O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/308
Sana18.01.2022
Hajmi2,37 Mb.
#385134
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   308
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Pasayish  bosqichi
  turistik  markaz  hayot  siklini  yakunlaydi.  Destinatsiyaga 
tashrif buyurgan asosiy turistlar ommasi nisbatan yoshroq kurortlarni mo‘ljallaydilar, 
kelish oqimi torayadi va endi dam olish kunlari tashrif buyuruvchilar va ekskursantlar 
bilan  cheklanadi.  Bir  vaqtning  o‘zida  ko‘chmas  mulk  bozorida  jonlanish  seziladi. 
Turistik ob’ektlar joylashish vositasi sifatida sotuvga qo‘yiladi. Sotib olinadi va endi 
hozirgi  egalari  tomonidan  noturistik  masqadlarda  foydalanila  boshlaydi.  Kurortlar 
boshida  paydo  bo‘lgan  tahdidni  anglagan  hukumat  ularni  ikkinchi  hayotga 
ixtisoslashtirish  yo‘li  bilan  yengil  nafas  oladilar.  Masalan,  Atlantik  –  Siti  (AQSH) 
dengiz  bo‘yi  klinik  kurorti  o‘yin  biznesi  markaziga  aylantirildi.  Boshqa 
destinatsiyalar  tabiiy  resurslarni  to‘liq  turistik  oborotga  jalb  etish  orqali  qayta 
tug‘ilishiga erishdilar. Masalan, qishki sport turlarini rivojlantirib, turistik mavsumni 
uzaytirdilar  va  sayohat  bozorining  yangi  segmentlariga  chiqdilar.  Shunday  qilib 
tushish bosqichiga qayta sikl impulsini berdilar. 
Turistik markazlar vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradigan va ancha dinamik ko‘rinish 
hosil qiladigan ob’ektlar hisoblanadi. Ularning hayotiy sikllari davomiyligi va har bir 
bosqichi  shunday  imkon  darajasida  dostinatsiyaning  o‘zi  singari  alohida  farqlanadi. 
Turizm sohasida davlat siyosati, transport qulayligi, destinatsiya – raqobatchilar bor-
yo‘qligi-  shu  va  boshqa  omillar  turli  bosqich  sikllari  o‘tishini  tezlashtirishi  yoki 
to‘xtatishi  mumkin.  Evolyutsiya  bosqichlaridan  birida  kurort  rivojlanishi  to‘xtab 
qolgan  hol  mavjud. Loyihalari  tez  va  katta  moliyaviy  samara  berishi  va’da  qilingan 
o‘sha  turistik  markazlar  odatda  yetuklikka  to‘sqinliksiz  erishadilar.  Agar  Kankun 
kurorti  (Meksika)  yoki  G‘arbdagi  taymsher  kurortlari  o‘z  hayotiy  sikllarini 
boshlang‘ich  bosqichda  ko‘z  ochib  yumguncha  oshib  o‘tgan  va  o‘sa  boshlagan 
bo‘lsalar, Buyukbritaniyadagi Skarboro singari mashhur  kurortlarga razvedkadan to 
tushishgacha va keyin yana qayta paydo bo‘lishigacha 350 yil kerak bo‘ldi. 
Turistik  markazlar  dinamikasini  o‘rganishga  amerkalik  olim  S.Plog  salmoqli 
hissa qo‘shdi. U destinatsiya har bir bosqichi evolyutsiyasi tashrif buyuruvchilarning 
ma’lum  tiplariga  mos  kelishini  asosli  fikrlar bilan  izohlab berdi.  Turistik  markazlar 
ertangi bosqichlarida  ruhiga  sayohatchilikka  xos  bo‘lgan  allotsentriklarni  jalb  etadi. 
Keyinchalik,  rivojlanish  va  mustahkamlanish  davrida  allotsentriklarni  o‘rtacha 
sentriklar  almashtiradi,  hayotiy  sikl  oxirida  (stagnatsiya  va  tushish)  esa  xotirjam 
hayot kechiruvchi psixotsentriklar almashtiriladi.  
S.  Plog  20  yil  davomida  amerikaliklar  asosan  nyu-yorkliklar  tashrif 
byuuradigan  turistik  markazlar  evolyutsiyasini  o‘rgandi.  U  1970  yillar  boshida  ikki 
yangi destinatsiya – Afrika va Tinch okeani hududi paydo bo‘lganini qayd etdi. 1991  
yilga kelib ular jalb qilish va rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ydilar. 
Ularning o‘rnini birinchi amerikalik turistlarni qabul qilgan Antarktika, Nepal 
va  Tibet  egalladilar.  Bu  paytga  kelib  O‘rta  yer  dengizi  G‘arbiy  Yevropa  sektori 
kurortlari  o‘z  shuhratlari  cho‘qqisiga  chiqqan,  AQShning  ayrim  mashhur  kurortlari 
hayotiy sikllari (masalan, Florida shtatidagi Mayami - Bich) oxiriga yaqinlashgan edi. 
Ro‘y  berayotgan  o‘zgarishlar  tahlili  ko‘pchilik  destinatsiyalarning  og‘ishmay 
harakatlanayotgani  haqida  zarur  xulosalar  chiqarishga  imkon  beradi.  Tashrif 
buyuruvchilar avji davrida destinatsiyalar endi ekzotik hisoblanmaydi, lekin odatiyga 
ham aylanmagan. 


                      
117 
Turistik  mahsulotlar  hayotiy  sikli  konsepsiyasi  amaliy  ahamiyatga  ega.  U 
marketingda  strategik  qarorlar  qabul  qilishda  qo‘llanadi  va  turistik  mahsulotlarni 
rejalashtirish  uchun  ishonchli  baza  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Taraqqiyotning  bosqichli 
ekanligi  bilimi  marketologga  iste’molchi  didining  o‘zgarishini  oldindan  ko‘ra 
bilishiga  imkon  beradi.  Raqobatni  sezadi  va  bularni  marketing  rejalarida  hisobga 
oladi, yangi o‘sayotgan va yetuk mahsulotlarning uyg‘unligi barqarorligiga erishadi, 
hayotiy sikllarni boshqaradi va ularni uzaytiradi. 
Shu bilan birga mazkur konsepsiya qarshi chiquvchilariga ham ega. Ko‘pchilik 
mutaxassislar  mahsulot  hayotiy  sikli  juda  soddalashtirilgan,  amalda  foydalanish 
uchun  yaroqsiz  deb  hisoblaydilar.  O‘z  fikrlarini  dalillash  uchun  ular  mavjud 
davomiylikdagi  farqlarga  va  turli  mahsulotlar  sikllari  shakllariga,  har  bir  bosqich 
boshlanishini aniq belgilash imkoni yo‘qligiga tayanadilar. Tashqi omillar – iqtisodiy 
butunlik,  inflyatsiya  darajasi,  iste’molchi  turmush  tarzi,  mahsulot  evolyutsiyasi  va 
holatini  ro‘kach  qiladilar.  Yuqorida  barcha  aytilganlardan  kelib  chiqadigan  bo‘lsak, 
turistik  mahsulot  hayotiy  sikli  konsepsiyasi  strategik  qarorlar  qabul  qilishda  juda 
foydali,  ammo  u  joriy  marketing  ishlarida  rahbarlik  qo‘llanmasi  bo‘lib  xizmat 
qilolmaydi. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish