O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


statistik  axborotning  to‘liqligi



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/308
Sana18.01.2022
Hajmi2,37 Mb.
#385134
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   308
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

statistik  axborotning  to‘liqligi 
va  ishonchligi
.  Boshqacha  aytganda  xalqaro  turizm  haqida  zarur  axborotlarni  qay 
tarzda  olish  va  yig‘ilgan  bir  qancha  ma’lumotlardan  qanday  qilib  bo‘shliqlarni 
to‘ldirish muammosi. 
1998  yil  BTT  «Turizm  bo‘yicha  iqtisodiy  hisobot»  ni  e’lon  qildi.  Unda  u 
o‘zining turizm statistikasi sohasidagi ko‘p yillik tajribasini umumlashtirdi. 
Uning  bo‘limlaridan  biri  statistik  axborotlar  va  ma’lumotlarni  yig‘ish 
muammosiga bag‘ishlangan. BTT xalqaro turizm haqida umumlashgan axborotlarni 
olish uchun yetishmayotgan birlamchi ma’lumotlarni hisoblash usulini taqdim etdi.  
Hozirgi  paytda  birorta  davlat  turizmni  kuzatish  bo‘yicha  to‘la  hajmda  tizimli 
ish olib borayotgani yo‘q. BTT hisobotiga muvofiq jahonning 18 mamlakati (hududi) 
da sayyoramizning 0,5  %  aholisi  yashayotganiga qaramasdan xalqaro  turizm  haqida 
hech  qanday  axborot  taqdim  etilmagan.  Ularning  ko‘pchiligi  iqtisodiy  jihatdan  sust 
rivojlangan bo‘lib, jahon  turizm bozorida ulushlari juda kam. 202 mamlakat (hudud) 
yillik  statistik  ma’lumotnomalarga  kiritilgan.  Ular  xalqaro  turistik  almashish 


                      
78 
to‘g‘risida  ma’lumotlar  to‘plashadi,  ko‘rsatkichlari  ruyxati  juda  cheklangan.  Hatto 
statistika ishlari yaxshi yo‘lga quyilgan Fransiyada ham, hisob juda ko‘p bo‘shliqlar 
bilan  amalga  oshiriladi.  Turistik  oqimlar  statistikasida  ekskursion  va  ish  yuzasidan 
qisqa  muddatli  safarlar  to‘g‘risida  ma’lumotlar  fragment  harakteri  beriladi.  Turistik 
harajatlar  statistikasi  ham  to‘liq  holda  emas.  Statistik  kuzatuvlar  materiallari  tahlili 
shuni ko‘rsatadiki, kirish turizmi hisobi, chiqishga nisbatan yaxshi yo‘lga  qo‘yilgan. 
202  mamlakatdan  (hududda)  atiga  uchtasida  xalqaro  turistik  kelishlar  haqida 
ma’lumotlar  yo‘q,  xolos.  12  tasida  esa  xalqaro  turizmdan  daromadlar  yo‘q.  Jo‘nab 
ketish  turizmi  hisobotning  statistik  shaklida  juda  yomon  aks  ettirilgan.  Mamlakat 
(hudud)  larning  yarimida  aholining  chegara  ortiga    safari  soni  va  xalqaro  turizmga 
harajatlar  kattaligi  to‘g‘risida  axborotlar  yo‘q.  Xalqaro  transportda  tashishlardan  va 
ularga harajatlar to‘g‘risida ma’lumotlar hamma joyda ham yig‘ilayotgani yo‘q. 202 
mamlakat  (hudud)  dan  faqat  80  tasi  BTT  tomonidan  so‘ralgan  xalqaro  turizmning 
rivojlanishi haqida ma’lumotlarni bera oladi, xolos. 
BTT  yetishmaydigan  axborotlarni  bosqichlar  bo‘yicha  baholash  usulini 
qo‘llab,  hisoblash  yo‘li  bilan  oladi.  Dastlab  hamma  mamlakatlar  bir  xildagi 
guruhlarga tenglashtirilib bo‘linadi. Ular jahonning subregionlari bo‘yicha, ularning 
ichida  esa  turmush  darajasiga  (aholi  jon  boshiga  tushadigan  turizm)  qarab 
birlashtiriladi. Har bir guruh uchun bir marta kelishdan tushadigan o‘rtacha daromad 
va  chegaradan  tashqariga  bir  safarning  o‘rtacha  harajatlari  hisoblab  chiqiladi.  Ular 
yordamida BTT ekspertlari murakkab bo‘lmagan matematik operatsiyalar yordamida 
turistik  oqimlar  va  turistik  daromadlar  va  harajatlar  statistik  bosh  ko‘rsatkichlari 
ahamiyatini aniqlashadi. 
Xalqaro  turizmdagi  tushumlar  ma’lumotlarga  ega  bo‘lmagan  mamlakatlar 
uchun ularning hajmi xalqaro turistik kelishlarning bir martasidan tegishli mamlakat 
guruhi  o‘rtacha  daromadi  orqali  bir  marta  kelish  soni  bilan  taqqoslab  aniqlanadi. 
Agar  mamlakatga  xalqaro  turistik  kelishlar  sonini  aniqlash  talab  etilsa,  xalqaro 
turizmdan  tushadigan  tushum  tegishli  mamlakat  guruhining  bir  marta  kelishi 
daromadi o‘rtacha kattalikka bo‘linadi. 
Chiqish  turizmi  to‘g‘risida  axborotlar  ayrim  mamlakatlardagina  yo‘qligi 
nazarda  tutilsa,  turistik  kelishlar  va  daromadlar  to‘g‘risida  olingan  baholovchi 
ma’lumotlar  hudud  va  butun  jahon  ko‘rsatkichlari  uchun  ularning  yakuniy 
ahamiyatga  jiddiy  tuzatishlar  kiritiladi.  1995  yil  jahonda  xalqaro  turistik  kelishlar 
soni  aniqlashdan  keyin  0,02  %  ga  ko‘paydi.  Xalqaro  turizmdagi  tushumlar  esa  1,5 
mlrd. $ yoki 0,4 % oshdi. Bu raqamlar statistik hisobdorlik chiqish turizmi to‘g‘risida 
ishonchli axborotlar manbai bo‘lib hisoblanishini ko‘rsatadi. 
Jo‘nash – chiqish turizmi statistik ko‘rsatkichlarni safarga qilinadigan o‘rtacha 
harajatlarni hisoblashga asoslanadi. Mamlakatda xalqaro turizmga harajatlar umumiy 
hajmini  chegaradan  tashqariga  turistik  safarlarning  soni  mamlakat  tegishli  guruhi 
safari  o‘rtacha  xrajatlari  sifatida  tasavvur  etish  mumkin.  Statistik  hisobotlar 
firmalarida  turistlarning  jo‘nab  ketish  ko‘rsatkichlariga  ham  ahamiyat  berilmaydi. 
Ko‘pincha  tushib qoldiriladi.  Ammo  ko‘pchilik  milliy  turistik ma’muriyatlar  jo‘nab 
ketish-chiqish turizmi, statistikasini umuman yuritmaydilar va bu haqda hech qanday 
ma’lumotlarga ega emas. Xalqaro turizmga harajatlar kattaligi bunday holda aholi jon 
boshiga  to‘g‘ri  keladigan  safar  o‘rtacha  harajatlari  tegishli  mamlakatlar  guruhlari 


                      
79 
uchun  aholisi  sonini  hisoblab  chiqish  orqali  aniqlanadi.  Keyin  esa  ma’lum  formula 
bo‘yicha jo‘nab ketishlar soniga hisoblab chiqiladi. 
Bosqichma-bosqich  usuli  BTT  ga  har  bir  mamlakatda  chiqish  to‘g‘risida 
ma’lumot  olishga  yordam  beradi.  So‘ngra  butunjahon  masshtabida  yakunini 
chiqarishga  ko‘maklashadi.  Aniqlangan  ma’lumotlar  bo‘yicha  1995  yil  jo‘nab 
ketishlar soni 576 mln. safarga yetdi. Ko‘payish tomonga tuzatishlar 5,9 % ni tashkil 
etdi.  Bu  kirish  turizmi  bo‘yicha  ancha  yuqori,  ammo  avvalgidek  uncha  sezilarli 
bo‘lmagan holda qoldi. 
Statistik  kuzatuvlar  materiallarida  ko‘proq  jiddiy  tuzatishlar  xalqaro 
transportda  tashish  daromadlarini,  shuningdek  ularga  harajatlarni  aniqlashda 
kiritiladi.  Bu  tashish  to‘g‘risida  birlamchi  ma’lumotlarni  yig‘ish  yomon  yo‘lga 
qo‘yilgani  bilan  izohlanadi.  202  mamlakat  (hudud)  dan  79  tasida  transport 
daromadlari  to‘g‘risida,  68  tasida  esa  harajatlar  to‘g‘risida  ma’lumotlar  yo‘q.  Ular 
uchun maxsus hisoblash o‘tkazildi. Unga tegishli mamlakatlar guruhlarining umumiy 
turistik tashishda transport daromadlari va harajatlari ulushi baza bo‘lib xizmat qiladi. 
 
)
1
(




Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish