O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/308
Sana18.01.2022
Hajmi2,37 Mb.
#385134
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   308
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

V Bob. XALQARO TURIZM BOZORI 
 
5.1. Turistik talab mohiyati 
5.2. Turistik talab va ehtiyojning asosiy belgilari 
5.3. Hozirgi zamon turistik talablar tendensiyasi 
5.4. Turistik mahsulot tushunchasi 
5.5. Turistik mahsulotlar ishlab chiqarish  omillari 
5.6. Turistik takliflar mohiyati 
5.7. Turistik industriya sektorlari bo‘yicha takliflar  
       xususiyatlari  
 
5.1. Turistik talab mohiyati 
 
 
Ehtiyoj va talab
. Har qanday odam o‘z hayoti davomida qandaydir u yoki bu 
narsaga  ehtiyoj  sezadi.  Bu  birlamchi  ehtiyoj  o‘zining  fiziologik  tabiatiga  ko‘ra, 
odatda  tug‘ma  hisoblanadi.  Bu  –  ovqatga,  suvga,  nafas  olishga,  uyquga,  jinsiy 
aloqaga  ehtiyojdir.  Ulardan  farqli  ravishda  ikkilamchi  ehtiyoj  psixologik  harakterga 
egadir.  Agar  atrofdagilar  uning  xizmatlarini,  iste’dodini  yoki  jamoa  a’zosi  sifatida 
huquqini  tan  olmasa  kishi  kuyinadi.  Birlamchi  ehtiyoj  genetik  jihatdan  qoida  bor, 
ikkilamchisi esa tajriba orqali namoyon bo‘ladi. 
Odamlar  hech  qachon  bir  xilda  tajribaga  ega  bo‘lishmaydi.  Shu  jihatdan 
ikkilamchi ehtiyoj ko‘p darajada birinchisiga nisbatan yaqqol farqlanadi. 
Ehtiyojni bevosita ko‘rib yoki o‘lchab bo‘lmaydi. Uning mavjudligini odamlar 
xulqi-atvoriga  qarabgina  bilish  mumkin.  Psixologlar  odamlarni  kuzata  turishib, 
ehtiyoj  harakat  motivlari  bo‘lib  xizmat  qiladi,  degan  xulosaga  kelganlar.  Agar 
nimadir  yetishmasligi  kuchli sezilsa,  odamda  intiluvchanlik  hissiyoti  uyg‘onadi.  Bu 
bo‘lajak xulqiy ehtiyoj maqsadga erishishiga butun diqqat-e’tiborni safarbar etadi. Bu 
holda  maqsad  hech  narsa  emas,  zaruratni  qondirish  vositasi  xolos  deb  tushuniladi. 
Qo‘yilgan  maqsadga  erishilganida  esa  ehtiyoj  to‘liq  yoki  qisman  qondirilgan,  yo 
qondirilmagan bo‘ladi. 
Misol  uchun  charchoq  hissiyoti  kishida  chipta  (bilet)  olib  kurortga  jo‘nab 
ketish  harakatini  uyg‘otadi.  Biroq  yomon  ob-havo  to‘laqonli  dam  olishga  halaqit 
beradi.  Ehtiyoj  qondirilmay  qoladi.  Kuchaygan  ichki  zo‘riqish  esa  shaxsni  uni 
so‘ndirish uchun yangi yo‘llar va usullar qidirishga majbur etadi. 
Maqsadga  erishish  chog‘ida  olingan  qoniqish  darajasi  shunday  o‘xshash 
vaziyatlarda  kishi  xulqiga  ta’sir  etadi.  Yanagi  safar  u  xulq  modeli  bo‘yicha  harakat 
qiladi, ijobiy natijalarga tayanadi, salbiy tajribalarni takrorlamaslikka intiladi. 
Shaxs  xulqi  faqat  ehtiyoj  bilangina  aniqlanmaydi.  U  umidvorlik  va  qabul 
qilishga ham bog‘liq. 
Motiv  va  mukofatlanish  psixologik  motivatsiya  nazariyasida  asosiy 
tushunchalar  mohiyatini  tashkil  qiladi.  Bu  sohada  ilmiy  qarashlar  yarim  asrdan 
ko‘proq oldin shakllana boshladi. Ammo «Odamlarni harakat qilishga nima  majbur 
etadi?»,  «Ular  o‘z  kuch  va  imkoniyatlarini  ko‘zlangan  maqsad  sari  qanday 
yo‘naltirishadi  va  taqsimlashadi?»  degan  bosh  savollarga  hozirgacha  yagona  qat’iy 
javob  olingani  yo‘q.  Psixologlar  shaxs  faoliyati  motivlarini  tushuntiruvchi  qator 


                      
83 
nazariyalar ishlab chiqishgan. Ulardan eng mashhurlari Zigmund Freyd va Abraham 
Maslou  nazariyalaridir,  ularda  iste’molchi  xulqi  atvorini  o‘rganishga  mutlaqo  turli 
tomonlardan  yondoshilgan.  Quyida  nomlari  keltirilgan  mualliflar  nazariyalaridan 
turistik bozorni tadqiq etishda foydalanish mumkin. 
Avstraliyalik psixiatr – vrach va psixolog, psixoanaliz asoschisi Z. Freyd (1856 
- 1939) odamlar ularning xulqi – atvorida shakllangan psixologik kuchlarning haqiqiy 
mohiyatini tushunmaydilar deb hisoblagan. Bu hissiyotlar tushlarda, turli-tuman gap-
so‘zlarda, shuningdek ruhiyat va asab buzilishlarida namoyon bo‘ladi. 
Z. Freyd izdoshlari iste’molchilarning bozorga bo‘lgan xulq-atvori motivlarida 
juda  ko‘p  yashirin  dalillar  va  qiziqarli  holatlarni  to‘plashgan.  Misol  uchun,  ba’zi 
odamlar  olxo‘ri  qoqisini  sotib  olishmaydi.  Chunki  u  qora  va  burishgan  bo‘lganligi 
sababli,  ular  keksalik  va  kasallikni  eslatadi.  Iste’molchilar  motivatsiyasini  tadqiq 
qilish bunday kutilmagan natijalarga olib kelishiga qaramay, ular mijozlar xulq-atvori 
xususiyatlarini o‘rganuvchi mutaxassislarga qo‘l kelishi mumkin. 
Amerikalik  psixolog-faylasuf,  Brendon  universiteti  psixologiya    professori 
A.Maslou  (1908-1968)  ham  nima  uchun  konkret  ehtiyoj  kishini  ma’lum  vaqtda 
harakat  qilishga  majbur  etishini  tushuntirishga  urindi.  Uning  fikricha, inson  ehtiyoji 
qandaydir iyerarxik tizimda (rasm 4). 
 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish