O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/308
Sana18.01.2022
Hajmi2,37 Mb.
#385134
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   308
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

strategik  alyanslar
  ham 
tuzilmoqda.  Birinchisiga  mulkiy  munosabatlarni  o‘zgartirish  xos.  Ikkinchisi  esa 
tomonlarning  kelishuviga  asoslangan  va  mulkchilik  munosabatlariga  teginilmaydi. 
Shuning uchun strategik alyanslar keng yoyilmoqda. 
Strategik alyanslar turli ko‘rinishlarda (konsorsiumlar, strategik harakterdagi 
qo‘shma  korxonalar  va  h.k)  bo‘lishi  mumkin.  An’anaviy  firmalararo 
shartnomalardan  farqli  ravishda  ularning  hammasi  alyans  ishtirokchisining  global 
strategik  faoliyat  doirasida  kompaniya  uchun  uzoq  muddatli  raqobatbardosh 
ustunlikka erishishga qaratilgan. 
Mehmonxonalar xo‘jaligida strategik alyanslar xizmatlarni birgalikda amalga 
oshirish  uchun  bir  necha  kompaniyalar  o‘rtasida  tuziladi.  Mol  sotish,  kelishilgan 
marketing  faoliyati,  yirik  moliyaviy  qo‘yilmalarni  amalga  oshirish  yagona 
tarmoqlari  yaratiladi.  Bunday  birlashuvlar  asosiy  motivlari  shundan  iboratki, 
mehmonxona  kompaniyalari  oraqali  bozorda  o‘zining  savdo  markasi  harakatini 
amalga  oshirish  hisoblanadi.  Alyans  doirasida  bir  firma  mahsuloti  ikkinchisiga 
bozorga  chiqishga  imkoniyat  yaratadi  va  moliyaviy  qaltislikni  bo‘lib  olish  yo‘li 
bilan  noqulay  iqtisodiy  kon’yunktura  chog‘ida  ikkalasi  ham  bankrotlikdan  qutulib 
qolishadi.  
Strategik  alyansga  misol  bo‘lib  1996  yil  oxirida  «Karlson  Xospiteliti  Uorld-
uayd»  (AQSH)  va  «For  Siznz»  (Toronto)  guruhlari  o‘rtsaida  tuzilgan  sherikchilik 
bitimlari  xizmat  qiladi.  Uning  maqsadi-so‘nggi  xalqaro  otellar  zanjiri  «Ridjent»ga 
tegishli  otellarni  kengaytirish.  Alyanslar  o‘z  samaradorligini  ko‘rsatib,  XXI  asrda 
mehmonxonalar  o‘sishining  bosh  strategiyasiga  aylanadi.  Mehmonnovvozlik 
industriyasida  tadqiqot  o‘tkazgan  Nyu-York  universiteti  mutaxassislari  shunday 
xulosaga keldilar. 
Globallashuv  jarayonlari  ko‘proq  havo  transportida  ko‘zda  tutilmoqda. 
Jahonning  yetakchi  aviakompaniyalar  o‘rtasida  mustahkam  sherikchilik  aloqalari 


                      
244 
yo‘lga qo‘yilmoqda. Ular yirikroq yuktashuvchilar aksiyalarini sotib olishdan ko‘ra 
o‘z raqobatchilari bilan strategik alyanslar tuzishni ma’qul ko‘rishmoqda. 
O‘zaro  kelishuvga  erishib,  aviakompaniya  tezda  yo‘nalish  tarmoqlarini 
kengaytirishi,  o‘zining  bozor  ulushini  ko‘paytirishi,  boshqa  yuk  tashuvchilarning 
bozorga kirishini cheklab qo‘yishi mumkin. Bunday hamkorlik alyansning hamma 
ishtirokchilariga  umumiy  natijalar  beradi  -  havo  orqali  yuk  tashish  hajmini  va 
foydani ko‘paytiradi.  
Aviakompaniyalar  o‘rtasidagi  bitimlar  faoliyatning  har  xil  sohalariga 
taaluqlidir. Ilgari ular aeroportlarda asosan yuk ortish, tushirish ishlarini boshqarish, 
joriy  moliyalashtirish  va  investitsiyalash  (birgalikda  yonilg‘i,  samolyotlar  sotib 
olish, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish, ustaxonalaridan foydalanish va h.k.)ga, 
shuningdek  birlashgan  tijoriy  vakolatxonalar  ochishga  tarqalardi.  Misol  uchun 
«Djapan  Eyrlaynz»,  (Yaponiya),  «Lyuftganza»  (Germaniya)  va  «Er  Frans» 
(Fransiya)  aviakompaniyalari  Nyu-Yorkdagi  J.Kennedi  nomidagi  aeroportda 
birgalikda terminal qurish haqida bitim tuzdilar. 
Bugungi  kunda  havo  tarnsportida  xalqaro  strategik  alyanslar  taraqqiyotning 
yangi  bosqichini  boshdan  kechirmoqdalar.  Aviatashishlar  bozori  ustidan  nazorat 
o‘rnatishga  intilib,  alyans  a’zolari  tez-tez  uchadigan  yo‘lovchilar  uchun  maxsus 
rag‘batlantirish  dasturi  doirasida  o‘zaro  o‘z  identifikatsion  kodlari  bilan 
almashinishda  hamkorlik  qilishga  kelishib  oldilar.  Bu  tarzdagi  tajribalar 
aviaxizmatlar bozorida chuqur o‘zgarishlarga olib keldi. 
Mahsus  «Ef-Ef-Pi»  dasturi  mijozlarni  ma’lum  aviakompaniyalarga  birkitib 
qo‘yadi va yo‘lovchilarni boshqa yuk tashuvchilarga oqib ketishiga to‘sqinlik qiladi. 
Keyingi  vaqtlarda  ular  qudratli  marketing  quroliga  aylandi.  Samarali  qo‘llanilishi 
global  strategik  alyansda  integratsiyalash  hollarida  imkoniyatlarni  yanada 
kengaytirayapti. 
Yaqinda  «Yunayted  Eyrlaynz»,  «Lyuftganza»,  «Eyr  Kanada»  va  SAS 
aviakompaniyalari  doimiy  yo‘lovchilarga  munosabatda  birgalikda  strategik  dastur 
ishlab chiqdilar. 
Rag‘batlantiruvchi  dasturlarni  birlashtirgan  holda  alyans  a’zolari  o‘zlarining 
mijozlar  bazasini  kengaytirmoqda  va  bozordagi  o‘rinlarini  mustahkamlashmoqda. 
Bu  strategiya  havo  transportini  umum  liberallashtirish  sharoitida  aviatashishlarni 
monopollashtirishga olib keladi. U bozorga yangi o‘yinchilar chiqishi va raqobatni 
cheklash uchun to‘siq yaratadi. 
Mayda  va  yangi  tashkil  etilgan  avia  kompaniyalar  alyanslarni  ko‘p  sonli 
doimiy  yo‘lovchilar  kontingentiga  egalik  qilishda,  antimonopolik  qonunchilikni 
buzishda  ayblaydilar.  Monopoliya  harakatlari  ustidan  nazorat  qilish  va  raqobat 
muhitini  himoya  qilish  mahsus  organlari  alyanslarning  shakllanishi  va  strategik 
rivojlanishi ustidan diqqat bilan ko‘zatib turadilar. 
Ammmo  ular  hozircha  belgilangan  huquqiy  meyoorlarni  amalda  buzulishi 
hollarini 
ko‘rib 
chiqmaydilar. 
Tez-tez 
uchuvchi 
yo‘lovchilar 
uchun 
rag‘batlantiruvchi  dasturlarni  birlashishidan  tashqari,  alyans  a’zolari  o‘rtasidagi 
identifikasion 
kodlar 
almashinish 
yo‘nalishi 
bo‘yicha 
hamkorlik 
mustahkamlanmoqda.  Xalqaro  fuqarolar  aviatsiyasi  tashkiloti  (IKAO)  qoidalari 
bo‘yicha avikompaniya o‘zining identifikatsion  kodlarini boshqalarga foydalanish 


                      
245 
uchun  taqdim  etishga  haqli  yoki  bir  necha  tashuvchilar  o‘sha  bitta  koddan 
foydalanishlari  mumkin.  Bu  degani  yo‘lovchilar  biletda  ko‘rsatilgan 
avikompaniyalar  samolyotlarida  emas,  balki  boshqasida  uchadilar.  Is’temolchilar 
huquqlarini  himoya  qilish  uchun  kod  almashinuvlarini  tartibga  solish  taklif 
etilmoqda.  Mazkur  masalani  hozir  muhokama  qilish  jarayoni  kechmoqda. 
Aviakompaniyalar  hozircha  hech  bo‘lmaganda  bu  tartib  haqida  yo‘lovchilarni 
xabardor qilishlari zarur.  
 
Idensifikatsion  kodlarning  almashinishida  «ha»  va  «qarshi»  degan  dallilar 
qanaqa 
bo‘lmasin, 
bitimlar 
soni 
o‘sib 
bormoqda. 
1997yil 
ispan 
«Iberiya»aviakompaniyasi,  Shvesariyaning  «Svisseyr»  va  Avstriyaning  «Ostrian 
Eyrlaynz» kompaniyalari bilan «Delta Eyrlaynz» kodini almashish haqida kelishib 
oldi.  «British  Midlend»,  «Galf  Eyr»bilan,  «Djapan  Eyrlaynz»,  Avstriyaning 
«Kuantas  Eyrlaynz»  bilan  xuddi  shunday  kelishib  oldilar.  O‘sha  yili  «Delta 
Eyrlaynz»    va  «Kantinentl  Eyrlaynz»,  «Er  Frans»  bilan  kod  almashinish  bo‘yicha 
ko‘p  rejali  bitim  imzoladilar.  Identifikatsion  kod  almashinishlar  bo‘yicha 
tuzilayotgan  bitimlar  ko‘pincha  xalqaro  strategik  alyanslarga  aylanish  bilan 
yakunlanadi.  
 
Hozirgi  kunda  dunyoda  363  tadan  ortiq  avikompaniyalar  alyansi  mavjud. 
Ularning  soni  toboro  ko‘payib  bormoqda.  Ko‘pchilik  yangi  alyanslar  birgalikdagi 
marketing  va  texnik  taraqqiyot  egiluvchan  tashkil  etilgan  faoliyati  bilan  ajralib 
turadi. 
 
Tashuvchilar  o‘rtasidagi  sherikchilik  munosabatlarini  yo‘lga  qo‘yishda 
kutilayotgan  siyosat  to‘siqlarga  duch  kelyapti.AQSH  alyanslarga  ikki  tomonlama 
«ochiq osmon» haqida bitim imzolashi sharti bilan antitrest imuniteti taqdim etyapti. 
Bu  bitimlar  amerakalik  tashuvchilarga  Yevropa  va  Osiyo  aviabozorlariga  kirib 
borish  imkonini  beradi.  Ayrim  mamlakatlar  (Shveysariya,  Yaponiya  va  boshqalar) 
Amerika tamoni bosimiga qarshi turishga urinishyapti. Eski qit’ada alyanslar tuzish 
Yevropa  komissiyasining  ikki  tamonlama  bitimlar  masalasi  bo‘yicha  tutgan  o‘rni 
tufayli  mushkullashyapti.  YEI  yagona  hududiy  tuzilma  sifatida  qaralib,  ular  bir 
mamlakat  bilan  alohida  bitim  imzolash  tajribasidan  voz  kechib,  qat’iy 
markazlashgan muzokaralar jarayoniga kelishni ta’minlaydi. 
 
Paydo bo‘layotgan to‘siqlarga qaramay aviakompaniyalar birlashishda davom 
etayapti.  Tez-  tez  o‘sha  bitta  tashuvchining  o‘zi  bir  necha  alyanslarga  turli 
markazlar  bilan kirayapti. Avikompaniya  kompaniyalar  bilan bazaviy    bitimga  ega 
bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga boshqa tashuvchilar bilan to‘la huquqli marketing 
va tijorat a’zosi bo‘la oladi. Misol uchun «Lyuftganza», «Yunayted Eyrlaynz» bilan 
global  strategik  alyansda  bo‘lishdan  tashqari  «Finneyr»  bilan  marketing  alyansi, 
«Djapan  Eyrlaynz»  va  «Korean  Eyrlaynz»  bilan  fraxt  alyans  tuzgan.  Shuningdek 
identifikatsion  kodlar  almashinishi  bo‘yicha  «Adria  Eyrveyz»,  «Varig  Brazilian 
Eyrlaynz»,  «Lyukseyr»  va  «Ostrian  Eyrlaynz»  aviakompaniyalari  bilan  bitimlar 
imzolagan.  Tashuvchilar  jahon  alyansi  tuzishi  bilan  ilgari  erishilgan  kelishuvlar 
istiqbollari taboro noaniqlik bo‘lib qolmoqda.  
 
Havo transportida «Uanuorld»va «Star alyans» yirik birlashmalar hisoblanadi. 
Ularning har biri yiliga 180 mln dan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadilar.  


                      
246 
 
Jahonning  yetakchi  besh  avikompaniyalari  «Ameriken  Eyrlaynz»,  «British 
Eyrlaynz», «Kanadion Eyrlaynz», «Kitay Pasifik Eyrveyz» va «Kuantas Eyrlaynz» 
yangi global alyans «Uanuorld» tashkil qilinmoqchi ekanligini e’lon qildilar Uning 
a’zolari    qiymati  o‘nlab  million  funt  sterling  bo‘lgan  qo‘shma  dasturni  amalga 
oshirishga  kirishdilar.  Alyans  doirasida  butunjahon  «Uanuorld»  tarif  tarmog‘i 
mavjud. U orqali indentifikatsion kodlar almashinuvi amalga  oshiriladi. Shningdek 
yaqinda  joriy  etilgan  biletlarni  bronlashtirishning  yagona  tizimi  bo‘yicha  doimiy 
yo‘lovchilar  uchun  uchish  millarini  o‘zaro  hisob-kitob  qiladi.  Alyansga  a’zo 
bo‘lishning zarur sharti mazkur tashuvchilar birlashmasi tamonidan ko‘zda tutilgan 
xizmatlar va imtiyozlar to‘liq paketini taqdim etish. 
Shuning 
uchun 
ham 
«Uanuorld»ga 
kirishga 
qaror 
qilingan 
ispan 
«Iberiya 
», 
fin 
«FinnEyr»aviakompaniyalari  izchil  yo‘lga  qo‘yilgan  telekommunikatsiya  ishlarini 
bajarishi, alyans  talablariga  muvofiq xodimlarni  qayta  tayorlashlari  lozim  edi. Ikki 
yangi  a’zo  qo‘shilishi  bilan  «Uanuorld»  yo‘nalishi  tarmoqlari  800  dan  ortiq 
boriladigan manzillarni qamrab oldi. 
 
Boshqa  bir  xalqaro  avia  tashish  birlashmasi  «Star  Alyans»1997  yili 
«Lyuftganza»  tashabbusi  bilan  tashkil  etilgan.  Bugun  unga  Germaniya,  AQSH, 
Kanada,  Yaponiya,  Avstriya,  Yangi  Zelandiya,  Braziliya  va  boshqa  mamlakatlar 
aviakompaniyalari  kiradi.  «Star  Alyans»  a’zolari  safini  kengaytirish  davom 
etmoqda.  Ularga  ahamiyati  jihatdan  ikkinchi  bo‘lgan  Britaniyaning  «British 
Midlend»,  Meksikaning  eski  tashuvchilaridan  bo‘lgan  «Meksikana    Eyrlaynz» 
avivakompaniyalari  qo‘shildilar.  London  aeroporti  «Xitrou»da  joylashgan  «British 
Midlend»ning  alyansga  qo‘shilishi  ikki  raqobatchi  global  avikompaniyalar  uchun 
dunyodgi  yagona  tugunni  vujudga  keltirdi.  «Star  Alyans»ning  umumiy  yo‘nalish 
tarmog‘i jahonning 130 mamlakatida joylashgan  815 manzilni bog‘laydi. 
 
Alyansning  aviakompaniyalari  samolyotlarning  o‘rtacha  har  9  daqiqada 
parvoz  qilishadi  va  umumiy  olganda  har  kuni  9600  ga  yaqin  reys  bajarilishini 
ta’minlaydi. 
 
«Uanuorld»  va  «Star  Alyans»dan  tashqari,  xuddi  shunday  boshqa  tashuvchi 
birlashmalar «Kvoliflayer Grup» va «Vands» ham faoliyat yuritadi. Yaqinda Nyu- 
Yorkda yangi alyans «Skay Tim» tashkil etilgani e’lon qilindi. Uning yadrosi bo‘lib 
bir  necha  yillardan  buyon  hamkorlik  qilib  kelayotgan  «Delta  Eyrlaynz»  va 
«Erfrans» hisoblanishadi. Yaratuvchilar so‘zlariga qaraganda, alyans ko‘p jihatdan 
avvalgi  rasmiylashtirlgan  birlashmalardan  farqli  ravishda  birinchi  navbatda 
yo‘lovchilar manfatiga qaratilgan. Alyansning AQSH, Yevropa mamlakatlari, Lotin 
Amerikasi  va  Osiyoda  ommaviy  axborot  vositalarida  avj  oldirilgan  reklama 
kompaniyasi «Biz siz haqingizda g‘amxo‘rlik qilamiz» shiori ostida o‘tkazilmoqda. 
 
«Skay  Tim»ga  «Aeroflot  –  Rossiya  aviayo‘nalishlari»va  «O‘zbekiston  havo 
yo‘llari» qo‘shilishi rejalashtirmoqda. Tashuvchilarda alyansning to‘la huquqi a’zo 
bo‘lishi  uchun  barqaror  ish  sharoitida  barcha  imkoniyatlar  yetarli.  Hozirda  esa 
Rossiya  va  MDH  aviakompaniyalari  alyanslarni  tuzish  haqida  muzokaralar  olib 
bormoqda.  Globallashuv  jarayonlariga  qo‘shilar  va  vatanmiz  vositachilik 
firmalarining  halqaro  turizmiga  kirishida  ehtimol  bo‘lgan  salbiy  holatlarga  yo‘l 
qo‘ymaslik  uchun  intilar  ekan,  respublika  turizm  bozorida  normal 
sivilizatsiyalashgan munosabatlar o‘rnatib olg‘a qadam tashlayapti.  


                      
247 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish