O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/308
Sana18.01.2022
Hajmi2,37 Mb.
#385134
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   308
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Kema  sayohati.
  1950  –  yillarda  dengiz  va  okean  kemachiligi  kema  sayohati 
paydo  bo‘lishi  bilan  nishonlandi.  Ilgari  ma’lum  yo‘l  va  yo‘lovchi  tashish  bilan 
shug‘ullangan  ko‘pchilik  kemachilik  kompaniyalari  o‘zlariga  tegishli  transport 
vositalarini  takomillashtirdilar,  harakat  tezligini  ko‘paytirdilar  va  ularning  bortiga 
sayr  –  tomosha,  suzish  havzasi, sport  zallari,  kazino,  kino-konsert  zallari  va  boshqa 
ob’ektlarni  joylashtirdilar.  Shu  tarzda  kemani  sayr-tomosha  ehtiyojlarga  –  kriuzga 
moslashtirdilar.  Bir  vaqtning  o‘zida  yo‘lovchilarga  xizmat  ko‘rsatish  konsepsiyasi 
o‘zgarayapti. Dengiz sayohatiga oddiy yo‘lovchi tashishdan, sayr-tomoshaga o‘tildi. 
Kema sayohati turistik bozorning muhim segmenti bo‘lib qoldi. 
Hozirgi  zamon  kema  sayohati  1950-yillar  dengiz  sayohatidan  mutlaqo  farq 
qiladi.  Safarning  uzoqligi  va  davomiyligi,  yo‘nalish  tizimining  o‘zgarishi, 
harkatlanish  vositasida  mutlaqo  boshqacha  talabni  qondirishga  qaratildi.  Siyosiy 
iqtisod  ko‘rsatmalariga  zid  harajatlarni  keltirib  chiqargan  bo‘lsada  u  talabga  javob 
berishda ma’lum rol o‘ynaydi.  
Kema  kompaniyalari  –  dengiz  kemalari  operatorlari  harajatlari  tarkibida 
kemasozlik,  bosh  statiya  hisoblanadi.  Yangi  sayohat  kemasini  kurish  narxi  juda 
yuqori – 500 mln. amerika dollaridan oshadi. 
Amerikaning  «Real  Karibian  Kruz  Layn»  kompaniyasi  2000  yilda  fin 
kemasozlariga  dunyodagi  eng  katta  ikki  sayohat  kemasiga  byuurtma  berdi.  Ulardan 
biri suv sig‘imi 13 ming tonna, bortiga 3,1 ming yo‘lovchi oladi. Kemalar qurilishi 
kompaniyaga 1 mlrd. amerika dollariga tushdi. 
Zamonaviy  sayohat  kemalarining  asosiy  qismi  ko‘p  sonli  yo‘lovchilarga 
mo‘ljallangan  yaxshi  ma’lum  sayohat  kemalari  –  «Kuin  Elizabet  II»  va  «Soveren 
ofzo  Sinz»  kabilar  juda  mashhur.  Ulardan  keyingisi  14  palubasida  (ulardan  12  tasi 
yo‘lovchilar  uchun)  1141  kayutasiga  bir  vaqtning  o‘zida  2600  yo‘lovchi  va  750 
ekipaj  a’zosini  joylashtirish  mumkin.  Yaqin  vaqtlargacha  sayohat  kemasozligida 
gigantomaniya  –  dengiz  kemalarini  suv  sig‘imi  va  yo‘lovchi  ko‘proq  joylashishiga 
urinish  hukmron  edi.  Bu  XX  asrlar  boshlarida  ko‘zga  tashlanadi.  Ammo  biroq 
keyingi  yillarda  boshqa  tendensiya  vujudga  keldi:  kema  gabaritlari  kichraytirilib, 
ekipaj  soni  qisqardi,  shu  bilan  birga  umumiy  yo‘lovchi  sig‘imi  oshirildi.  Bunga 
«Fiskineyshn»  tipidagi  olti  dengiz  kemalari  seriyasi  misol  bo‘laoladi.  Ularning  bir 
qismi  allaqachon  fin  verflarida  qurildi.  Bu  kemalar  bir  muncha  kichik  hajmga  ega, 
lekin bortiga har biri 2700 yo‘lovchini ola oladi.  
Tartibga ko‘ra, sayohat kemalari 10 yildan ortiq foydalanilmaydi. Flotimiyani 
yangilash  nafaqat  yangi  laynerlar  qurish  vositasi  bilan,  balki  foydalanilayotgan 
kemalarni  modernizatsiyalash  va  rekonstruksiya  qilish  yo‘li  bilan  ham  amalga 
oshiriladi. Bunda asosiy e’tibor shinamlikka qaratiladi. Kemalar eng zamonaviy aloqa 
vositalari  (jumladan,  yo‘ldosh  orqali),  konditsionerlar,  tebranish  stabilizatorlar,  lift 
uskunalari  bilan  jihozlanadi.  Qulaylik  darajasi  yuqoriligi  dengiz  kemalarini  boshqa 
sayohat transportlaridan afzalligini ta’minlaydi. 


                      
135 
Qurilish  modernizatsiya  va  rekonstruksiya  –  bir  oyga,  bir  yilga  emas,  uzoq 
jarayonlarga mo‘ljallangan. Shuning uchun sayohat kemalarini qisqa muddatli taklifi 
g‘oyat  noelastik.  Ayrim  egiluvchanlikka  u  transport  vositalarini  fraktovka  qilish 
orqali  erishishi  mumkin.  Kema  sayohati  kompaniyalari  odatda  kemani  kema 
kompaniyalaridan ijaraga oladi, ular boshqa aloqa yo‘nalishida xizmat ko‘rsatayotgan 
bo‘ladi. Bitta kema dengiz orqali tashish talabiga qarab, turli yo‘nalishlarda ishlaydi. 
Kemachilikni bunday tashkil etish «trampovoy» (ingliz - tram - daydi) deb ataladi. 
Fraxt  kema  egasiga  ham,  fraktovat  qilgan  kompaniyaga  ham  qulay. 
Qo‘shimcha  transport  vositasini  ijaraga  olish  tufayli  kema  sayohati  fraktoval 
kompanisi  talabni  o‘zgarishini  tez  sezish  va  o‘z  takliflarini  kengaytirishi  mumkin. 
Kema egalari ham kemachilikning trampik rivojlanishidan manfaatdor. Negaki bo‘sh 
turgan  transport  vositasi  moddiy  zarar  keltiradi,  Fraxto  kompaniya  kemasi  to‘liq 
yuklanish  bilan  ishlashi  va  mazkur  holatda  frakt  ko‘rinishida  daromad  keltirishini 
istaydi. 
Natijada  kema  sayohati  kemalari  sig‘imidan  foydalanish  koeffitsenti  yiliga 
o‘rtacha  80  %  dan  oshadi.  Kema  sayohati  kompaniyalari  boshqa  har  qanday  firma 
singari  daromadni  maksimallashtirish  tamoiliga  amal  qiladilar.  Uni  amalga 
oshirishning  eng  zarur  sharti  ishlab  chiqarish  chiqimlarini  qisqartirish  hisoblanadi. 
Qat’iy  tejash  siyosati  kompaniyaning  barcha  ish  yo‘nalishlariga  va  uning  hamma 
harajatlari  statiyasiga  tarqaladi.  U  kemalar  sig‘imini  ko‘paytiradi  va  shu  tariqa 
yo‘lovchi  kilometr  tannarxini  pasaytiradi.  Yo‘lovchi  o‘rinlarini  saqlashni 
arzonlashtiradi,  harakatdagi  sostavni  yangilaydi.  Kemalarning  nisbatan  tejamliroq 
modellarini  tanlaydi,  mehnat  va  moddiy  resurslardan  foydalanishda  harajatlarni 
kamaytiradi. 
Chiqimlarni  kamaytirishning  eng  muhim  yo‘llaridan  biri  bu  yoqilg‘i  sarfini 
tejashdir. Yoqilg‘i omili 1950 yillardan keyin kema sayohatini tashkil qilish tizimida 
hal  qiluvchi  rol  o‘ynaydi.  Negaki  teploxodni  saqlash  qiymati  yurgan  soatida 
turganidagidan  yuqori,  to‘xtab  o‘tishlar  davomiyligi  ko‘paytirildi  va  bir  vaqtning 
o‘zida  suzish  marshruti  qisqartirildi.  Bunday  o‘zgartirishlar  turistlar  talabiga  ham, 
kema sayohati kompaniyalari iqtisodiy mamlakatlariga ham javob beradi.  
Qat’iy  tejam  rejimi  shunday  harajatlarning  ekipaj  a’zolari  mehnatiga  haq 
to‘lash  kabi  statiyalariga  ham  joriy  qilingan.  Bu  yerda  muammo  shundan  iboratki, 
xizmat  ko‘rsatish  sifatini  oshirish  har  bir  kema  sayohati  kompaniyasining  asosiy 
vazifasidir. Unga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning sonini (bugun 2-3 yo‘lovchiga 1 
kishi)  ko‘paytirish  va  ularni  malakasini  oshirish  orqali  erishiladi.  Kema  sayohati 
kompaniyalari  murakkab  bo‘linish  qarshisida  qoldilar.  Bir  tomondan  bozor  mehnat 
harajatlarini  kamaytirishni,  boshqa  tomondan  taqdim  etiladigan  xizmatlar  sifatini 
oshirishni  talab  qilardi.  Vaziyatdan  chiqish  yo‘llarini  qidirar  ekan,  kompaniya 
qimmat  bo‘lmagan  mamlakatlar  Gresiya  yoki  Filippindan  arzon  kemalar  yollay 
boshladi,  bortga  mehnatni  tajaydigan  uskunalar  o‘rnatish,  ovqatlanish  ishlab 
chiqarish texnologik sikli oxirida kambuzlar (yarim fabrikatlar tayyorlash)ni cheklash 
yo‘li bilan mehnatni kapitalga almashtiradi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar majmuasi kema 
sayohati kompaniyalarining raqobatbardoshligini kuchaytirdi. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish