Turoperatorlik sektori.
Operatorlik sektorida takliflar xususiyatlarini havo
transportidan foydalanib turistik safarlar tashkil etuvchi firma misolida ko‘rib
chiqamiz. Ular Yevropada 1950-yillar boshida paydo bo‘lgandi. Bu davrda ko‘pchilik
aviakompaniyalar mashina parklarini urushdan qolgan uchuvchi texnika hisobiga
kengaytirib, o‘tkaziladigan o‘rindiqlarni to‘ldiraolmaslik muammosiga duch
kelishgandi. Yangi sharoitda turoperatorlar aviatashish bozoriga ulgurjichilar sifatida
chiqishdi. To‘lmay qolgan o‘rinlarni butun bloklari bilan chegirma asosida sotib
oldilar. Ularning narxi e’lon qilingan aviatariflardan ancha past edi va
aviakompaniyalar chiqimlari o‘zgarishida past darajagacha tushishi mumkin edi,
qaysikim umumiy hajmda ma’lumki, chiqim kam. Har bir aniq vaziyatda so‘nggi
qat’iy narx turoperatorni avikompaniya vakili bilan savdolashgan muzokarasidan
keyin e’lon qilinardi. Sotish bozorini saqalsh maqsadida qaysikim aviabilet to‘liq
narxda realizatsiya qilinadi, aviakompaniya o‘rinlarni vositachilarga qayta sotish
shartini qo‘yaboshladi. O‘sha shartlardan ayrimlari hozirgi kungacha ham amal
qilayapti. Muhimi shundaki, aviatashish xizmatlar paketiga qo‘shilgan bo‘lishi kerak
va uning ajralmas qismi sifatida joylashtirish, ovqatlanish, sayr-tomosha va boshqalar
bilan birga sotilishi lozim. Bu turoperatorlarni pekidj-turlar tashkil qilish bilan
shug‘ullanishga majbur qildi. Ularni amalga oshirishning barcha tijoriy qaltisliklarini
turoperatorlar o‘z zimmalariga oldilar.
138
Xizmatlar paketini shakllantirishda turoperatorlar joylashtirish korxonasi bilan
tijoriy aloqalarni yo‘lga qo‘yadilar. Ular bilan ishlash tashuvchilar bilan ishlash
singari shartnoma prinsiplariga quriladi. Shartnomaning bir necha tiplari mavjud:
30-80 % kafolat bilan to‘ldiriladigan o‘rinlar kvotasi haqida shartnoma.
Bunga ko‘ra firma oteldan ma’lum o‘ringa kvota oladi. Kelishilgan
muddatda ularning ajratilgan soniga to‘ldirilganidan qat’iy nazar 30 % dan
80 % gacha to‘lash majburiyatini oladi. Qolgan kvotalar bo‘sh qolgan
hollarda bekor qilinishi mumkin. O‘z navbatida otel firma uchun turistlarni
joylashtirishga imtiyozli narxlar belgilaydi;
o‘rin kvotalari kafolatsiz to‘ldirilgani haqida shartnoma, yuqorida ko‘rib
chiqilganidan farqli ravishda bu shartnoma otel va turistik firma o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatlarni yumshoqroq shaklda mutahkamlaydi. U uni taqdim
etilgan o‘rinlarni to‘ldirish majburiyatidan ozod etadi deb, zarurat tug‘ilsa
ularni bekor qiladi, lekin otel bilan odatdagi tariflarda hisob-kitob qiladi;
o‘rinni to‘liq to‘lagan holda qat’iy ajratilgan o‘rinlar kvotasi uchun otelga
to‘liq
to‘lovni kafolatlaydi, hatto ulardan foydalanilmasa ham,
joylashtirishning narxini pasaytirish uchun savdolashadi.
Tomonlar narxlarni muhokama qilish va kelishuv chog‘ida shuningdek
mavsumiylik omillarini (mavsumiy va nomavsumiy narxlar o‘rtasidagi farq 20-25 %
ga yetadi), otel yuklanish darajasi, operatsiyalar umumiy hajmi, aloqalar harakteri
(bir martali yoki uzoq muddatli hamkorlik) va boshqalarni ham hisobga oladilar.
Amalda turistik xizmatlarni amalga oshirish, ayniqsa pekidj turlarni, turistik
firmalar o‘rtasidagi shartnomalarni istiqbolli ko‘rinish olish ahamiyatiga ega.
Qaysikim, tashabbuskorlik (yo‘naltiruvchi) va resiptivli (qabul qiluvchi) ga bo‘linadi.
Qabul qiluvchi mamlakatlarning turoperator bilan hamkorligi ko‘pincha turistik
korxonalar bilan bevosita aloqalarga qaraganda qulayroq bo‘lib chiqadi. Ichki
bozorda ishlash tajribasiga ega jiddiy mahalliy firma o‘z mamlakatida turstik xizmat
ko‘rsatish kompleksiga juda jalb etuvchi narxlar taklif etishi mumkin, shuningdek
vizaviy qo‘llab-quvvatlanishi ta’minlaydi. Pekidj-turni uzil-kesil rasmiylashtirishda
jo‘natuvchi turtashkilotchiga faqat u sotib olgan xalqaro tashish xizmatlarini
to‘ldirishgina qoladi. Shartnoma teroperator ishini sezilarli soddalashtiradi va uni
daromadliroq qiladi.
Muntazam reyslarga o‘rinlar blokini sotib olishni boshlar ekan, turoperator
asta-sekin xususiy charter dasturini amalga oshirish uchun butun samolyotlarni
ijaraga olishga o‘tdi. Transport vositalarini ijaraga olish haqida shartnoma tuzar ekan,
ulgurjichilar aviakompaniyalardan xalqaro tashishlarga sezilarli chegirma olishga
intiladilar. Aviatarifni kamaytirish, ba’zan safar qiymatining 2/3 yetadi, ularga
raqobatbardosh narxga ega bo‘lish imkonini beradi.
Shunga qaramay, aviacharter operatsiyalari yuqori darajada qaltislikka ham
ega. Har bir turistik firma, hamma vaqt ham samolyotni to‘liq yo‘lovchi bilan
ta’minlay olmaydi, bu esa uning uchun moliyaviy yo‘qotish demakdir. Buning uchun
keng va barqaror bozor zarur, qaysikim bunga yirik ulgurjichilargina egadir. Ammo
biroq kichik va o‘rta turoperatorlar ham ma’lum shartlar bilan aviacharterlardan
foydalanishi mumkin. Ijaraga olingan samolyotning egasi tez-tez mavjud o‘rinlarning
139
bir qismini pudrat shartnomasi asosida boshqa turistik firmalarga beradi. Bunda
tashish bahosi oshsada, baribir pudratga oluvchi uchun foydalidir.
Muvaffaqiyatli charter dasturlari juda ko‘p turoperatorlarga, ayniqsa
Buyukbritaniya, Skandinaviya mamlakatlari va Germaniyada samolyotlar sotib olish
va dasturlarni xususiy aviatransportlarda davom ettirish imkonini berdi. Yirik
turopeatorlar shuningdek avtobuslariga ham ega bo‘lishdi, ular sayr-tomosha
ob’ektlari, ba’zan joylashtirish vositalariga ham egalik qilishadi.
Turistik xizmatlar paketiga narxlar kalkulyatsiyasi masalasi alohida ko‘rib
chiqishga loyiq. Amalda turoperatorlar narx shakllanishining uch usulidan
foydalanishadi: chiqim mo‘ljali bilan, talabga va raqobatga qarab. Birinchi usul
bo‘yicha narx to‘liq summa sifatida hisoblanadi, turistik mahsulot ishlab chiqarish
chiqimli va daromad chiqimdan ziyod foiz sifatida namoyon bo‘ladi. Ikkinchi usul
narxni belgilash va talabni baholash va o‘rganishga asoslangan. Bu konkret maqsadli
bozor uchun ma’quldir. Narxlarni mo‘ljal bilan kalkulyatsiyalashda raqobatga kirish
o‘xshash turlarga narx darajasi bo‘lib xizmat qiladi. Bunday yondoshuv juda jalb
qiluvchi va o‘sha turoperatorlar uchun qulaydir. Chunki ular o‘z xususiy marketing
tadqiqotlarini o‘tkazish imkoniga ega emaslar. Har uchala usul ham oqilona
qo‘llanganda raqobatga dosh beradigan narx belgilashga yordam beradi, iste’mol
talablarini rag‘batlantiradi va sayohat tashkilotchisiga daromadni ta’minlaydi.
Turistik mahsulotga narx belgilash bir qator qiyinchiliklar bilan kechadi, bu
noaniqlik omillaridan kelib chiqadi va iste’molchiga ma’lum qilinadi, qaysikim uning
hamma jihatlari ham ma’lum emas. Shuning uchun turoperator taxminiy
baholashlarga tayanadi. U oldindan turistlar tashish va joylashish vositalariga
yuklanish foizini hisoblab chiqishi, valyuta kursini aniqlashi lozim. Valyuta kursi
xorijiy sheriklar bilan hisob-kitob qilishda e’lon qilinadi va bozordagi narx bilan
muvofiqlashtiriladi. Yo‘l qo‘yilgan noaniqliklar bevosita firma moliyaviy
ko‘rsatkichlarida aks etadi. Zararga yo‘l qo‘ymaslik uchun turoperator boriladigan
mamlakat pul birligida narx belgilashi mumkin, qonunchilikda ruxsat berilgan bo‘lsa,
muddatga valyuta sotib oladi, yoki boshlanishda sotish narxi uzil-kesil emasligini
ko‘rsatadi. Yuklanish koeffitsiyentini aniqlash bilan bog‘liq qaltisliklar qisman narx
ustiga qo‘yiladi.
Avia uchishlar bilan safarlarga ixtisoslashgan bir klassik operator xo‘jalik
faoliyati natijalarini ko‘rib chiqamiz. Aviatashish va joylashtirish harajatlarning
asosiy statiyasi hisoblanadi. Chiqimning xuddi shu turi turoperator taklifini aniqlaydi.
Turoperator pekiej turni iste’molchi uchun maqbul keladigan narx belgilabgina
amalga oshirishi mumkin. Agar turistik xizmatlarni butun paketini sotib olish uning
tarkibiga kiruvchi alohida xizmatlarni sotib olishdan ma’qulroq bo‘lsa, oldi-sotdi
dalolatnomasi tuziladi. Amalda yutuq 15-40 % ga yetadi, ba’zan esa undanda ko‘proq
bo‘ladi.
Pekidj
– tur raqobatbardoshligi yetkazib boruvchilar taqdim etadigan
xizmatlarga ulgurji chegirmalar tufayli ta’minlanadi. Ammo vaqti-vaqti bilan,
ayniqsa nomavsumda aviakompaniyalar va joylashtirish vositalari belvosita
kanallardan foydalanish rad etishadi. O‘z xizmatlarini to‘liq narxda bevosita
iste’molchilarga sotishni ma’qul ko‘rishadi. Tegishli ravishda bozorda turoperator
xulqi o‘zgaradi.
140
Do'stlaringiz bilan baham: |