O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/308
Sana18.01.2022
Hajmi2,37 Mb.
#385134
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   308
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Aviatashish.
  Yo‘lovchi  tashishni  amalga  oshiruvchi  aviakompaniyalarda 
umumiy chiqim harajatlarning to‘rt kategoriyasini o‘z ichiga oladi:  


                      
131 
Birinchi  guruhda
  –  doimiy  chiqimga  –  ma’muriy  boshqaruv  harajatlari, 
marketing  va  bronlashtirish  harajatlari  kiradi.  Bular  tashishga  bevosita  aloqador 
emas, lekin ishlab chiqarish jarayonlarini qo‘llab turish uchun zarur. 
Ikkinchi  guruh
  harajatlar  aniq  aloqa  yo‘lini  ekspluatatsiya  qilish  bilan  bog‘liq 
holda paydo bo‘ladi. Bu harajatlar shartli doimiydir. Ularga samolyot amortizatsiyasi, 
texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, aeroportga xizmat ko‘rsatishlar kiradi. 
Uchinchi  guruh
  harajatlar  ham  shartli  doimiy,  uchishlar  bajarilishi  bilan 
bog‘liq. Ularning kattaligi aloqa yo‘llariga bog‘liq ravishda almashinadi va yo‘nalish 
nuqtai  nazaridan  o‘zgaruvchan  hisoblanadi.  Bir  vaqtning  o‘zida  bu  chiqimlarni 
doimiy deb qarash mumkin. Chunki ularning  hajmini hal etish qarori bir yo‘la butun 
uchishga  qabul  qilinadi.  Harajatlar  tarkibiga  kema  ekipaji  mehnatiga  haq  to‘lash 
qo‘shiladi, havo transportida eng yirik harajatlar statiyasi – yoqilg‘idir. Bu jahondagi 
ko‘pchilik  avia  kompaniyalarda  barcha  chiqimlarning  uch  qismini  va  boshqa 
harajatlarni tashkil qiladi.  
To‘rtinchi  guruh
  harajatlar  –  o‘zgaruvchan  chiqim  –  yo‘lovchilarga  xizmat 
ko‘rsatish  bo‘yicha  harajatlarini  birlashtiradi.  Bular  ovqatlanish,  qayd  qilish 
(registratsiya),  bagajlarni  yuklash  harajatlaridir.  Ularning  kattaligi  nisbatan  katta 
emas,  umumiy  chiqimning  bor  –  yo‘g‘i  7  –  9  %  ni  tashkil  qiladi.  Bunday  tarkibda 
doimiy chiqim salmog‘i ochiq-oydin ko‘rinib turgani sababli havo orqali tushuvchilar 
har  bir  uchishda  avialaynerlar  sig‘imi  chegarasi  darajasida  o‘z  xizmatlarini  taklif 
qilishga intiladi. 
Bozorga  chiqarishni  kengaytirish  uchun  aviakompaniyalar  narx  nufuzini 
tushirishga  urinadilar.  Ular  mijozlarning  turli  guruhlari  uchun  turli  narxlar 
belgilaydilar. Narx turli xilligi (diversifikatsiyasi) haridor daromadiga, iste’mol hajmi 
va xizmat kategoriyasiga bog‘liq holda uch asosiy shakl ko‘rinishini oladi. 
Havo  transportida  tariflar  tizimi  amal  qiladi.  Tariflar  to‘liq  (bazaviy)  va 
imtiyozli  (maxsus)  bo‘ladi.  Bazaviy  tariflar  tashish  barcha  klasslari  uchun 
belgilanadi: Birinchisiga (biletga  F harfi belgisi qo‘yiladi), biznes  – (S) va iqtisodiy 
(u)  bilan  belgilanadi.  Ular  shinamlik  darajasini  farqlaydi.  Birinchi  klass  –  eng 
qimmat,  iqtisodiy  –  eng  arzon.  Bazaviy  tariflar  yil  davomida  uchishning  «borish  va 
qaytib  kelishi»ni  nazarda  tutadi.  Iqtisodiy  klass  uchun  bazaviy  tarif  mamlakatda 
bo‘lish  muddatga  bog‘liq  holda  almashishi  mumkin.  Iqtisodiy  klassga  yillik  to‘liq 
tarif  ko‘p  hollarda  biznes  –  klass  bileti  bahosiga  tenglashib  qoladi.  Ayrim 
aviakompaniyalar  bazaviy  tarifni  yilning  mavsumlariga  bog‘liq  holda  ko‘rib 
chiqadilar: yoz va qishda uchish qimmat turadi.  
Bazaviy  tariflar  bo‘yicha  harid  qilingan  bilet  zarur  bo‘lganida  hech  qanday 
cheklovsiz  almashtirilishi  va  qaytarib  olinishi  shart.  Orqaga  qayta  uchish  sanasini 
biletda o‘zgartirish, yoki biletni hatto uchish amalga oshgandan keyin ham qaytarib 
berish mumkin. Har qanday holatda ham bilet qiymati to‘liq qaytariladi. 
Bazavaiy  tariflardan  turli  chegirmalar  hisobi  yurtiladi.  Bu  biletlar  narxini 
kamaytiradi.  Maxsus  tariflardan  foydalangan  yo‘lovchi  iqtisodiy  afzallik  oladi, 
ba’zan sezilarli, lekin bunda ayrim cheklanishlarga duch keladi. 
PEKS  (REX)  va  APEKS  (AREX)  maxsus  avia  tariflari  ayniqsa  alohida 
mashhurlik  kasb  etdi.  Ular  normal  bahoga  qaraganda  sezilarli  chegirmalarni  ko‘zda 
tutadi.  Ularning  joriy  etilishi  bilan  bir  vaqtda  aviakompaniya  arzon  biletlarni  sotib 


                      
132 
olish  va  qaytarib  berish  tartibini  qat’iylashtirdi,  shuningdek  ularning  amal  qilish 
muddatini qisqartirdi. 
APEKS  imtiyozli  tarifi  bo‘yicha  sotiladigan  o‘rin  qayta  bronlashtirilmaydi. 
Bo‘sh  o‘rin  mavjudligida  kerakli  reysga  bilet  24  soat  ichida  sotib  olinishi  zarur. 
Biletlarni sotish uchishdan ancha oldin (7 kunda 28 gacha, yo‘nalishga bog‘liq holda) 
to‘xtatiladi.  Uchish  sanasi  (borish  va  qaytish)  sotish  paytida  qayd  etiladi.  Bunda 
aviakompaniya  xorijda  bo‘lishning  minimal  va  maksimal  muddatlarini  belgilaydi. 
Bundan tashqari, u bilet qaytarib berilganda jarima sanksiyasini ko‘zda tutadi. 
PEKS  va  APEKS  qatorida  maxsus  tariflarga  turagantliklar  bilan  guruhlar, 
ekskursion,  konfidensial  va  boshqalar  ham  qo‘llaniladi.  Chegirma  va  imtiyozlar 
alohida  aholi  guruhlari  uchun  mavjud:  bolalar,  yoshlar,  talabalar,  pensionerlar, 
ularning talablari narx bo‘yicha egiluvchan. Bolalar uchun chegirma ikki yoshgacha 
90  %  (alohida  joy  berish  huquqisiz  va  yukini  bepul  olib  borish  huquqi  bilan),  2 
yoshdan  12  yoshgacha  50  %  gacha  (o‘z  o‘rni  huquqi  va  yukini  bepul  olib  ketish 
huquqi  bilan),  12  yoshdan  26  yoshgacha,  talablar  va  pensionerlar  uchun  25  %.  
Ma’lum  imtiyozlardan  ko‘p  bolali  oilalar  va  nogironlar  foydalanishdi.  Masalan, 
«Pulkovo» avikorxonasi ko‘p bolali onalar uchta va undan ortiq bolasi bo‘lsa, 50 % 
hajmda  chegirma  beradi.  Xudi  shunday  chegirma  16  yoshgacha  bo‘lgan  nogiron 
bolalarni  kuzatib  beruvchi  shaxslarga  ham  belgilangan.  Yana  bir  chegirmalar  tizimi 
tez-tez uchuvchi to‘lovchilarga mo‘ljallangan. Maxsus rag‘batlantiruvchi «Ef-ef – Pi» 
(FFP)  dasturlari  AQShda  80-yillar  boshida  paydo  bo‘ldi.  Bu  vaqtga  kelib 
aviakompaniyalar  ular  tomonidan  ko‘rsatiladigan  xizmati  ulushi  bir  qismi  tez-tez 
uchuvchi ishbilarmon odamlar hissasiga to‘g‘ri kelishini angladilar. 
«Ameriken  Eyrlaynz»  birinchilar  qatorida  o‘zining  doimiy  mijozlari  uchun 
bonus  tizimini  joriy  etdilar.  Uning  bilan  deyarli  bir  vaqtda  «Yunaytsd  Eyrlaynz», 
«MayLidj  Plas  Program»  rag‘batlantiruvchi  dasturi  haqida  e’lon  qildi.  Bu  dasturi 
darhol  muvaffaqiyat  bilan  foydalanila  boshladi  va  boshqa  avikompaniyalar 
tomonidan ham qo‘llanila boshladi. 
«Eso-Ef-Pi»  tizimi  mohiyati  shundaki,  yo‘lovchi  u  yoki  bu  aviakompaniya 
samolyotlarda  uchish  chog‘ida  ochkolar  to‘playdi  (yo‘nalish  va  xizmat  ko‘rsatish 
klassiga muvofiq) va ularning summasi bo‘yicha yuqori klass xizmatgami, yoki bepul 
biletgami  chegirma  huquqiga  ega  bo‘ladi.  Bugungi  kunda  yetakchi  amerika 
aviakompaniyalari  10  %  gacha  yo‘lovchilarni  bepul  tashiydi  («Delta  Eyrlayn»  4%, 
«Yunayted  Eyrlayn»  6  %).  Ular  2,3  mln.  amerika  dollaridan  («Kontinentli 
Etsrlaynz»)  7,1  mln.  dollargacha  («Yunayted  Eyrlayiz»)  hajmida  bonus  taqdim 
etishmoqda. Katta harajatlarga qaramay, «Ef-Ef-Pi» tashuvchilarga qulay. Bu maxsus 
dasturlar  eng  maqbul  tarzdagi  falsafasiga  javob  beradi:  iste’molchilarni 
rag‘batlantirish firma o‘rnatilgan uzoq muddatli aloqalarda katta daromad keltiradi va 
har  safar  yangi    haridorlarga  tovar  (xizmat)lar  sotishga  qaraganda,  uncha  qimmatga 
tushmaydi. 
G‘arbda  hamma  joylarda  tarqalgan  rag‘batlantirish  dasturlari  Rossiyada 
hozircha  kam  ma’lum  mamlakat  aviakompaniyalari  o‘rtasida  xususiy  «Ef-Ef-Pi» 
allaqachon «Trans  - aero» ga ega. Soddalashtirilgan, lekin to‘liq ishlayotgan «Oltin 
tumor»  -  («Zolotoy  kulon»)  «Vunukovo  havo  yo‘llari»  aviakompaniyasida 


                      
133 
qo‘llanilmoqda.  «Ef-Ef-Pi»  «Krass  Eyr»  kompaniyasiga  kirishish  imkoniyatlari 
qidiralayapti.  
Narx tushirilishi tashuvchilarga ham, mijozlarga ham qulay. Avikompaniyalar 
uning yordamida samolyotni qo‘shimcha yuklashga va o‘z daromadlarini oshirishlari 
mumkin. Bir vaqtning o‘zida iste’molchilarning katta soni havo transporti xizmatidan 
foydalanish  imkoniga  ega  bo‘ladilar.  Biroq  ayrim  mamlakatlarda  narx  tushirilishi 
raqobatiga  to‘siq  va  monopol  hukmronlikni  kuchayishi  deb  qaralmoqda.    Uning 
alohida namoyon bo‘lishi monopoliyaga qarshi qonunchilik ostiga tushadi. 
Avia  xizmatlar  taklifida  tub  o‘zgarishlar  havo  transportida  charter  aloqalar 
tarqalishi bilan ro‘y berdi. Charter bu transport vositalari egalari (Fraxtovshik) bilan 
ijaraga  yollovchi  (Fraxtovitel)  o‘rtasida  tuzilgan  shartnoma.  U  hatto  transport 
vositasiga  yoki  uning  ma’lum  reys  yoki  muddat  qisimiga  tuzilishi  mumkin. 
Aviacharter tashish samolyotlarni ijaraga olgan holda muntazam bo‘lmagan jadvalda 
bajariladi. 
Charter  aloqasi  1950-yillarda  Yevropa  va  Shimoliy  Amerikada  ochildi  va 
ko‘psonli ta’tilchilarni shimoldan janubga quyoshli turistik markazlar Florida, Karib 
havzasi  va  O‘rta  yer  dengizi  tomon  otlanishlariga  imkon  yaratdi.  Hozirgi  paytda 
rejalashtirilmagan havo orqali tashish barcha xalqaro yo‘lovchi tashishning 17 % ni 
tashkil qiladi. 
Aviakompaniyalarning  Charter  tashish  hajmi  amalda  tashilgan  yo‘lovchilar 
soni,  safar  uzoqligi  –  yo‘lovchi  –  kilometr  bilan  emas,  uchishlar  soni  bilan 
o‘lchanadi. Rejalashtirilmagan reyslar yuklanish zarur hajmi (masalan, 90 % dan kam 
bo‘lmagan)  ta’minlangan,  daromad  kafolatlangan  holdagina  e’lon  qilinadi.  Uchish 
mashina  parkidan  tejamli  foydalanish  va  parvozlar  qiymatini  sezilarli  kamaytirish 
imkonini  bergan  hollarda  qoldirilishi  yoki  qo‘shilishi  mumkin.  Shu  bilan  birga  bu 
charter dasturini muntazam reyslarga taqqoslanganda ishonchli emasligini bildiradi.  
Charter  takliflar  parvozlar  sonida  aks  etadi.  Munzam  reyslardan  katta 
egiluvchanligi  bilan  farq  qiladi.  U  bozor  ehtiyojlariga  oson  moslashadi.  Turistik 
talablar  tebranishiga  tez  e’tibor  qaratadi.  Charter  reyslar  mavsum  avjida  tashkil 
qilinadi.  Bu  vaqtda  muntazam  aviakompaniya  turistik  oqimlarni  uddalay  olmay 
qolgan bo‘ladi. Ya’ni joylarda turistlarni tashish uchun havo qatnovi bo‘lmasligi yoki 
tashish qo‘nib o‘tishlar orqali amalga oshirilishi mumkin. 
Buyukbritaniya  masalan,  dunyodagi  eng  yirik  «Britaniya»  charter 
aviakompaniyasi,  tuoperator  «Tomson»  ga  qarashli,  o‘sishi  rejalashtirilmagan  havo 
tashishlari  turistlar  o‘rtasida  juda  mashhurligini  ko‘rsatadi.  1991  yilda  «Britaniya» 
iqtisodiy pasayish davrida 6 mln. yo‘lovchiga va 100 dam olish markazlariga xizmat 
ko‘rsatdi.  Uning  bilan  yirik    ko‘p  maqsadli  katta  mashina  parkiga  ega  bo‘lgan 
muntazam aviakompaniyalargina raqobatlasha olardi. 
Charter  parvozlarning  barcha  afzalliklarini  muntazam  aloqalarga  qo‘shimcha 
deb qarash lozim. 
Bozorda  avia  kompaniyalar  xulqi  vaqtinchalik  ufqlarga  bog‘liqdir.  Qisqa  va 
uzoq  muddatli  davrlar  avikorxonalar  ishi  uchun  har  xil  sharoit  yaratadi.  Taklif 
qilingan  vaqt  bo‘lagi  uzunligi  har  qanday  o‘zgartirishlarga  sezgir,  ishlab  chiqarish 
chiqimi  kattaligida  aks  etadi.  Urushdan  keyingi  50  yil  davomida  havo  transportida 
taklif izchil kengaytirilib bordi. Yoqilg‘i narxini keskin oshishi ham, ko‘pgina mayda 


                      
134 
aviakompaniyalarning  daromadi  juda  kamligi  ham  bunga  to‘sqinlik  qilaolmaydi. 
Tejamliroq  va  unumdorroq  mashinalar  paydo  bo‘ldi,  prinsipial  boshqa  yo‘nalishlar 
tizimlariga  o‘tish  amalga  oshirildi,  bular  aviakompaniyalarga  ishlab  chiqarish 
masshtabidan sezilarli tejamga ega bo‘lishga imkon berdi. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish