O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/308
Sana18.01.2022
Hajmi2,37 Mb.
#385134
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   308
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Franshiza
  mohiyatan  savdo  markasi  prokatini  bildiradi.  Korporatsiya, 
xususan  mehmonxonalar  tadbirkorga  yagona  standartda  ularning  nomi  ostida  o‘z 
xususiy ishini yuritish huquqini beradi. U franshiza oluvchiga bu faoliyatni amalga 
oshirishda  hamkorlik  qiladi.  O‘z  mavqeyini  saqlab  qolish  maqsadida  uni  nazorat 
qilib  turadi.  Potensial  franshiza  oluvchini    tanlab  olish  murakkab  jarayon.  Har  bir 
mehmonxona  kompaniyalari  bunga  o‘z  mezonlaridan  kelib  chiqib  yondoshadilar. 
Ko‘pincha  franshiza  shartnoma  tuzish  uchun  majburiy  shart  sifatida  korxonaning 
minimal  hajmi  (50-150  o‘rin),  majud  restoran,  bar,  o‘z  korxonasi,  basseyn, 
konferensiyalar va yig‘ilishlar o‘tkaziladigan bino qo‘yiladi. Amerikaning «Xolidey 
Inn  Uorlduayd»  mehmonxona  zanjirida  hal  qiluvchi  bo‘lib  korporatsiyaning  otel 
binosiga bergan ta’rifi standartga to‘g‘ri keladimi yo‘qmi, hisoblanadi. Bir kun kelib 
bunday testdan o‘tgan franshiza oluvchi yuqori daromadni ko‘zlashi mumkin. 
1996  yil  Nyu  York  universiteti  tomonidan  o‘tkazilgan  tadqiqot 
ma’lumotlariga  ko‘ra,  ishga  aloqador  turistlarning  3/4  va  dam  olishga  borayotgan 
turistlarning  2/3  savdo  markasidan  kelib  chiqib,  otel  tanlaydilar.  Mehmonxonalar 
zanjirida bitta xona daromadi, mustaqil otellarga qaraganda 7 marta yuqori ekanligi 
hisoblab chiqilgan. 
Firma  ramzidan  tashqari,  bosh  tashkilot  tadbirkorga  sinalgan  usulda  biznes 
yuritish  imkonini  beradi.  Jumladan,  nou-xau,  xodimlarni  o‘qitishga  yordam  qiladi 
va  maslahat  ko‘magi  beradi.  Shuningdek  reklama  kompaniyasi  o‘tkazishni  o‘z 


                      
227 
zimmasiga oladi. Mehmonxona korporatsiyalari o‘z a’zolarini bron qilingan o‘rinlar 
kompyuteriga ulaydi. 
Franshiza  oluvchi  o‘z  navbatida  mijozga  savdo  markasiga  mos  keladigan 
sifatli  xizmat  ko‘rsatish  majburiyatini  oladi.  U  korporatsiyaga  bir  martalik  kirish 
badali to‘laydi va bundan tashqari muntazam ko‘shimcha pul o‘tkazib beradi. 
Birlamchi  badal  hajmi  har  xil  bo‘lishi  mumkin.  «Xolidey  Inn  Uorlduayt» 
mehmonxonalar  korporatsiyasi  bu  badalni  bir  xona  uchun  100  dollar,  umumiy 
hisoblanganda  30  ming  dollar  kam  bo‘lmagan  holda  belgilagan.  «Xilton  Xoutelz 
Korporeyshn»  -  birinchi  100  xonaga  250  dollardan,  100  xonadan  yuqorisiga  xona 
uchun 150 dollar qilib belgilagan. 
Franshiza beruvchi ayrim kompaniyalar otelni qayta jihozlashni ko‘zda tutadi. 
Bu  uning  savdo  markasidan  foydalanish  huquqini  qo‘lga  kiritish  uchun  qilinadi. 
Misol  uchun,  Amerika  mehmonxonalar  korporatsiyasi  «Ay-Ti-Ti  Sheraton»  agar 
mehmonxonada  150  dan  ortiq  xona  bo‘lsa  15  ming  dollar,  unga  qo‘shimcha  qayta 
jihozlash  uchun  har  bir  xonaga  100  dollar  talab  qiladi,  hammasi  bo‘lib  40  ming 
dollardan oshmaydi. 
Kirish badalidan tashqari, franshiza oluvchi joriy to‘lovlar to‘laydi. Amerika 
mehmonxonalar  korporatsiyasi  «Xolidey  Inn  Uorlduayt»  bilan  franshiza 
shartnomasi  bo‘yicha  otel  savdo  markasidan  foydalanganlik  uchun  bir  xona  fondi 
yillik  daromadidan  4  %  to‘lashga  majbur.  Franshiza  beruvchi  o‘tkazgan  reklama 
kompaniyasida ishtiroki uchun yillik daromaddan 1,5%, lekin bu xonaning sutkalik 
narxining 0,08 dollaridan ko‘p bo‘lmasligi kerak. O‘rinlarni band qilinishi tizimiga 
ulanganlik  uchun  yillik  daromaddan  1%  to‘laydi.  Lekin  sutkasiga  0,06  dollardan 
oshmasligi lozim.  
Boshqa 
Amerika 
mehmonxonalar 
kompaniyalari 
o‘zlarining  savdo 
markalarini  berishda  xona  fondidan  yillik  daromadning  1,5  dan  5%  gacha  hajmda 
to‘lovni  ko‘zda  tutadi.  Reklama  kompaniyasida  ishtirok  etganligi  uchun  odatda 
yillik daromadning 1 dan 3,5% gacha to‘lashga to‘g‘ri keladi. 
Franshiza 
munosabatlari 
tizimi 
ayrim 
chegaralanishlarga 
qaramay, 
korporatsiya  tomonidan  qat’iy  nazorat  bilan  bog‘langan.  Bu  turgan  gap  uning 
ishtirokchilariga  ustunlik  yaratadi.  Franshiza  beruvchi  kompaniya  o‘z  biznesi 
chegarasini katta kapital va joriy harajatlarsiz tez kengaytiradi. 
Firma  ramzi  berish  vositasi  jahon  bozoriga  chuqurroq  kirib  borishga  imkon 
tug‘diradi.  Misol  uchun  «Ay-Ti-Ti  Sheraton»  Amerika,  Yevropa,  Osiyo,  Afrika, 
Tinch  okeani  havzasi,  Yaqin  Sharq  singari  hududlaridan  jahonning  62 
mamlakatlarini qamrab olgan. 
Franshiza  oluvchiga  tizim  yangi  ishlab  chiqarish  birligi  yaratish,  yoki  eski 
profilni  o‘zgartirish,  bosh  tashkilot  texnika  axboroti  va  tajribasi  tufayli  qaltislikni 
kamaytirishga  yordam  beradi.  Agar  AQShda  yangi  barpo  qilingan  korxonalar 
orasida  yarimi  o‘z  faoliyatni  2-3  yildan  keyin  tugatishini  hisobga  olsak,  5  yildan 
keyin bankrotlik darajasi 70% ga yetadi. Franshiza kompaniyalari o‘rtasida esa har 
yili faqat 4% gina yopiladi. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish