O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Ishlab chiqarishning vaqtinchalik parametrlari



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/308
Sana18.01.2022
Hajmi2,37 Mb.
#385134
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   308
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Ishlab chiqarishning vaqtinchalik parametrlari.
 Ishlab chiqarish funksiyasi 
resurslar  harajati  o‘rtasida  o‘zaro  bog‘liq  holda  mahsulotni  kirishi  va  chiqishi 
yakunida belgilanadi. Chiqarilayotgan mahsulot miqdorini ko‘paytirish (kamaytirish) 
uchun  harajat  hajmiga  aniqlik  kiritish  zarur.  Bunday  o‘zgartirish  imkoniyati 
vaqtinchalik  ufqlarga  bog‘liq,  uning  davomida  u  yoki  bu  ishlab  chiqarish  qarorlari 
qabul  qilinadi.  Ishlab  chiqarish  nazariyasida  ikki  davr  ajralib  turadi:  qisqa  muddatli 
va  uzoq  muddatli.  Qisqa  muddatli  davrda  firma  qobiliyati  yangi  cheklangan  bozor 
sharoitiga ko‘nikma hosil qiladi. Chunki, ayrim ishlab chiqarish omillari turlari hajmi 
tezkor  o‘zgartirishga bo‘yin  bermaydi. Binolar va uskunalar   singari  firmaning  fizik 
hajmi  va  ishlab  chiqarish  quvvatlari  parametrlarini  belgilovchi  harajatlar  doimiy  
hisoblanadi. Doimiydan tashqari firma o‘zgaruvchan harajatlar ham qiladi. Ularning 
hajmi  tez  va  oson  aniqlanadi.  Xom  ashyo,  energiya,  mehnat  –  ko‘pchilik  firmalar 
o‘zgaruvchanlik harajatlariga misoldir. 
«Er  Maksim  E»  (Fransiya)  servirlash  restorani  bir  kunda  350  nafargacha 
xo‘randaga  xizmat  ko‘rsatadi.  U  quyidagi  uskunalarga  ega:  to‘rtta  mikroto‘lqinli 
pech, past haroratli  sovutgich  va isituvchi  stol bor. Bu  harajatlar, shuningdek  ishlab 


                      
127 
chiqarish  binosi  qayd  etilganiga  kiradi  va  qisqa  davrda  –  bir  ikki  kunda 
o‘zgartirishning imkoni yo‘q.  Ammo biroq restoran xizmatiga talab oshganda egasi 
uning  ishlab  chiqarishini  qisqa  muddatda  ko‘paytirishi  mumkin.  Bunga  u  katta 
o‘zgaruvchan  harajatlar  –  mehnat  soati  va  xom  ashyodan  foydalanish  orqali 
erishiladi.  Oshxona  xodimlariga  uzaytirilgan  ish  kuni  uchun  haq  to‘laydi,  ularning 
tarkibini  ko‘paytiradi,  yarimfabrikantlar  esa  katta  partiyalarda  sotib  olinadi  va 
pechlarga bir – biriga zich qilib joylashtiriladi. 
Lekin ega yangi-yangi xodimlarni hadeb ishga olaverish bilan ishlab chiqarish 
hajmini  ko‘paytira  olmaydi.  Qaysidir  bosqichda  navbatdagi  qo‘shimcha  xodim 
chiqarish hajmiga deyarli hech narsa qo‘sholmaydi. Yangi oshpaz yoki ofitsiant faqat 
o‘ralashib halaqit  beradi va  xizmat  ko‘rsatilayotgan  mijozlarni  ham,  tayyor  taomlar 
miqdorini ham kamaytirib yuboradi. 
Bir  tur  harajati  darajasida  (mazkur  holatda  -  mehnat)  qayd  etiladigan  qolgan 
harajatlar  hajmi  nuqtasiga  yetadi,  negaki  mahsulot  kattaligi  chegarasi  qisqara 
boshlaydi.  Bu  tendensiya  umumiy  harakterga  ega  va  iqtisodiyot  nazariyasida  foyda 
keltirishini pasaytiruvchi qonun sifatida ma’lum. 
Uzoq  muddatli  davrda  firma  ishlab  chiqarish  omillari  va  tayyor  mahsulot 
(xizmat) bozori o‘zgarishlariga oson ko‘nikadi, uning ishlab chiqarish imkoniyatlarini 
tanlashi kengayadi. U ishlab chiqarishning boshqa usuliga o‘tish uchun yetarli vaqtga 
ega  bo‘ladi.  Ishlab  chiqarish  binosi  va  uskunalar  sotib  olish,  barcha  harajatlarning 
hajmini aniqlab chiqish imkoni tug‘iladi. 
«Er Maksim E» servirlash restorani ijaraga qo‘shimcha  maydon, katta hajmli 
pechlar va sotuvchilar, qo‘shimcha stollar sotib olishga ehtiyoj sezadi va bu vositlarni 
oshib borayotgan talabiga qarab moslaydi. Ammo o‘z o‘zgartirishlarni juda tez joriy 
etib bo‘lmaydi. 
Ishlab chiqarish harajatlari barcha turlarini o‘zgartirish uchun talab etiladigan 
vaqt  davomiyligi  turistik  industriya  sektorlari  bo‘yicha  kuchli  farq  qiladi.  Agar 
ekskursiya  byurosi  o‘z  ishini  bir  oy  ichida  qayta  qurib  chiqaololsa, 
aviakompaniyalarga samolyotlar sotib olish yoki ijaraga yollash, uchuvchilar topish, 
angarlar,  (samolyotlar  va  dirijabllar  turadigan  bino)  kassalar  va  aeroportda  idora 
binosi  jihozlash,  reyslar  sonini  ko‘paytirish  uchun  kamida  uch-to‘rt  oy  vaqt  kerak 
bo‘ladi.  Ishlab  chiqarish  harajatlari  barcha  turlarini  o‘zgartirish  uchun  esa  yanada 
ko‘proq  vaqt  talab  etiladi.  Mehmonxona  –  kurort  kompaniyasiga,  kema 
kompaniyalariga esa bir – ikki yil vaqt zarur bo‘ladi.  
Ishlab  chiqarish  masshtabini  ko‘paytirish,  ya’ni  firma  hajmi,  chiqarish  hajmi 
o‘lchami,  ayniqsa  boshlang‘ich  bosqichda,  resurslardan  iqtisodiy  foydalanish  bilan 
kechadi.  Agar  firma  o‘zgaruvchan  va  doimiy  harajatlarning  ma’lum  proporsiyada 
oshirish  yo‘lidan  borsa,  masshtab  kengayishi  o‘rtacha  harajatlar  kattaligiga  ta’sir 
etmaydi  deb  kutish  adolatdan  bo‘lardi.  Biroq  real  firmalar  boshqacha  o‘sadi. 
Chiqarishni  ko‘payishi  bilan  ular  ishlab  chiqarish  texnologiyalari  va  usullarining 
ichki  tashkil  etishini  yirik  ishlab  chiqarishning  ustunligini  amalga  oshirish  uchun 
o‘zgartiruvchilar. Ana shu o‘zgartirish mashulot chiqarish masshtabi hisobiga tejamli 
samara yaratadi. 
Chiqarilgan  har  bir  birlik  tannarxi  ishlab  chiqarish  hajmiga  bog‘liq  firmalar 
o‘sishi bilan o‘rtacha ortiqcha mahsulot qisqaradi. 


                      
128 
Mutaxassislar  masshtabdan  tejalishning  bir  necha  sabablarini  aytadilar. 
Birinchi,  xizmat  ko‘rsatish  sohasida  kichik  korxonalar  uchun  eng  muhimi  –  ishlab 
chiqarishning  bo‘linmasligidir.  Umuman  biznes  bilan  shug‘ullanish  uchun  firma 
ayrim  resurslarning  minimal  hajmiga  ega  bo‘lishi  kerak.  Misol  uchun,  u 
ma’muriyatga ega bo‘lishi, o‘zining buxgalteriya hujjatlarini tartibli yuritishi lozim. 
Ehtimol  unga  telefon  va  stol  ham  kerak.  Bu  ehtiyojlar  shu  ma’noda  bo‘linmas 
hisoblanadiki,  firma  faqat  yarim  buxgalteriya  yuritolmaydi,  yarim  telefondan 
foydalana olmaydi. 
Firma  taraqqiyoti  uchun  bo‘linmas  omillarni  sezilarli  ko‘paytirish  talab 
qilinmaydi.  Boshqaruvchi  uch  xodimga  xuddi  ikki  xodimdagidek  rahbarlik  qiladi. 
Chiqarish  bo‘linmas  harajatlarni  imkoni  darajasida  kengayishi  tobora  ko‘proq 
mahsulot  birligi  miqdoriga  taqsimlanaveradi  va  ularning  har  biri  hisobiga 
qisqaraveradi.  Albatta,  ishlab  chiqarishning  bu  o‘sish  samarasining  ham  ma’lum 
chegarasi  bor.  Firmaga  yana  bir  necha  boshqaruvchi  yollashga  to‘g‘ri  kelgan  zohati 
qo‘shimcha  telefonlar  va  stollar  o‘rnatish  ehtiyoji  tug‘iladi.  Murakkabroq 
buxgalteriya  tizimi  hisobida  yuritish  hisoblanadi,  shu  bilan  mazkur  masshtabdan 
tejash manbai tugaydi. 
Masshtabdan tejash boshqa manbai mehnatni taqsimlanishi va ixtisoslashishida 
yashiringan, firma yiriklashishi bilan har bir xodim diqqat-e’tibori bita vazifaga, uni 
yanada  samaraliroq  yechishga  qaratiladi.  Kichik  otelda  uning  egasi  hamma 
masalalari,  jumladan  marketing  bilan  shug‘ullanadi.  Katta  otellar  esa  mutaxassis 
marketolog  yollashi  imkoniga  ega.  Yirik  otellarda  mehnat  taqsimoti  yanada 
tarmoqlanadi.  Ularning  boshqaruv  tarkibida  marketing  va  sotish  xizmatlari  paydo 
bo‘ladi,  ular  narxlash,  reklama,  xizmatlarni  amalga  oshirish  va  boshqa 
mutaxassislardan  iborat.  Ayrim  yirik  mehmonxona  korporatsiyalari  o‘zlarining  har 
bir  korxonasi  sotish  bo‘limiga  qo‘shimcha  holda  markaziy  milliy  (xatto  xalqaro) 
bozorga  chiqarish  bo‘limlariga  ega.  Bu  bo‘lim  xodimlari  hududlarga  xizmat 
ko‘rsatish  bo‘yicha  guruhlarga  yoki  bozor  segmentlari  (individual,  assotsiatsiyalar, 
korporatsiyalar va boshq) ga bo‘linishi mumkin. 
Ular  akseptorlar  kartotekalari  va  hisobni  yuritishadi,  yangi  bozorlarni 
o‘rganishadi, potensial mijozlar bilan qo‘ng‘iroqlashadilar. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish