratilishini, so’zning gapdagi ro’lini ko’rsatadi. Har bir gap ma’lum ob’ektiv mazmun va substant material ya’ni so’zlar yordamida ifodalanadi.

Mazkur bitiruv malakaviy ishda gap bo’laklariga atroflicha xarakteristika bermasdan ikkinchi darajali bo’laklarni o’rin holi o’rnida kelgan, lokativlikni ifadalovchi unsurlarni gapdagi tutgan o’rni, komponentlararo sintaktik aloqalarni aniqlash, differentsial sintaktik belgilarni hamda differentsial sintaktik- semantic belgilarni va ularning paradikmatik qatorini hamda makon deyksis vositalarini ingliz va o’zbek tillari misolida qiyosiy tahlil etishdir.


Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish