O‘sish bosqichi
– haridorlar tomonidan mahsulotning tan olinishi va unga
talabni ortishi bilan boshlanadi. Sotish kengayadi, uning bilan birga daromad ham
o‘sadi (mahsulot birligiga daromad). Yuqori daromad yangi ishlab chiqaruvchilarni
jalb etadi, raqobat kuchayadi. Mashulotni boshqalardan oldinroq taklif etgan firmalar
sezilarli raqobatli ustunlikka ega bo‘ladilar. Shunga qaramasdan, ular o‘z
mahsulotlarini kelgusida takomillashtirish haqida qayg‘urishlari zarur. Chunki
«kechikkan» korxona uni yaxshilash va rivojlantirish orqali yetakchilarni siqib
chiqarishga intiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |